Ta lim sifatini baholash boyicha xalqaro tadqiqotlarniamalga oshirish milliy markazi


TO‘XTANG! O ‘qituvchining ruxsatisiz navbatagi sahifani ochmang. 8


Download 371.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana05.05.2023
Hajmi371.33 Kb.
#1431622
1   2   3   4   5   6
TO‘XTANG!
O ‘qituvchining ruxsatisiz navbatagi sahifani ochmang.
8


LEO NARD O DA VINCH I
■ Л f t
i -
V
-
-
Vv%w?^
svV"/-'- W * '
О z davridan dgarilab ketgan 
inson
K o‘pchilik odamlar Leonardo da 
Vinchi ismini eshitishsa, uning 
mashhur surati “Mona Liza”ni 
yodga 
olishadi. 
Bu 
surat 
Parijdagi badiiy san’at muzeyida saqlanadi. Har yili 
millionlab sayyohlar uni ko‘rish uchun kelishadi.
Biroq Leonardo nafaqat rassom, balki iste’dodli 
ixtirochi, muhandis, ai'xitektor va haykaltarosh ham 
b o ‘lgan. U koplab yangi va g ‘aroyib g ‘oyalarga boy edi. 
Leonardo da Vinchi 1452-yilda Italiyaning 
Vinchi shahri yaqinida joylashgan otasining shahar 
tashqarisidagi uyida tug‘ilgan. Uning bolaligi tabiat 
qo‘ynida o ‘tgan. U o ‘zining atrofidagi hayvonlar va 
hasharotlami doim kuzatar edi.
Keyinchalik Leonardo otasi bilan Florensiya shahriga ko‘chib keladi. U yerda 
Verrokkiyo ismli taniqli rassom va haykaltarosh qo‘lida hunar o‘rganib, ishlay 
boshlaydi.
U Verrokkiyoning qo‘lida ishlagan vaqtida o ‘z zamonasidagi texnikalar haqida 
juda ko‘p m a’lumotga ega bo‘ladi. Bu unga turli xil mexanizmlarning qanday 
ishlashini tushunib olishga yordam beradi. U yana har xil bo‘yoqlarni aralashtirib
kerakli ranglar olishni va haykallar yaratish uchun metalldan foydalanishni o ‘rganib 
oladi.
Leonardo doimo bilimga chanqoqlikni his etar edi. U o‘z atrofidagi olamni 
o ‘rganar va ko‘rganlarini chizib borar edi. U qo‘liga tushgan barcha kitoblarni o ‘qir, 
boshqa odamlarning g ‘oyalarini tinglar va ulardan bilib olgan yangi narsalarni yozib
9


borar edi. Ayrim qo‘lyozmalari plakatlardek katta, boshqalari esa belbog‘ida olib 
yurishga qulay bo‘lishi uchun kichkina bo‘lgan. U 
yozganlarining ko‘pi y o ‘qolib ketgan, lekin ayrimlari 
XIX asr boshida chop etilgan bo‘lib, ularni hozirgi 
kunda ham ko‘rish mumkin. Ularda rasmlar va 
husnixat bilan yozilgan yozuvlar bor.
Leonardoning 
qo‘lyozmalarida
ixtirolarining 
tasvirlari 
bor. 
Shuningdek, 
bu 
qo‘lyozmalar uning nimalarga va ular qanday qilib 
ishlashiga bo‘lgan katta qiziqishini ham ko‘rsatadi.
Uni mashinalar qiziqtirar edi, ammo shu bilan 
birgalikda, unga tirik mavjudotlarning qanday 
harakatlanishi, ularning tuzilishi ham qiziq edi. U Leonardo da vmchmmg uchar mashma msmi
oqayotgan suv, daraxtdagi barglar, uchayotgan
qushlar va inson tanasini o ‘rganar va tasvirlar edi. Atrof-muhitni kuzatish jarayonida, 
u har doim biror yangilikni o ‘zi uchun bilib olar edi. Leonardo barcha bilimlarini va 
boshqalardan eshitgan g ‘oyalarni doim rivojlantirib, takomillashtirib borgan. Natijada, 
uning qo‘lyozmalaridagi aksariyat tasvirlarda mutlaqo yangi g ‘oyalar aks etadi. 
Ayrimlari kelajak tasvirlariga o ‘xshaydi. Masalan, uning “Uchar mashina” chizmasi
Leonardo da Vinchining "Uchar mashina” chizmasi
osmonda havo sharlari va samolyotlar paydo bo‘lishidan ancha oldin chizilgan.
Leonardo yangi g ‘oyalarga boy bo‘lishiga qaramay, rasmlaridagi tasvirlarning 
ko‘pchiligini hayotga tatbiq etmadi. Q o‘lyozmalarining birida parashyut bilan 
tasvirlangan odamning rasmi bor edi. Faqat bu g ‘oya 300 yildan keyin 1783-yili 
birinchilardan bo‘lib, bir fransuz yerga parashyutda tushgandan keyingina hayotga 
tatbiq etildi.
Uning boshqa ixtirosi inson tanasini o‘rganish va uning qanday harakatlana 
olishiga bo‘lgan qiziqishi asosida yaratilgan. Leonardoda odamning qo‘llari, oyoqlari 
va boshqa a ’zolari aks etgan rasmlari ko‘p bo‘lib, u, haqiqatan, mexanik odam-robotni 
loyihalashtirgan! Bu robot to ‘g‘ri o ‘tira olar, qo‘llarini silkitar, boshini qimirlatar, 
og‘zini ocha olar va yopa olar edi.
Leonardo da Vinchi 1519-yilda vafot etdi. U, haqiqatan ham, o ‘z davridan 
ilgarilab ketgan inson edi.
10



Download 371.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling