T u shuntiri shxat I
Download 1.59 Mb.
|
BMI MATQURBONOV XURSAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Konstruktorlik qism 2.1 Taklif qilinayotgan konstruksiya asoslash 2.1-rasm. Mavjud rotatsion o’t o’rg’ich knematik sxemasi
1.5 Mavzuning dolzarbligi
Pichanbop va ekilgan o’tlarni nobudkorchiliksiz va sifatli yig’ishtirib olish ishlarini kompleks mexanizatsiyalashga erishish uchun ekin maydonlarida ishlaydigan agregatlarni takomillashtirish, ularning yangi modellarini yaratish, dalalardagi tabiiy ravshda o’sgan va chorvachilikda yem-xashak ekinlarini yig’ishtirishda kam xarajat sarflaydigan, hamda samarali ish unumdorligini tashkil qiladigan agregatlar, sifatli texnikalar bilan fermer xo’jaliklarini ta’minlash kerak. Ushbu BMI loyihasida mamlakatning barcha hududlarida mavjud bo’lgan amalda qo’llanilayotgan rotatsion o’t o’rish mashinalarini takomillashtirish, ish unumini oshirish, isrofgarchilik miqdorini minimal darajaga tushirish, hamda kosilkani massasini kamaytirish choralarini ko’rib chiqish kerak bo’ladi. Ish jarayonida pichoqlar o’simlik poyalarni bir tekisda qirqib ketishi lozim. Shu bilan birga barcha dalalarni o`tlarni o’rishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish zarur. Bundan ko`rinib turubdiki taklif etiladigan loyihada qo`l mehnatini kamaytirib ish unumdorligini oshirish, isrofgarchilikni kamaytirish kerak bo’ladi, agregatni tannarxini kamaytirish bu esa diplom loyihasini dolzarbligidan dalolat beradi. II. Konstruktorlik qism 2.1 Taklif qilinayotgan konstruksiya asoslash 2.1-rasm. Mavjud rotatsion o’t o’rg’ich knematik sxemasi KPH – 2.1 Rotatsion o’t o’rish mashinasi konstruksiyasi o’rganib chiqildi, rotorlarni harakatga keltirishda o’n ikkita to’g’ri tishli silindrik g’ildirakdan foydalanilgan. Tishli g’ildiraklar muntazam moylanib turiladi. Konstruksiya og’irroq, uni o’rniga beshta shkiv o’rnatib tasma orqali harakat uzatish taklif qilindi. Bunda esa nisbatan massasi kamayadi, moylash suyuqligi ishlatilmaydi. Bu yerda tishli va tasmali uzatmalarning afzallik va kamchiliklarini e’tiborga olgan xolda amalga oshiriladi. Tishli uzatmaning afzalliklari quyidagilardir: Amalda har qanday quvvatni uzatadi . F.I.K. katta U=const Ishda ishonchligi katta Hizmat muddati katta Tishli uzatmaning asosiy kamchiligi: tishlarni qirqish murakkab va buning uchun maxsus asboblar qo’llanilishidir. Tishli gildiraklarning tishlari asosan ikki xil usulda qirqiladi : 1. Kopirovka usuli . (diskli yoki barmoqli frezalar yordamida) 2. Obkatka usuli. (instrumental reyka yordamida) Tasmali uzatma quyidagi afzalliklarga ega: 1. Tasmali uzatma harakatni uzoq masofaga (15 metrgacha) uzatish imkonini beradi. 2. Uzatma tekis va shovqinsiz ishlaydi. 3. Tasmali uzatma qo’llanilganda detallar o’ta nagruzkada ishlashdan saqlangan bo`ladi, chunki nagruzkaning qiymati ortib ketganda tasma shkivlar ustida sirpanib nagruzkani uzatmaydi. 4. Uzatma detallari oddiy va arzon. Tasmali uzatma quyidagi kamchiliklarga ega: 1. Tasmaning shkivlarda sirpanishi natijasida uzatish soni doimiy bo’lmaydi, ya`ni: u const 2. Tasmaning chidamliligi nisbatan kichik. 3. Tasmaning tarangligidan valga tushadigan kuch katta. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling