T u shuntiri shxat I


Download 1.59 Mb.
bet3/27
Sana17.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1205147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
BMI MATQURBONOV XURSAN

I. Adabiyotlar tahlili

  1. Elektrodvigatel tanlash va uning kinematik xisobi

  1. Elektrodvigateldan talab qilinadigan quvvat.

Bunda:
- umumiy foydali ish koefitsenti.




Bunda:
ɳtish- tishli uzatmaning FIK:
ɳ pod- podshipnikning FIK:
ɳbar - barabanning FIK
ɳ zan- zanjirli uzatmaning FIK
K - reduktorning tishlashishlar soni
n - juft podshipniklar soni









Barabanning burchak tezligi:

Barabanning aylanishlar soni:

Markasi 4A160M6Uz, quvvati P=15.0 kw, sinxron aylanishlar soni :
Sirpanish koeffitsienti S=2.6%
Ishlagan vaqtidagi aylanishlar soni:

Burchak tezligi:


12-rasm Uzatmaning kinematik sxemasi: A- baraban vali; V -reduktor etaklovchi val; S-reduktor etaklanuvchi vali.




Mineral o’g’it berib ekinni oziklantirish uchun kul tivatorga unga likopsimon o’g’itlash apparatlari o’rnatiladi.
O’g’itlash apparati (57- rasm) bunker 2, ustki sidirgich 3, konusli tsilindr 4, xalkasimon shesternya 5, asos 6, tushirgich 7, nov 8, qopqoq lardan iborat.
Likop 9, asos 6 ichiga payvand qilinib, uning urtasidagi teshikka tushirgich 7 va ustuncha 10 o’rnatilgan. Likop 9 bilan asos 6 orasida aylanasimon tirgish 11 paydo bo’ladi. Tirkish 11 orgali o’g’it, nov 8 ga tushib turadi. Nov 8 tushayotgan o’g’it okimini bir yoki ikki bulakka ajratib, o’g’it o’tkazgichlarga yunaltiradi. Tushirgich 7 lar konussimon shesternya 5 yordamida uzluksiz aylantirib turiladi. Asos 6 ga simmetrik holatda ikkita vtulka 12 o’rnatilgan bo’ladi.
TSilindr 4 da vint chizigiga uxshagan uchta ensiz va chuzik uyik uyacha yasalgan bo’lib, ularga tayanch boltlarining bush uchlari kirib turadi. Bunker 2, tsilindr 4 ga sharnirli ulangan, shu sababli unga nisbatan ag’darilib ochiladi. TSilindr 4, bunker bilan birgalikda vertikal uk atrofida ma`lum burchakka erkin burilish imkoniga ega. Shu burilish xisobiga konusning pastki cheti bilan likop 9 orasidagi o’g’itni tukish tirkishini o’zgartirib, o’g’it sepish me`yori sozlanadi.
Asos 6 da (57-rasm) fiksator o’rnatilgan bo’lib, uning burtik tishi tsilindr 4 dagi teshik 14 larga kiritilsa, tsilindrni uz- uzidan aylanib ketishdan saglab turadi. 14 — teshiklarning har biri o’g’itlashning ma`lum me`yorini ta`minlaydi. Traktor Qovidan kelayotgan harakat ustuncha 10 orgali sidirgich 3 ni aylantiradi. Sidirgich ta`sirida o’g’it konus 4 ning teshigi orqali tushirgich 7 ga tushadi. Tushirgich 7 lar aylanishi xisobiga o’g’itni konusning pastki cheti bilan likop orasidagi aylanasimon tirqishdan siqib chiqaradi. Chiqqan o’g’it o’g’it o’tkazgichlarga yunaltiriladi. O’g’itni bevosita tuproqqa aralashtirish uchun esa kul tivator gryadillariga ikkitadan o’g’it ko’mgich o’rnatiladi.
Qator oralig’i 60 sm bo’lgan paxtazorga ishlov berishda o’g’it ko’mgichlarni gryadilga birinchi kul tivatsiyalash uchun ko’chatlar qatoridan 15...18 sm oraliqda 12...14 sm chuqurlikka, ikkinchi kul tivatsiyalash uchun 18...20 sm oraliqda 12...14 sm chuqurlikka o’rnatish tavsiya qilinadi. Eng so’nggi oziqlantirishda ko’mgichni qatorlar o’rtasiga o’rnatish lozim. Qator oralig’i 90 sm bo’lgan yerlarda birinchi kul tivatsiyalashda ko’mgichni qatordan 15...18 sm masofada, ikkinchi kul tivatsiyada — 20...22 sm oraliqda, eng so’nggi kul tivatsiyada — 28...30 sm masofada 12...14 sm chuqurlikka o’rnatgan ma`qul bo’ladi.
Kul tivato’rga o’rnatilgan o’g’itlash apparatlarini tayinlangan miqdordagi mineral o’g’itni yerga solishga quyidagicha sozlanadi. Ekin qator oralig’ining kengligi v bo’lgan yerga p katorli kul tivator bilan gektariga tayinlangan o’g’it migdori Q ni joiz bo’lgan (8 %) aniqlikda solishni ta`minlash uchun avvaliga, l metr yulni (masalan, l q 10 m) bosib utganida hamma apparatlar tukkan o’g’it miqdori q ni aniqlash kerak.



57-rasm. O’g’itlagich


Shu maqsadda, hamma o’g’it o’tkazgichlar ko’mgichlardan ajratilib olinadi va ularga xaltachalar kiydirilib qo’yiladi. Kul tivator o’g’itlagichini ishga qo’shib, traktorni q 10 m masofaga yurgizib, tuxtatiladi. Xaltachalarga tushgan o’g’itni tarozida aloxida-aloxida tortib, o’g’it fargi 10 % gacha bo’lsa miqdorlagichlar to’g’ri sozlangan xisoblanadi. Bunga erishilganidan so’ng, l masofada hamma o’g’it o’tkazgichlardan to’kilgan o’g’it 3, 5 marta o’lchanib, uning o’rtacha miqdori q aniqlanadi. Keyin bir gektarga sochilayotgan o’g’it migdori Q xisoblab chiqiladi:
(61)
O’g’itlar tavsifi
Organik o’g’itlar — asosan chorvachilik fermalaridan olinadigan go’ng chirindisi, go’ng shiltasi hamda turli kompostlardan iborat.
O’g’itlarning xossalari. O’g’itni dalaga sochish uchun mashinalar turini to’g’ri tanlashda uning fizik-mexanik xossalarini e`tiborga olish kerak. O’g’itning eng muxim xossasi uning to’kiluvchanligidir. To’kiluvchanlik darajasini tabiiy uyumlanish burchagi bilan baholash mumkin. Mineral o’g’itlar uchun = 30°…55° bo’ladi. Gigroskopligi yuqori bo’lgan o’g’itlar dalaga sepilishidan oldin maydalanib, to’kiluvchanligi tiklanadi. O’g’itlarning po’lat tunuka bilan ishkalanish burchagi = 27°…45° (ishqalanish koeffitsienti f =0,5…1,0) bo’ladi.
Kukunsimon o’g’itning tabiiy uyumlanish burchagi < 35° bo’lgani uchun, u solingan idishining tubidagi teshikdan erkin tukila oladi. Shu sababli, bunday o’g’itni me`yorlab sochish uchun kalibrlangan tirkishdan foydalanadigan mashina tanlanishi kerak. = 40° bo’lsa, o’g’itni idish devori ustidan oshirib tushirish hisobiga sochadigan miqdorlagich ishlatiladi. = 90° bo’lganda ug’it idishdagi teshikdan mutlaqo to’kilmay qoladi, shu tufayli uni sochishda ustidan sepadigan miqdorlagich tanlanadi.
Bunday miqdorlagichning tubi yuqoriga siljib, o’g’itni uzluksiz yuqoriga uzatib turadi. O’g’it qatlami ustiga o’rnatilgan ishchi qism uni me`yorlab sochib beradi.
Chiriganlik darajasiga qarab, organik o’g’itning tabiiy uyumlanish burchagi = 40...50°, pulat bilan ishkalanish burchagi = 40...45° bo’ladi.
Suyuq azot o’g’itlari quritilganiga nisbatan bir necha marta arzon, ammo u bilan ishlash xavflidir: suvsiz ammiak zaharli va portlashga moyildir. Atmosfera bosimi va hatto atrof-muxitning musbat haroratida ham tez bug’lanadi (qaynash harorati minus 33°) shu sababli, suvsiz ammiak uchun maxsus mashinalardan foydalanish tavsiya qilinadi.
O’g’itlash usullari. yerga o’g’itlar ekishdan oldin (asosiy), ekish vaqtida, ekishdan keyin (oziklantirishda) solinadi. Asosiy o’g’itlashda organik o’g’itning yillik me`yori to’liq, mineral o’g’it yillik me`yorining yarmidan ortiqrok qismi dalaga sochilib, tuproqqa ishlov beradigan mashinalar (freza, plug, kul tivator, tirma...) yordamida 10...20 sm chuqurlikkacha tuproq bilan aralashtiriladi. Ekish vaqtida esa o’g’it universal seyalka yordamida urug’ bilan bir vaqtda, ammo keyinchalik nihol ildizi quymasligi uchun urug’larga nisbatan 5...10 sm chuqurroq yoki urug’lardan yon tomonga 5…10 sm surib solinadi. Ekinni oziklantirish uni sug’orishdan oldin bajariladi.
O’g’itlashga oid usulni bajarish uchun o’g’itni maydalaydigan, uni yoppasiga sepadigan, o’simlik qatoriga nisbatan uzluksiz yoki lokal joylarga o’g’it soladigan mashinalardan foydalaniladi. yer yuzasiga mineral o’g’itni yoppasiga sochish uchun seyalkalar, markazdan kochirma sochgichlar, gung sochgichlar va shilta sepgichlar ishlatiladi.
Suyuk ammiakli o’g’itlarni ensiz arikcha yasab, unga kuyib, zudlik bilan 10...15 sm qalinlikdagi tuproq bilan ko’mish kerak, aks holda uning ko’p qismi havoga uchib ketadi.
Agrotexnik talablar. yerga solinayotgan mineral o’g’itning bir-biriga yopishib kolgan bulaklari 1...5 mm zarrachalarga aylantirib maydalangan bo’lishi, namligi 15 % dan ortiq bulmasligi kerak. Mashinalar mineral o’g’itni 50..1000 kg/ga, organik o’g’itni esa 5…60 t/ga sepa oladigan bo’lishi kerak. Mashina o’g’itni tayinlangan chuqurlikka ko’mishni (farki Q-15%) ta`minlashi kerak. Foydali elementlari parchalanmasligi uchun mineral o’g’it sepilganidan sung 12 soat, organik o’g’it esa 2 soat ichida tuproqqa ko’milishi lozim.


O’g’it miqdorlagichlar


Har qanday o’g’itlash mashinasiga kuyiladigan talablarning eng muximi, maydonga tayinlangan miqdordagi o’g’it solinishini ta`minlashdir. Bu ishni o’g’it miqdorlagichlar bajaradi. Sepiladigan mineral o’g’it turiga qarab, miqdorlagichlar mexaniq, pnevmatik va gidravlik turlarga bulinadi.
Mexanik miqdorlagichlarning shtift (tish)li galtaksimon, likopsimon, disksimon va transportyorli turlari keng tarkalgan. Ular oz ko’lamdagi o’g’itlarni me`yorlab berish uchun qo’llaniladi.
Shtiftli g’altaksimon o’g’it miqdorlagich (59- rasm) seyalkalarda ishlatiladi. Uning qutisining ichida g’altak 2, uni aylantiradigan val 3, g’altakning pastida taglik 5 o’rnatilgan bo’ladi. Seyalkadagi hamma tagliklarni maxsus uk 6 yordamida birmuncha burib, taglik bilan galtak orasidagi tirkishni o’zgartirish kuzda tutilgan.
Bu tirkish kengligi granulalarning o’lchamlariga moslanib kuyiladi. O’g’itlash miqdori galtakning aylanish tezligini va suriladigan qopqoq 1 yordamida galtakka o’g’it tushadigan darcha kuzini o’zgartirish xisobiga sozlanadi. O’g’it miqdorlagichning texnologik ish jarayoni kuyidagi tartibda bajariladi. Qutidagi o’g’it darcha orqali g’altakka o’zi tushadi. Aylanayotgan g’altak tishlari o’g’itni taglik bo’ylab surib, o’g’it o’tkazgichga tushiradi.


Likopsimon o’g’it miqdorlagich seyalka va kul tivatorga o’rnatilib, granul(dona) langan va kukunlangan mineral o’g’itlarni tuproqqa solish uchun ishlatiladi. Likop 4 (59- a rasm) ning bir qismini ustiga o’g’it kutisi 5 o’rnatilsa, ikkinchi qismi ochik koldiriladi. Likop majburan aylantiriladi va ishkalanish xisobiga ug’itni quti tagidan ochik joyga olib chiqadi. U yerda aylanadigan disk yoki oddiy sidirgich 2 joylashgan bo’lib, u likopsimon idishdagi o’g’itni surib, irgitib yuboradi. O’g’it tusik 3 ga tegib, kerakli tomonga yunaladi. Devorning tebranib turishi xisobiga, kuti tubiga o’g’itning uzluksiz tushib turishi ta`minlanadi.
O’g’itlash me`yori, likopning aylanish tezligini hamda uning tubi bilan kuti devorining pastki cheti orasidagi tirkish o’zgartirib sozlanadi.
Diskli apparat seyalka va kul tivatorga o’rnatiladi. O’g’it solingan kuti 6 ning ichida tuzitkich 7 va disk 11 lar o’rnatilgan, ular harakat yuritmasi 10 yordamida aylantiriladi. Disk­ning ikki chetida kuzg’almas yunaltiruvchi kirgich 8 lar o’rnatilgan.
Aylanayotgan disk ishkalanish xisobiga ustidagi o’g’it zarrachalarini chetga olib chiqadi. Kuzgalmas yunaltiruvchi kirgichlar o’g’itni sidirib, nov 9 ga tashlab beradi. Ish jarayonida kuti ichidagi o’g’itni kanchalik pasayganligini satx ko’rsatkich 12 dastasidagi belgilar ko’rsatadi. Undan tashqari kutining devorlariga yopishgan ug’itni satx ko’rsatkich sidirib pastga tushiradi. Aylanayotgan tuzitkichning prujinasimon barmoklari ta`sirida kutidagi o’g’it uzluksiz pastga tushirilib qirqich va diskni yopishgan o’g’itdan tozalab turadi.
O’g’it sepish miqdori diskning aylanish tezligini o’zgartirish va kirgichlarni kuti ichiga surib kuyish xisobiga sozlanadi.
Transportyorli o’g’it miqdorlagich mineral, organik o’g’it va ularning aralashmasini yerga yoppasiga sochadi. Bunday miqdorlagichning negizini turli shakldagi chivik 1 o’rnatilgan zanjir 2 lar tashkil kiladi. Uzluksiz harakatlantiriladigan chiviklar kuzov tagidan ug’itni sidirib chiqarib tashlaydi.
Gidravlik miqdorlagich suyuk o’g’itlarni sepishda ishlatiladi. Suyuklik tsisternadan elastik (rezinasimon) kuvur 4 orqali jiklyor 5 ga okib keladi. Teshigi kerakli kattalikda bo’lgan jiklyorni almashtirib, suyuk ug’itni sepish miqdori o’zgartiriladi.
O’g’it sochish apparatlari
O’g’it sochish apparatlari katta kulamdagi organik va mineral o’g’itni me`yorlab, tuproqqa ishlov berishdan oldin yer yuzasiga yoppasiga sepish uchun ishlatiladi. Sepilgan o’g’it keyinchalik plug, kul tivator, diskli tirma kabi kurollar yordamida tuproqqa aralashtiriladi.
Organik o’g’itlarni sochish uchun transport vositasi kuzoviga o’rnatilgan rotor yoki baraban (60- a rasm) ko’rinishdagi kurilmalardan foydalaniladi. Kuzovning tubiga chivikli transportyor 5 o’rnatilgan bo’lib, u solingan o’g’itning pastki qatlamini sidirib, rotor kurakchalari 3 ga uzluksiz yetkazib turadi. Kurakcha 3, rotor vali 1 ga vint chizig’i bo’ylab o’rnatilganligi tufayli, ular aylanayotib, o’g’itni maydalab, yon tomonlarga irg’itib, sochadi. Maydalashni kuchaytirish uchun rotor tagiga unga nisbatan sekinrok aylanadigan biter 6 o’rnatiladi.
Barabanli sochgich (60-b rasm) ham rotorliga uxshash bo’lib, kuzov 2 dagi o’g’itni transportyor 5, parraklari 7 ga keltirib beradi. Aylanayotgan parraklar o’g’itni irgitib, kuzov borti 8 dan tushirib yuboradi.
Mineral o’g’itni sochish uchun, markazdan kochirma apparatdan keng foydalaniladi (60- v rasm). Bunda bitta yoki ikkita disk 11 larning ustki betiga kurakchalar o’rnatiladi. Kutidagi o’g’it aylanayotgan disk ustiga nov 9 lar bo’ylab tayinlangan me`yorda kelib tushadi. Markazdan kochirma kuchlar ta`sirida o’g’it zarrachasi kurakcha kirralari bo’ylab diskdan otilib chikib ketadi. Novlar bir-biridan tunuka tusik 10 bilan ajratilgan
Mineral o’g’itni yerga solishga tayyorlaydigan mashinalar. Omborlarda saklanayotgan gigroskopik mineral o’g’it vaqt o’tishi bilan bir-biriga yopishib, qotib, yirik bo’laklarga aylanib qoladi. Shu sababli, ularni maydalash talab qilinadi (61- rasm). Bunday maydalovchi agregat qoplar ichida hamda qopsiz qotib qolgan bo’laklarni maydalaydi va transport vositalariga yuklaydi, qop qoldiqlarini ajratib tashlaydi.






Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling