Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlar


Download 12.55 Kb.
bet2/2
Sana18.10.2023
Hajmi12.55 Kb.
#1709051
1   2
Bog'liq
TABIAT BILAN JAMIYAT O\'RTASIDAGI MUNOSABATLAR

4. Ko‘p yillar davomida hom ashyo bazasi bo‘lib kelgan O‘zbekistonda tabiiy muhit holati ancha ayanchli holga kelib qolgan. Yer osti boyliklarini isrofgarchilik o‘zlashtirilishi natijasida katta maydondagi unumdor yerlar yaroqsiz ahvolga tushgan. Suv, havo, tuproq ifloslangan. Obikor yerlarda eroziya, cho‘lga aylanish, sho‘r bosish jaroyonlari tezlashgan. Yirik sanoat markazlari, katta shaharlarda murakkab ekologik vaziyat kuzatilmoqda. Orol dengizi, Orolbuyi muammolari yana ko‘plab ekologik qurbonlarni keltirib chiqarmoqda. O‘zbekistonda turli hastaliklarning ko‘payishi va atrof muhitning ifloslanishi o‘rtasida bevosita bog‘lanishlar kuzatilmoqda.
O‘zbekistonda atrof muhitning ifloshlanishi va uning oqibatlari o‘ziga hos xususiyatlarga ega. Issiq iqlim sharoitida havo, suv, tuproq sifatining buzilishi insonlar sog‘ligiga ayniqsa kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda yirik shaharlar va sanoat markazlari tog‘ oldida, tog‘ oraliq botiqlarida joylashganligi tufayli atmosfera havosi va boshqa komonentlarning ifloslanish darajasi nisbatan yuqori bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar va zaharli kimyoviy moddalarning ko‘plab ishlatilishi atrof muhit ifloshlanishining ortishiga olib kelgan. Inson ta‘sirining kuchayishi natijasida O‘zbekistondagi o‘simlik va hayvon turlari kamayib, noyob tabiat go‘shalari buzilmoqda. Umumiy soni 26 milliondan oshgan O‘zbekiston aholisi har yili o‘rta hisobda 350-400 ming kishiga ko‘paymoqda. Bunday sharoitda aholini zarur yashash muhiti va barcha kerakli mahsulotlar bilan ta‘minlash dolzarb va eng ustivor masala bo‘lib qolmoqda.
Download 12.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling