Ta ot 15 km yo’lni soatda bosib o’tadi ta ot 15 km yo’lni bir o’zi necha soatda bosib o’tadi ?
Download 13.67 Kb.
|
MANTIQIY SAVOLLAR
Mantiqiy savollar 5 ta ot 15 km yo’lni 5 soatda bosib o’tadi. 1 ta ot 15 km yo’lni bir o’zi necha soatda bosib o’tadi ? Mantiqan o’ylab ko’ringchi bitta daraxt bor unda 12 ta qush ini mavjud, har bir inda 4 ta tuxum bor, har bir tuxum 7 tadan jo’ja ochadi. Gap nima haqida ketyapti? Sizda faqat bitta gugurt bor. Qorong’u xonada kerosin lampasi, pechka va sham bor. Avval qaysini yoqqan bo’lardingiz? Mahallada 800 ta odam yashaydi. Ularning 3% ni 1 tadan mashinasi bor. Qolgan 97% odamlarning yarmini 2 tadan mashinasi bor va qolgan yarmini mashinasi yo’q. Mahallada jami qancha odam yashaydi? Yo’lovchisiz tramvay bekatga yaqinlashdi va 15 kishi unga o’tirdi, keying bekatda 10ta yo’lovchi tushdi va birinchi bekatga qaraganda 5 kishi kamroq o’tirdi. Uchinchi bekatda esa 15 kishi tushdi. Tramvayda jami nechta odam qoldi? Bir donishmandni qamoqqa olishibdi . Bir kuni qamoqxona noziri kelib donishmandga qarab senga bitta imkon beraman deb 3 ta eshikni ko’rsatibdi. Birinchisida timsohlar bor ular seni mayda-mayda qilishadi, ikkinchisida 600 metrlik jarlik bor tushsganingdan o’lasan, va uchinchi eshikda quyosh nurini million marta kuchaytirib beradigan lupa senga qarab turadi, unga qarashing bilan seni 1 sekundda kuydirib yo’q qiladi. Savol donishmand qaysi eshikdan chiqsa sog’-omon qamoqdan qutaladi va buni qanday amalga oshiradi? Download 13.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling