T u shuntiri shxat I
-rasm. KPH – 2.1 rotatsion osma o’t o’rish mashinasi
Download 1.59 Mb.
|
BMI MATQURBONOV XURSAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. 2-rasm. a) rotatsion –diskli, b) rotatsion - barabanli
- Rotatsion o’t o’rish apparatlarida
1.1-rasm. KPH – 2.1 rotatsion osma o’t o’rish mashinasi
Rotor 1950...2050 ayl/min tezlikda aylanib, pichoqning chiziqli tezligini 65 m/s gacha yetkazadi, o’rg’ichning o’zi esa 15 km/soat tezlikda ishlaydi. O’rish apparatlari tirakli va tiraksiz qirqish prinsipiga asoslangan. 1. 2-rasm. a) rotatsion –diskli, b) rotatsion - barabanli Tiraksiz o’rish (qirqish) apparatlari rotasion-diskli va rotasion-barabanli (2- rasm) bo’lishi mumkin. Bu apparatlarning qirqish elementlari - pichoq 2 va 3 lar sharnir yordamida disk 1 va baraban 4 ga biriktirilgan. Bunday apparatlarda katta tezlik bilan harakatlanayotgan pichoqlar zarbasi ta'sirida poyalar uzib olinadi. Disk yoki baraban bilan aylanma harakati natijasida pichoqning chiziqli tezligi 50....60 m/s bo’lishi talab qilinadi. Bunday apparatlar bilan ishlaydigan o’rish mashinalarining tezligini oshirish imkoniyati mavjud. Ularning tuzilishi sodda bo’lib, puxta ishlaydi, ammo poyalarni maydalab yuboradi, shuningdek, ko’p energiya sarflaydi. Poyalar qo’shimcha maydalanishi sababli ko’proq isrofgarchilikka yo’l qo’yiladi. Rotasion-diskli (2- a rasm) apparatlar gazonlarni o’radigan mahsus o’rish mashinalarida ishlatiladi. Rotasion-barabanli (2-b rasm) qirqish apparatlari esa silosga o’radigan kombaynlarda ishlatiladi. [3 ]. Rotatsion o’t o’rish apparatlarida Rotatsion o’t o’rish apparatlari diskli va barabanli bo’ladi. Rotatsion apparatning keskichlari disk va baraban bilan oshiq – moshiqli ulangan. Keskichlar o’tni tirgaksiz o’radi. O’tlarning egilmasligi, o’tlar poyasi qattiqligi bilan keyingi o’t poyasiga suyanib engashmasligini ta’minlaydi. Bu jarayon keskich tirgovichlari orqali ta’minlanadi. Har bir diskda 2 yoki 3 ta 50, 70, mm uzunlikdagi keskichlar bor. Ular ikki tomonlama teshib o’tkazilgan. Keskichning qirrasi kengligi 25…30 mkm. Keskichlarning o’tmasligini oldini olish uchun keskichlar bir (qo’shni , qarama - qarshi ) disk boshqasiga nisbatan o’rnatilgan, shunday qilinganda keskichlarni o’tkirligi, ishlashi ikki martaga ko’payadi. Biror keskichni almashlaganda qarama – qarshi keskichlari ham almashlanadi, chunki disklarni o’rishi va balansini saqlash, tenglashtirish uchun kerak. Yonma – yon disklar keskichlari aralashmasi ya’ni ketma – ketlikda taqsimlanadi. Keskichlar harakat yo’li to’silgan, bunda o’t o’rish barcha kenglikda o’rishga erishiladi. Har bir yonma – yon disklar qarama – qarshi tomonga aylanadi. Rotatsion barabanlar o’roq apparati keskichlari barabanda vintli yo’nalish bo’yicha joylashtirilgan. Ular egri chiziqli, qing’ir -qiyshiq o’riladi. Shuning uchun o’tni maydalash va o’rishga erishiladi, balki o’rilgan massani trubadan o’tkazish bilan transportirovka qilishga ham yordam beradi. Rotatsion o’roq apparatida aylantirib bir – biriga tashlaydigan elementi yo’q, ularnig keskichlari aylanma harakatni bajaradi. Shuning uchun rotorli o’t o’rish mashinalari o’roq elementlari uzatilishi mustahkamroq, keskichlar tashqi nuqtasi aylanma bo’ylab 45…90 m/s, tezlikda joylashtiriladi. Bu esa o’t o’rish mashinasini 15 km soat tezlikda ishlashi ta’minlaydi. Rotatsion o’t o’rish mashinalari tuzilishiga binoan oddiy va ishlashda ishonchli hisoblanadi. O’simlik poyasini ortiqcha ezib tashlagani uchun o’rilgan massani zoya bo’lishiga va o’t o’rganda ish kuchini ko’proq talab qiladi. Vertikal o’qli rotatsion disk apparatlari boshoqli o’simliklarni o’rishga va yuqori hosilli ekinlarni o’rishga moslashgan. [http://(2)] Rotatsion o’t o’rg’ich Aylanuvchi pichoqli o’rg’ich 15 t/ga dan ortiq yuqori hosilli o’tlarni katta 9 … 15 km/soat tezlikda o’rib, ang’iz ustiga qoldirish uchun mo’njallangan. O’t o’rg’ichning asosiy qismlari 1, unga sharnirli birlashtirilgan yordamchi rama 3, himoya tortqisi 2, brus 4, har qaysisiga ikkitadan pichoq biriktirilgan to’rtta disk 5, tashqi ayrgich 6 va yuritish mexanizmlaridan iborat. Yuritma kardanli val, ponasimon tasmali uzatma, peduktor va disklarga aylanma uzatuvchi tishli g’ildiraklar tizimidan iborat. Bu shesternyalar qutisimon brus 4 ichida joylashgan. Har qaysi juft disk bir – biriga qarab aylanadi, ish vaqtida o’rilgan o’tlarni ang’iz ustiga ikki qatorga uyib ketadi. Pichoqlar disklarga sharnirli biriktirilgan bo’lib, biror to’siqqa urilganda orqasiga erkin burila oladi. Pichoqlar o’simlik poyalarini 60…80 m/s tezlikda tayanchsiz o’radi. Mashina salt holatga ko’tarilganda brus 4 yordamida rama 3 ga nisbatan tik ko’tarila oladi. Muvozanatlovchi prujinalar to’plami brusning yerga bosishini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Brus katta qarshilikka uchraganda 30…450 ga burilishi mumkin. Shunda himoya tortqisining prujinasi siqilib, tortqi uzayadi. Germaniyaning Krone firmasi qamrash kengligi 2.4 m li to’rt rotorli, 3.2 m li sakkiz rotorli va boshqa o’t o’rg’ichlar ishlab chiqaradi. Bularning ish orgonlari ellips shaklidagi disklar va ellipsni katta o’qi aylanishida qarama – qarshi tomonda sharnirli biriktirilgan yassi po’lat pichoqchalardan iborat. O’t o’rg’ichlarning ish unimi 1.5…3.0 ga/soat gacha bo’ladi. Quvvat sarfi 37…60 kVt. Harakat traktorning quvvat olish validan (540…560) kardanli val va o’zaro ilashgan katta shesternyalar tizimidan iborat yuritma orqali beriladi. [6] Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling