Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi


Download 356.5 Kb.
bet3/11
Sana29.12.2022
Hajmi356.5 Kb.
#1072431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2022 TBT amaliy

Mavzu yuzasidan savollar:
1. Jonli tabiat burchagi uchun o’isimlik va hayvonlarni tanlashda bir qator qanday talablarni nazarda tutish lozim.
2. Tabiat burchagidagi hayvon va o’simliklar tashqi ko’irinishidan qanday bo’ladi?
3. Tabiat burchagida yashovchilarni nechta turga ajratamiz.

AMALIY MASHGULOT- 3
Mavzu: MTMda tabiat burchagini kuzatish va MTMda yer maydonchalarini tashkil etishga ish xujjatlari va yer maydonchalarini kuzatish va tahlil qilish.
Ishning maqsadi: MTMda tabiat burchagini kuzatish va MTMda yer maydonchalarini tashkil etishga oid ish xujjatlari va yer maydonchalarini kuzatish va tahlil qilishni o’rganish.
Kerakli jihozlar: tarqatma materiallar, o’quv qo’llamalar, daftar, slayd va jadvallar.
Nazariy qism: Bolalar bog‘chasidagi yer maydonchasi – bu bolalar uchun o‘yin, sayr, mashg‘ulot o‘tkazish mumkin bo‘lgan joy bo‘lib hisoblanadi. Kuzda, qishda va bahorda bolalar ko‘p vaqtlarini yer maydonchasida o‘tkazadigan, yozda kun mobaynida vaqtlarini o‘sha yerda o‘kazishlari mumkin bo‘ladi. Yer maydonchasidabolalarning sezgi organlari rivojlanib boradi, bolalar o‘z ko‘zlari bilan tabiatdagi o‘zgarishlarni ko‘rib, kuzatib, tahlil qilib boradilar. Yer maydonchasida ishlar orqali gulzorda, bog‘da, polizda bolalar jamoa bo‘lib ishlashga hamda ba’zi mehnat qilish qobilyatlarini o‘stirib boradilar. O‘z mehnatlari orqali mehnatga bo‘lgan mehr-muhabbatlari ortib boradi va berilgan vazifani bajarish majburiyatini his qilishga o‘rgatib boriladi. Yer maydonchasida bolalar yil fasllaridagi o‘zgarishlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, o‘rganib, kuzatib boradilar hamda uzoq va qisqa muddatli kuzatishlar tashkil etadilar. Natijada o‘simlik va hayvonlardagi o‘zgarishlarni ko‘radilar. Ularning dunyoqarashi kengayadi, dunyoviy bilimlari oshib boradi. Tabiatni asrashga va undan oqilona foydalanishga o‘rgatib boriladi.
Yer maydonchasi – bu o‘yinlar, sayrlar, mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan va mehnatni tashkil etiladigan joy bo‘lib hisoblanadi. O‘yinlar orqali bolalarni tabiat haqidagi bilimlari mustahkamlanadi.
Yer maydonchasiga manzarali o‘simliklarni tanlashda MTMning joylashgan yerining geografik sharoiti va o‘simliklarning biologik xususiyatlari hisobga olinishi kerak.
Sayr – vaqtida tabiat hodisalaridagi mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatadilar. Bu kuzatishlar uzoq va qisqa muddatli bo‘lishi mumkin. Kuzatishlar natijasida bolalar uzoq va qisqa muddatli kuzatishlarni bir-biridan farqlaydigan, solishtiradigan bo‘ladilar.
Mashg‘ulotlar orqali bolalarda fikrlash, o‘ylash hamda o‘simlik va hayvonlar haqidagi tushunchalar ortib boradi. Kuzatishlar davomida bolalar ongida shunday tushuncha hosil qilish kerakki, qancha mehnat sarf qilinsa, shuncha ko‘p hosil olish mumkin. Yer maydonchasini shunday tashkil qilish kerakki, bolalarning kuzatishlari va parvarish qilishlari oson bo‘lsin. Shuning uchun turli yosh guruh bolalari maydonchalari oldida gulzorlar, mevali va manzarali daraxtlar, sabzavot ekinlari ekilishi kerak, o‘tzor bo‘lsa yana ham yaxshi bo‘ladi. Yer maydonchasini to‘g‘ri tashkil etish tarbiyachidan yuksak mahorat talab qiladi. Har bir guruh bolalari bir-biridan jonli devor bilan ajratib qo‘yiladi. Bu yer maydonchasini bezaydi, shamoldan, changdan va tashqaridan keladigan shovqindan bolalarni asraydi. Bularga shox devorlar (izgored) yaxshi natija beradi.
Daraxt va izgoredlarni o‘stirib yetishtirish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi. Bu bolalarni uzoq muddatli kuzatishga o‘rgatib boradi.
Yer maydonchasini chiroyli qilib bezatish uchun o‘simliklarni to‘g‘ri tanlash, manzarali o‘simliklardan o‘tqazish va undan estetik zavq olishni o‘rgatish kerak bo‘ladi. Mevali daraxtlardan zarar keltirmaydiganlari o‘stirib yetishtiriladi. Bularga olma, nok, olcha, olxo‘ri daraxtlari misol bo‘ladi. Yer maydonchasining atrofini past, chiroyli bo‘yli o‘simliklar bilan o‘raladi. Bularga navro‘zgul, kapalakgul, yer tuti, past bo‘yli astra kiradi. Ular yer maydonchasini bezatib turadi va shamoldan, changdan,shovqindan asraydi.
Yer maydonchasida daraxt va butalarni o‘stirish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi. Ular bolalarga estetik zavq berib, soya-salqin berib turadi. Ayrim hollarda daraxtlar binoga keragidan ortiq soya solib zax qilsa yoki kasallikka chalinsagina olib tashlanadi.
Ekinzorlarga shunday joy tanlash kerakki, u shimol tomondan o‘ralgan bo‘lishi kerak bo‘ladi. Yer maydonchasi yo‘lkasining kengligi 1 – 2 metr bo‘lishi kerak, bu o‘simliklarni bosib ketishdan saqlaydi. Gullar uchun ariqchalarningorasi 50 – 60 sm bo‘lishi kerak. Yer maydonchasida mehnatqilish uchun lopatkachalarning temiri qalinligi 1 – 2 mm,chelakcha yoki chilopchin, cho‘nqirroq va ichki, ustki tomonlaribo’yoq bilan bo‘yalgan bo‘lishi kerak. Axlatlarnitashishga kichkinagina doskacha yoki chelakcha bo‘lishikerak. Mehnatlaridan keyin bu mehnat qurollarini yaxshilab yuviladiva quritib joyiga osib qo‘yiladi.
MTMda va oilada bolalarni boshlang‘ich mehnat malakalarinihosil qilish tarbiyachi va ota-onalar zimmasigayuklatiladi. Bunday malakalarni yer maydonchasidagi va
tabiat burchagidagi mehnat vaqtida amalga oshirish mumkin.Yer maydonchasida tashkil etilgan mehnat katta ta’limtarbiyaviyahamiyatga egadir.
Bolalarning yoshiga mos tashkil etilgan jismoniy mehnatbolalar organizmining umumiy rivojlanishiga foydali ta’sirqiladi. Yer maydonchasida o‘simliklarni o‘stirish uchunyerni tayyorlash bog‘cha xizmatchilariga va ota-onalarzimmasiga yuklatiladi, ular sabzavot ekinlari uchun va gulzorqilish uchun yerni chopib egat olib beradilar. Bolalarmaydonchani tozalashda va o‘simliklarni ekib o‘stirish ishlarida
ishtirok etadilar.
Maydonchani tozalash vaqtida kichik guruh bolalarimayda toshlarni, to‘kilgan barglarni terib chelakga tashlaydilar,tarbiyachi yordamida piyoz o‘tkazadilar, yirik
urug‘larni ekadilar, suv quyadilar hamda hosilni yig‘ib olishdaishtirok etadilar.
O‘rta, katta, tayyorlov guruhlarda bolalar ancha faol qatnashishlari mumkin. Ular xaskashlar bilan axlatlarni hamdato‘kilgan barglarni sidiradilar va chelaklarga solishdatarbiyachiga yordam beradilar. Bolalar tarbiyachi yordamida no‘xat, loviya, lavlagi,bodring va boshqa o‘simliklarning yirik urug‘larini ekadilar.
Gulpushta va egatlarni sug‘oradilar, yerni yumshatadilar, pishib yetilgan sabzavotlarni yig‘ishtirishda ishtiroketadilar.

Download 356.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling