Tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat holatidan


Download 71.28 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.04.2023
Hajmi71.28 Kb.
#1274062
Bog'liq
Rivojlanish - TOLIBJON



Rivojlanish
Rivojlanish — tabiat va jamiyatdagi
qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat holatidan
boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish.
Rivojlanish natijasida obʼyektning —
tarkibi yoki strukturasining yangi sifat
holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat,
jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning
umumiy tamoyilidir. Rivojlanishning 2
shakli mavjud: obʼyektning sekin-asta
sodir boʻluvchi miqdor oʻzgarishlari bilan
bogʻliq evolyutsion rivojlanish va obʼyekt


tuzilmasidagi sifat oʻzgarishlaridan iborat
inqilobiy rvojlanish Evolyutsion rivojlanish
jamiyatda bir tizimning asta-sekin, keskin
portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi
sifatiy asosga oʻtishini, inqilobiy
rivojlanish esa keskin portlash yoʻli bilan
bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga
oʻtishini bildiradi. Evolyutsion rivojlanish
jamiyatning yangi bosqichga uzluksiz va
talafotlarsiz oʻtishiga imkon beradi.
Bunday oʻtishda muayyan vaqt zarur
boʻladi. Inqilobiy Rivojlanishda
jamiyatning eski asosiy tayanch nuqtalari
yoʻq qilinib, keskin sifatiy oʻzgarishlar
amalga oshiriladi. Oʻzbekiston
mustaqillikka erishgach, yangi jamiyatga
oʻtishning evolyutsion rivojlanish yoʻlini


tanladi. Bu yoʻl jamiyat aʼzolarining
manfaatlariga zid kelmaydigan, muayyan
vaqtni talab qiladigan va pirovardida
samarali boʻladigan yoʻldir.
Rivojlanishning progressiv, taraqqiyot turi
(qarang Taraqqiyot) bilan regressiv,
tanazzul turi (qarang Inqiroz) farqlanadi.
Hozirgi zamon fanida rivojlanishning
maxsus ilmiy nazariyasi ishlab
chiqilmoqda, unda asosan, qaytariluvchi
jarayonlarni qarab chiquvchi klassik
tabiatshunoslikdan farq qilgan holda,
nochiziqli, sakrashsimon oʻzgarishlar
bayon qilinadi (yana qarang Miqdor
oʻzgarishlariiing sifat oʻzgarishlariga


oʻtishi qonuni, Qarama-qarshiliklar birligi
va kurashi qonuni, Inkorni inkor qonuni).
Baxtiyor Toʻrayev.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Manbalar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Rivojlanish&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Rivojlanish&oldid=3593739" 
dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 26-Fevral 2023, 13:12 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 71.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling