Tabiat landshaft komponentlari


LANDSHAFTLARNING TARKIBIY QISMLARI


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1210979
1   2   3   4
Bog'liq
dilshod REFERAT

 


2.LANDSHAFTLARNING TARKIBIY QISMLARI 
Landshaft (nem. Land — yer, shaft-ôzaro aloqadorlik,birikkanlik )tipologik 
tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, relyefi, iqlimi, 
tuproqlari, oʻsimlik turkumi, hayvonot dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi 
bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaraga ega boʻlgan hudud. Landshaftshunoslikda 
L.ning 3 xil tushunchasi mavjud: regional tushuncha, bunda L. yer yuzasining tabiiy 
chegaralangan uncha katta boʻlmagan qismi tushuniladi; tipologik birlik boʻlib, 
bunda L. termini barcha tasnif birliklariga nisbatan qoʻllaniladi; umumiy tushuncha, 
bu holda L. terminini turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarga 
nisbatan qoʻllanilyshi mumkin. Masalan, tundra L., dasht L., togʻ va h.k. Yana 
q. Geografik landshaft, Madaniy landshaft; 2) meʼmorlikda — bogʻ-rogʻli joylarning 
umumiy koʻrinishi, manzarasi; 3) tasviriy sanʼatda — manzara janri. 
Landshaft nemischa so‘z bo‘lib, (land-yer va schaft – o‘zaro aloqa-dorlik va 
bog‘liqlikni aks ettiruvchi suffi ks), umumadabiy tilda manzara,joyning ko‘rinishi 
ma’nolarini anglatadi. Geografi yada esa ilmiy terminbo‘lib, geotizimlarning bir 
taksonomik pog‘onasini nomlash va tavsifl ashuchun ishlatiladi. Landshaft – bir xil 
geologik tuzilishi, bitta relyef turi,bir xil iqlimi hamda faqat shu landshaftga xos 
bo‘lgan, o‘zaro bog‘liqkichik geotizimlar yig‘indisidan iborat genetik jihatdan bir 
butun geotizim-dir.
Landshaft bir jihatdan qaraganda zona, provinsiya, okrug, rayon kabi regional 
geotizimlarni tashkil qiluvchi eng oddiy geotizim, geografi k qobiqning eng oddiy 
va eng kichik birligidir. Ikkinchi jihatdan, o‘zidankichik bo‘lgan urochishe, fatsiya 
kabi qismlar va oddiy geotizimlarbog‘lamidan hosil bo‘lgan murakkab ko‘p yarusli 
va dinamik geotizimdir. 
Landshaft yon-atrofdagi landshaftlar bilan modda va energiya almashinishi 
orqali doim o‘zaro ta’sirda bo‘lib turadigan ochiq geotizimdir.
Landshaftlar joylardan, joylar urochishelardan, urochishelar esa fatsiyalar 
tizimidan iborat. 



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling