T u shuntiri shxat I


Ishlab chiqarish korxonalarida shamollatish tizimi


Download 1.59 Mb.
bet26/27
Sana17.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1205147
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
BMI MATQURBONOV XURSAN

4.4. Ishlab chiqarish korxonalarida shamollatish tizimi
O’g’itlash mashinalarining harakat uzatish mexanizmi detallarini ishlab chiqaruvchi sex va uchastkalarda xona haroratini talab etilgan va sanitar – gigiyena qoidalariga mos keluvchi ishlab chiqarish uchun muofiq iqlim sharoitlari yaratilishi zarur.
Ishlab chiqarish binolarini normadagi ob – havo va sanitariya sharoitlari bilan ta’minlashda, ish jarayonida zararli va zaxarli moddalar miqdorining chegaralangan darajada bo’lishida, mehnat unumdorligi va mehnat xavfsizligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shamollatish natijasida ishlab chiqarish binolaridagi ifloslangan, yoki o’ta qizigan havo, toza sovitilgan yoki qizdirilgan havo oqimi bilan to’xtovsiz almashtiriladi.[9]
Ishlab chiqarish korxonalarida havoning harorati boshqarilmasa t=18-250 dan, t=30-330 gacha ko’tarilib yoki tushib ketishi mumkin. Shuning uchun GOST 12.1-006-88 bo’yicha va CH 247-81 ga asoslanib optimal iqlimiy sharoitlar belgilanadi.
Qishda: t=17-190 =40 60%
Yozda: t=20-220 =40 60%
Ishlab chiqarish korxonalarida almashinishi lozim bo’lgan havo miqdori quyidagi ifoda orqali topiladi.

Bu yerda: ishchilar soni , bir ishchi uchun zarur bo’lgan havo miqdori,
Umumiy shamollatish. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqayotgan har xil zararli moddalarni shamol yo'nalishtirish vositasi bilan birgalikda chiqarib yuborishning imkoniyati bo'lmasa yoki ajralib chiqayotgan moddalar texnologik jarayonning hamma uchastkalaridan ajralib chiqayotgan bo'lsa, unda yakka tartibdagi shamollatish vositalarini qo'llash imkoniyati yo'qoladi. Ana unday hollarda umumiy shamollatish usulidan foydalaniladi. Umumiy shamollatish vositasini zararli moddalar yoki issiqlik eng ko'p ajralib chiqayotgan zonaga o'rnatish kerak. Ishlab chiqarish zonalarida yig'ilgan havodagi zararli moddalar shaxta va fonarlar, shuningdek, havo almashtirish maqsadida o'rnatilgan havo qabul qilish vositalari orqali chiqarib yuborilishi mumkin. Sof havoni esa yuqorida ko'rsatib o'tilgan vositalarning biri yordamida amalga oshirish mumkin. Qanday yo'l bilan xonaga sof havo berish va zararli moddalar yig’ilgan havoni chiqarib yuborish1 usullari, zararli moddaning
xona bo'ylab tarqalish xususiyatiga bog’liq bo'ladi. Masalan, agar sexda ko'plab issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo'lgan mashina va mexanizmlar o'rnatilgan bo'lsa, ularning sexda joylashish holatiga asosan shamollatish usullari belgilanadi. Bundan tashqari har xil zararli faktorlarga ega bo'lgan jihozlarni sex bo'ylab joyiashtirish ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham sanoat korxonalari loyihalanayotgan vaqtda
iqlim sharoitini, quyosh nurlarining tushish holatlari va sexdagi jihozlarni to'g’ri joylashtirish masalalari qoniqarli hal qilingan bo'lsa, shamollatish vositalarini o'rnatish ham shunchalik osonlashadi. Shamollatish vositalarini o'rnatishda, shamollatish sxemasining iqtisodiy kam xarajat bo'lishi bilan birga, iloji boricha kam metall sarf
qilinadiganini tanlash zarur. Issiqlik ajralib chiqadigan xonalarda havo almashtirishni ta'minlash. Sanoat korxonalari xonalarida ajralib chiqadigan zararli omil faqat issiqlik
bo'lsa, unda hisoblab almashtiriladigan havo miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:

bu yerda, G- chiqarilib tashlanishi kerak bo'lgan havo miqdori, kg s;
Qort- ortiqcha issiqlik miqdori.
Ortiqcha issiqlik miqdori, xonada ajralayotgan issiqlik miqdori orasidagi ayirmadan iborat bo'ladi. Bunda issiqlik balansini o'rtacha issiq, sovuq va issiq davrga ayrim-ayrim hisoblash tavsiya qilinadi. Issiq sharoit uchun issiqlik balansini quyidagicha yozish mumkin:
tT > 10°C, Qort = S Q '+ Qrad - (Q1 + Q2 + Q3 +Q4)
O'rtacha va sovuq davr uchun:
tT > 10°C, CW = 2 Q ~ (Q1+>Q2 + Q3 + Q4 + Q5 +Q6)
bunda, Q — xonadagi hamma issqlik manbalaridan ajralayotgan issiqlik miqdori, kkal soat; Qrad- quyosh nuri ta'sirida hosil bo'ladigan issiqlik miqdori, kkal soat;
Q1 – xonaga kiritilgan materiallarning isishi uchun sarflanadigan issiqliki, kkal soat;
Q2 – sovuq yuzalar bilan yutiladigan issiqlik miqdori, kkal soat;
Q3 – joylardagi shamollatish vositalari orqali yo'qotiladigan issiqlik miqdori, kkal soat;
Q4 – devorlar orqali yo'qotiladigan issiqlik miqdori, xonaga tirqishlardan kirgan havoni isitishga sarflanadigan issiqlik, kkal soat.
Yuqorida keltirilgan formulada tx – chiqarib yuborilayotgan havoning temperaturasi hisobga, olingan. Uni belgilash uchun issiqlik ajralayotgan jihozlarning sathini xonaning balandligi va o'rnatilgan jihozlarning zichligini hisobga olish kerak bo'ladi. Ishchi zonasidagi havoni isitishga esa hamma ajralib chiqayotgan issiqlik sarflanmasdan, balki isitish issiqligigina sarflanadi. Ishchi zonasidagi , havoni isitishga esa, hamma ajralib chiqayotgan Qort issiqlik sarflanmasdan, balki isitish issiqliqligi Qii sarflanadi. Hisoblashlarda xatoliklarning oldini olish quyidagi koeffitsiyentni
kiritamiz.
yoki ;
bunda, tii – ishchi zonadagi havoning issiqligi, ; t – oqim bilan beriliyotgan havoning issiqligi, ; tx – chiqarib yuborilayotgan havoning issiqligi, .
Bu koeffisiyent havoning amaliy miqdorini bilgan holda chiqarilib yuborilayotgan havoning haroratini aniqlash imkoniyatini tug’diradi.
;
Ba’zi bir xonaning balandligi 4m dan ortiq bo’lgan holatlar chiqarib yuborilayotgan havoning miqdori harorat gradienti usuli bilan aniqlashi mumkin.
th= tii+(H-2) ;
Bu yerda, - xonaning har metr balandligiga belgilangan harorat gradienti, ; H-xonaning polidan havo chiqarib yuborish zonasigacha bo’lgan balandligi, m. Hisoblangan almashtirilgan havo miqdori yuqorida belgilangan havo almashtirish koeffitsiyentini qo’shib hisoblaganda quyidagi holga keladi:
; (1).
Agar binoning ba’zi uchastkalarida mahalliy shamollatish sistemalari o’rnatilgan bo’lsa, unda:
; (2).
bu yerda, Q4-mahalliy shamollatish vositalari yordamida chiqarib yuboriladigan issiqlik miqdori, kkal soat; Gu-mahalliy shamollatish vositalari yordamida chiqarib yuborilayotgan havo miqdori, kg/soat. Mahalliy shamollatish natijasida chiqarilib yuborilayotgan issiqlik miqdori quyidagicha aniqlanadi:
Q4 = 0.24(tii-to)Gu ; (3).
(3) ni (2)ga qo'ysak, ;
Agar koeffltsiyent m ni yuqorida keltirilgan qiymat bilan almashtirsak,
;
Xonalarga borilayotgan %mumiy shamollatish samaradorligini havo almashtirish darajasini belgilovchi koeffltsiyent orqali ifodalanadi:

bunda, K – havo almashtirish darajasini belgilovchi koeffltsiyent; L – ventilator yordamida xonaga yuborilayotgan yoki xonadan so'rib olinayotgan havo miqdori, m3 soat; V – xonaning hajmi, m3. [11]
5 . Tabiat va atrof – muhit ekologiyasi
Tuproq qishloq xo‘jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib, u har bir mamlakatning boyligidir. SHuning uchun ham har bir avlod uning holati uchun g‘oyat ma’suldir. Ammo o‘tgan avlodlarning undan noto‘g‘ri foydalanganliklari tufayli ilgari hosildor bo‘lgan 20 mln. km2 dan ortiqroq yerlar hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz bo‘lib qoldi. Bu esa hozirgi shudgor qilinadigan yerlardan qariyb 1,5 barobar katta.
Tuproqni saqlash, uning unumdorligini oshirish va undan oqilona foydalanish uchun tuproqqa ishlov berishning maqbul tizimlarini va mashinalarini qo‘llash kerak. Ortikcha yerga ishlov berish va monokulatura shamol va suv erroziyasining kuchayishiga va ularning keng tarqalishiga olib kelgan. Faqat 1934-yilda chang buronlari AQSH da 40 mln.ga dan ko’proq maydonni egallab, okeanga 300 ln.tonnadan ko’proq hosildor tuproqni olib ketgan. 30-yillarda chang buronlari Kanada va boshqa bir necha mamlakatlarning dehqonchiligiga katta ziyon yetkazdi.
Keyingi yillarda olib borilgan tekshirishlar natijasida ko’pgina olimlar va tajribalar har qanday ishlov berish usuli ham hamma sharoitda o’zini oqlamasligini tushunib etdilar. Shuning uchun ham keyingi davrda ko’pgina ilmiy-tekshiruv institutlarida va tajriba stansiyalarida standart tuproqqa ishlov berish sistemalarini sinchiklab tekshirish va ayrim zonalarning o’ziga xos tuproq-iqlim sharoitlariga to’liq javob beradigan yangi sistema va texnologiyalarni qidirish ishlari keng olib borilmoqda.

41
Ma’lumki, pichanbop o’simliklar, makkajo’xori, beda, ozuqabop o’simliklar va boshqa bir qancha ekinlar yetishtirilganda zanjirli va g’ildirakli traktorlarga tirkalgan yoki osilgan mashinalar va qurollar bilan 10-30 tagacha har xil operatsiyalar bajarilada. Faqat hosilni parvarish qilish vaqtidagi zanjirlar va g’ildiraklar izlarining umumiy maydoni, masalan makkajo’xori yetishtirishda, u o’stirilgan dala yuzasidan 2,5-3 barobar ortikroq.
Traktor va qishloq xo’jalik mashinalari yurgan izlarning umumiy maydoni dala yuzasidan 2…3 barobar ortib ketdi. Buning natijasida tuprokning yuza qatlami (0 dan 6…7 sm. gacha) strukturasi buziladi, pastki katlami esa yuqori darajada (masalan taqirli tuproqlarda 2,13g/sm3 gacha) zichlashib ketadi. Natijada tuproq suv, havo va shamol eroziyasiga chidamsiz bo’lib qoladi, bu esa tuproqning havo, suv va ozuqa rejimini yomonlashtiradi, ya’ni uning hosildorligini kamaytiradi. [10]



Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling