T u shuntiri shxat I


Qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanishda xafsizlik tadbirlari ko’rsatmalari va muhofazalovchi to’siq vositalari


Download 1.59 Mb.
bet24/27
Sana17.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1205147
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
BMI MATQURBONOV XURSAN

Qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanishda xafsizlik tadbirlari ko’rsatmalari va muhofazalovchi to’siq vositalari

1. Qishloq xo’jalik mashinalari bilan ishlashga mazkur yo’riqnoma va xavfsizlik bo’yicha amaldagi qoidalar bilan (shu singari qishloq xo’jalik ishlarida) tanish bo’lgan kishilargina ruxsat etiladi.


2. Qishloq xo’jalik mashinalari harakatni boshlangandan so’ng markyor joylashgan zonalarda bo’lish man etiladi.
3. Qishloq xo’jalik mashinalariga xizmat ko’rsatuvchi kishi tomonidan tegishli xabar (signal) berishgandan so’ng yuritilishi kerak.
4. Salnik va uymalarni moslashtirilgan predmet va asboblar bilan tozalashga ruxsat etiladi.
5. Qishloq xo’jalik mashinalari harakatlanib borayotgan paytda har qanday ta’mirlash va tayorgarlik ishlarini olib borishga ruxsat etilmaydi.
6. Qishloq xo’jalik mashinalari harakat vaziyatida ish zonasida odamlarni bo’lishiga ruxsat etilmaydi.
7. Qishloq xo’jalik mashinalarida har qanday kamchilik aniqlanganda uni ishlatish man etiladi.
8. Birorta kamchilik yoki qismlarda sinish hollari sodir bo’lsa, qishloq xo’jalik mashinalariniishlatishdan to’xtatib, agregatning texnik holati bo’yicha ma’sul kishiga xabar qilish lozim.
9. Qishloq xo’jalik mashinalarida o’tkaziladigan har qanday texnik qarovlar va ta’mirlash ishlari maxsus ta’mirlash ustaxonalarida yoki maxsus belgilangan joyda yaroqli asboblar yordamida o’tkazilishi lozim. Ayniqsa, quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim: qishloq xo’jalik mashinalarini traktorga osish va tushirish.
10. Undan tushirish faqat traktorchi va operator tomonidan bajarilishi kerak.
11. Rotatsion o’t o’rish mashinasi transport holatiga keltirilganda unga qo’shimcha mahkamlash ishlari talab qilinadi.
12. Texnik qarov va rostlash ishlari vaqtida maxsus moslamalardan, salnik tozalagichlardan foydalanish lozim.[8]
Muhofazalovchi to‘siq vositalari
To‘siq vositalari ishchilarning mashina xavfli zonasiga tushib qolishiga halal beradigan qilib o‘rnatiladi. Uning tuzilishi har xil bo‘lishi mumkin. Asosan mashina va mexanizmlarning aylanuvchi va harakatlanuvchi zonalarini, stanoklarning qirqish va ishlov berish joylarini, elektr toki urishi xavfi bo‘lgan (masalan, elektr taqsimlash shkaflari) va har xil nurlanishlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan (issiqlik nurlari, elektromagnit va ionlanuvchi nurlar) xonalarni, shuningdek, havo muhitiga zaharli moddalar chiqarayotgan joylarni ham to‘siq vositalari bilan ta'minlanadi.
Bundan tashqari, qurilish tashkilotlarida qurilish olib borilayotgan yoki ta'mirlash ishlari bajarilayotgan maydonlar, qurilish mashinalari o‘rnatilgan joylar, ishchilarning baland joylarda ishlashiga to‘g‘ri keladigan ish joylari albatta to‘siq vositalari bilan ta'minlanadi.
To‘siq vositalarining turlari va shakli uning ishlatiladigan joyi va shakliga qarab xilma-xil bo‘ladi. Ishlab chiqarish sharoiti texnologik jarayon omillariga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, mashinasozlik sanoati korxonalariga o‘rnatilgan stanoklarning qobiqlari birinchidan, uning kuch uzatgichlarini ixchamlashtirib tartibga solib tursa, ikkinchidan, bu uzatgichlarni moylab turish imkoniyatini beradi va uchinchidan, bu uzatgichlar harakati natijasida hosil bo‘ladigan tovushni kamaytirish imkoniyatini yaratadi.
To‘siq qurilmalari asosan uch qismga bo‘lib qaraladi: muqim, harakatlanuvchi va ko‘chma vositalar. Muqim o‘rnatilgan to‘siq qurilmalarini doimiy harakat manbayi bo‘lgan tishli g‘ildiraklar, qayishsimon uzatmalar, zanjirli uzatmalarni qopqoqlar berkitish bilan amalga oshiriladi. Bunday to‘siq vositalarini o‘rnatganda ularning ochib ta'mirlash ishlarini olib borish, shuningdek, ba'zi bir favqulodda (masalan, ponasimon qayish chiqib ketganda yoki uzilib ketganda), ochib, ma'lum ish bajargandan keyin yopib qo‘yish imkoniyatini beradigan bo‘lishi shart. Muqim o‘rnatilgan to‘siq vositalarini doimiy elektr payvandlash joylarini, elektr xavfi bo‘lgan maydon va xonalarni, galvanika ishlari olib boriladigan vannalarni, press, bosqon va boshqa temirchilik ishlari bajariladigan joylariga ham o‘rnatilishi mumkin.Aylanuvchi barabanlar, qum sepib quymalarni tozalash joylarini, stanoklarning qirquvchi qismlari bilan kuzatuvchi ishchi ko‘zi orasidagi oraliqlar muqim o‘rnatiladigan to‘siq vositalaribilan ta'minlanadi.



Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling