T u shuntiri shxat I
Rotatsion o’t o’rg’ichlarning turlari va tasnifi
Download 1.59 Mb.
|
BMI MATQURBONOV XURSAN
Rotatsion o’t o’rg’ichlarning turlari va tasnifi
O’t o’rish mashinalarining vazifalari O’t o’rish mashinalari tabiiy o’sgan va ekilgan o’tlarni agrotexnik talablarga rioya qilgan holda o’rish, kombaynlar esa bir yo’la o’rish bilan o’simliklarni transport vositalariga ortish uchun xizmat qiladi. O’t o’rg’ichlar o’zi bajaradigan texnologik jarayonning turiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: o’tlarni o’rib, o’z yo’lida yoyib qoldiradigan; o’tlarni o’rib, qator uyum hosil qilib ketadigan; o’tlarni o’rish bilan birga bir yo’la ularni maydalab, transportga yuklaydigan; o’tlarni o’rish bilan bir yo’la poyalarni ezadigan va ezilgan poyalarni yoyib yoki qatorga uyib ketadigan o’t o’rg’ishlar. O’t o’rg’ichlarning asosiy qismi o’rish apparatidan iborat. O’rish apparatlari o’simlik poyalarini o’rish – qirqish ulsuliga qarab, poyalarni tayanchlarga tirab va tayanchsiz qirqish apparatlari deyiladi. Tayanchli qirqish apparatlariga segment – barmoqli va segment – qo’shpichoqli o’rish apparatlari kiradi. Tayanchsiz qirqish apparatlariga rotatsion ( aylanuvchi yassi pichoqli ) va rotorli apparatlar misol bo’ladi. Rotatsion pichano’rg’ich (1-rasm) yuqori xosildor , yotib va chalkashib qolgan o’tlarni o’rishga mo’ljallangan. Pichan o’rg’ich rama 13, uning qanoti 3, rotatsion o’rish apparati, muvozanatlovchi va xarakatlantiruvchi to’siq 9 lardan iboratdir. Rotatsion o’rish apparati brus 5, tayanch boshmoqlariga ega. Brus ustiga to’rtta rotor 7 lar o’rnatilgan. Rotorlar jufti bir-biriga teskari aylanadi. Ular bir rortor 7 chetlariga ikkitadan plastinasimon pichoq sharnirli qilib maxkamlangan. Bir juft rotorlarga o’rnatilgan pichoqlar esa bir- birining o’rtasiga tushgandek joylashtirilgan. Rotorlarning gorizantal joylashishiga muvazanatlovchi prujinalar tarangligini o’zgartirish xisobiga erishiladi. Bo’lgich 8, brusning oxiriga deyarli tik o’rnatilib, o’rish vaqtida chegaradagi poyalarni xarakat yo’nalishi bo’yicha ichkariga engashtirib ketadi. Keying yurishda traktor g’idiragi ularni bosmaydi, nobudkorchilik ko’paymaydi. Brus ramaga saqlagich orqali ulangan bo’lib, u to’siqqa uchraganida burilib sinishdan saqlanadi. Pichan o’rg’ichning texnologik jarayoni quyidagicha o’tadi. Aylanayotgan rotordagi pichoq markazdan qochirma kuchlar ta'sirida radius bo’yicha joylashadi, natijada qo’shni rotor pichoqlarining trayektoriyalari bir-birini qoplashi hisobiga chala o’rishga yo’l qo’yilmaydi. Aylanayotgan pichoq kesib olgan poyalar rotor ustidagi g’ilofdan sirpanib o’tib, yerga tushadi. Muvozanatlovchi mexanizm boshmoqlarga tushadigan yuk bosimini o’zgartirish va o’rish apparatini transport holatiga ko’chirish uchun xizmat qiladi. Traktorga yaqin bo’lgan boshmoqqa tushadigan yuk 270...500 N, chetki boshmoqqa - 100...300 N qilib sozlanadi
Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling