T. Xudayshukurov Biznes – etiket Samarqand – 2009 T. Xudayshukurov. Biznes – etiket
Download 180.21 Kb.
|
Xudayshukurov T. Biznes - etiket
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkak biznesmenlar ish kiyimlari
Tayanch iboralar:sosial holat; bezak; erkak biznesmen sochlari va soqol–mo’ylovlari; erkak biznesmen tirnog’i; ayol biznesmen sochi; soch parvarishi. Nazorat savollari:Biznesmenlar uchun sochning qanday ahamiyati bor? Erkak biznesmenlarning sochlarini va tirnoqlarini parvarish qilishga qanday talablar qo’yiladi? Ayol biznesmenlar sochlariga va ularni parvarish qilishga qanday talablar qo’yiladi? Erkak biznesmenlar ish kiyimlariIsh kostyumi va uning kiyilishiga qo’yiladigan talablar Biznes sohasida to’plangan tajriba shuni ko’rsatadiki, aksariyat biznes korxonalarida maxsus ish kiyimlari joriy etiladi. Erkak biznesmenlar uchun asosiy shaxsiy ish kiyimi kostyum hisoblanadi. U har kuni ishga va tantanali vaziyatlarda kiyiladiganlarga bo’linadi. Kostyum materialiga, rangiga, sifatiga va kiyilishiga qatiy talablar qo’yiladi. Biznesmenlar albatta ularga rioya qilishlari lozim : kostyum juda ham sifatli, g’ijimlanmaydigan, rangi bo’yicha ko’zga yaqqol tashlanmaydigan va atrofdagilarning diqqatini tortmaydigan bo’lishi kerak. Bunday talablarga to’q - ko’k, to’q - kulrang va kulrangli jun gazlamasi va gabardin javob beradi. Yuqori imijga ega bo’lgan biznesmenning almashtirib kiyishi uchun eng kamida uchta kostyumi bo’lishi lozim. Ulardan biri albatta yoz vaqti uchun mo’ljallangan bo’lishi lozim. Biznesni endi boshlaydigan va hali mablag’i uncha ko’p bo’lmagan biznesmenning hyech bo’lmaganda bitta sifatli kostyumi bo’lishi shart. Biznesmenlar kostyumi bir yoki ikki bortli bo’lishi mumkin. Bir bortlisi amerikacha, ikki bortlisi esa yevropacha kostyum deb yuritiladi. Bir bortli kostyumda tugmalari bir tomoniga, ikki bortlida esa ikki tomoniga ham qadalgan bo’ladi. Bir bortli kostyum klassik ahamiyat kasb etsa, ikki bortli kostyum esa uning sohibi to’g’risida modali biznesmen imijini shakllantiradi. Qaysi kostyum tanlanishidan qat’iy nazar, biznesmenning ko’chada yurishida, bir joyda kostyumda turishida ish davrida va boshqa vaziyatlarda uning ma’lum bir tugmalari o’tkazilgan bo’lish kerak. Kostyumda yurganda yoki bir joyda oyoqda turganda ikki tugmali bir bortli amerikacha kostyumning yuqori, uch tugmali komtyumning esa o’rtadagi tugmasi o’tkazilgan bo’lishi lozim. Ikki bortli yevropacha kostyumning esa hamma tugmalari o’tkazilgan bo’lishi shart. Barcha rasmiy vaziyatlarda, prezidiumga chiqib o’tirganda, doklad qilishda (turli maqsadlarda), teatr, mehmondorchilik va restoranda o’tirganda, kostyumning borti nechta bo’lishidan qat’iy nazar, uning yuqori tugmasi o’tkazilgan bo’lishi lozim. Kresloda o’tirib ishlashda yoki ovqatlanish davrida (restorandan tashqari) kundalik kostyumning tugmasi o’tkazib qo’yilmasligi ham mumkin. Issiq iqlim sharoitida yoz paytida, shu jumladan O’zbekiston sharoitida kostyum yechilib, ilgakka osilib qo’yilishi ham mumkin. Biznesmen kostyumi nimcha (jiletka) bilan ham kiyiladi. Nimchali (jiletkali) kostyum uchtalik yoki troyka deb nomlanadi. Agar kostyum jilet bilan kiyiladigan bo’lsa, jilet o’zining uzunligi bo’yicha ko’ynakni va shim kamarini to’liq yopib turgan bo’lishi shart. Erkak biznesmenlarning kundalik kostyumi albatta ko’ynak, galstuk va tufli bilan kiyiladi. Ularni tanlash va kiyishga ham qator talablar qo’yilgan. Biznesmenlar o’z faoliyatida bu talablarga ham qat’iy rioya qilishlari lozim. Download 180.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling