T u shuntiri shxat I


-rasm. Rotatsion o’t o’rg’ich


Download 1.59 Mb.
bet8/27
Sana17.02.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1205147
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
BMI MATQURBONOV XURSAN

1.3-rasm. Rotatsion o’t o’rg’ich
KPP-2.1 rotorli o’roq mashinasi
Tasmali rotorli o’t o’rish mashinasi. O’t o’rib ketish kengligi 2.1 m ga teng.
O’roq mashinasining tasmali uzatmasi o’roq mashinasida moylash materiallarini ishlatishga yo’l qo’ymaydi. Uni ishlatishda ortiqcha mablag’larni kamaytiradi. Yuqori xosilli o’tlarni (tik turgan va yiqilgan o’tlarni ) yig’ib terib olishda tasmali o’t o’rish mashinalari oilasiga mansub ushbu yangi rotorli tasmali aylanmali o’t o’rish mashinasi yaxshi xizmat qiladi.
O’t o’rish mashinasidagi aylanma rotorlar o’t o’rish paytida to’siqlarga uchraganda kesuvchi apparatini turli xil zararlanishdan va deformasiyalanishdan saqlaydi, tosh va kesaklardan iborat o’tli dalalarda ishlatishga moslangan. KPP oilsiga o’t o’rish mashinasida mustahkam qirrali kesuvchi ishning xavfsizligini va unimdorligini ta’minlaydi. Kekich uzoq ishlatishga qaramasdan o’tkir turadi. Qattiq jismlarga urilganda ham sinib ketmaydi. Aylanma keskichli apparatlar minutiga 3500 aylanma tezlikda aylanadi, sekundiga 90 m tezlikda o’rishni ta’minlaydi, turli xosilli o’tlarni tomiriga tegmasdan oson va toza o’rib olishga erishadi. Osmaning ishonchli ( sistema ) tuzilmasi va o’t o’rish moslamasini mukammalligi. Joylarda past-balandlikni (relyefini ) tuproqqa past bosimda aniqlab oladi va o’radi. Nafaqat ko’ndalang to’sinlarni muvozanati, balki kesuvchi brusni ham ayrim holda oson boshqara oldi. O’roq mashinasida “ DarWin Plus ” hind firmasining olti qirrali HBB-4850 tasmalari ishlatiladi. Bu firma o’zining poliamidli kordli tasmalari bilan dunyoga mashhur xisoblanadi. Bu tasmalar o’t o’rish uzatma rotorlar tuzilmasini xususiyatlarini hisobga olgan holda “ DarWin Plus ” injenerlari tomonidan maxsus ishlab chiqilgan .
KPP-2.1 o’t o’rish mashinasi 0.9 – 1.4 t sinfga mansub traktorlarga tirkaladi.
Tasmali uzatmani ishonchliligini va uzoq vaqt ishlashini sezilarli darajada ko’tarish uchun shkivlarda tasmaning burilish radiusi bir yarim marta ko’tarilgan. KPP-2.1 m o’t o’rish mashinasining shkivlari aylanish tezligi 5800 ayl / min dan 3700 ayl / min ga kamaytirilgan. O’rnatilgan SKГ podshipniklari yangi o’t o’rish mashinasining butun ish jarayonida uzatmani buzilmasdan ishlashini ta’minlaydi. Tajribadan o’tkazish davrida o’t o’rish mashinasi turli xil dalalarda 280 gektar maydonning har – xil o’tlarini o’rdi. Ishlash vaqtida o’t o’rish mashinasi buzilishi kuzatilmadi. Ishlash xarajatlari nolga teng. [http.3]
O’t o’rish mashinasining umumiy ko’rinishi quyidagi rasmda ko’rsatilgan. (1.4-rasm).


Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling