Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi
Download 16.81 Kb.
|
nilufar
Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi. Ma’lumki, qadim-qadim davrlardan beri kishilar o‘zlarini qurshab turgan tabiat, unda sodir bo‘ladigan turli-tuman o‘zgarishlarni kuzatganlar. Borliqni asosiy shakllaridan bo‘lgan tabiiy borliq, uning o‘ziga xosligi, tabiatni tashkil qilgan narsa va hodisalar, barcha organik va noorganik moddalar olami, o‘simliklar va hayvonot dunyosi insoniyatni qiziqtirgan eng asosiy muammolardan bo‘lgan. Nafaqat tabiat balki tabiat go‘zalligi, uning estetik tarbiyaviy ahamiyati masalalari ham qadimdan mutafakkir va donishmandlarni qiziqtirib kelgan. Insoniyat ma’naviy yuksalishidagi eng buyuk nuqtalardan biri uni tabiat va odamzod hayotidagi o'zaro uyg‘unlik va mutanosiblikning mavjudligini idrok etish, tabiat va dunyoning tartibli yaratilishi haqidagi tushuncha bolgan.Go‘zallik haqidagi ilk tasavvurlar ham tabiat bilan bog‘liqdir. Tabiatdagi organizmlarning har biri o‘z holicha emas, balki boshqa organizmlar bilan bogliq holda yashaydi. Nabotot olami ham, hayvonot olami ham quyosh, suv, havo, tuproq ta’sirida yashaydi, rivojlanadi. O‘zbek xalqi tabiatga tarixan uzoq davrdan buyon mehr bilan qarashga, uni asrab-avaylashga o‘rganib kelgan. Bu milliy bayram, qadimiy an’ana, urf-odatlarda ham yaqqol ko‘rinadi. Xususan, O‘rta Osiyo xalqlarining har yili nishonlanadigan Navro‘z bayrami, asrlar davomida ona Yerga va tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, uni ardoqlash tuyg‘ularini tarbiyalagan. Tabiatga estetik munosabat xususida Qadimgi Xitoy daochilik ta’limotida ham o‘ziga xos yondoshuv mavjuddir. Daosizm ta’limotida Inson mavjud olam kabi dao qonunlari asosida vujudga kelgan, u tabiatning bir qismi, uning vazifasi fazilat (de) yo'lidan borish. Har qanday sun’iy aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini o‘zgartirishga intilish odamlar uchun halokatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning manbayi tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdir. Shu sababli, Laoszi nazdida faoliyat - daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi, uning asosiy axloqiy tamoyili «uvey»- faoliyatsizlik, donishmand kishining «dao»si - bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi bo‘lmagan faol xatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga mos faoliyatdir. Tabiat go‘zalligini asl holda saqlash va uni ko‘rish, his qilish daochilikda muhim ahamiyat kasb etgan. Go‘zallik haqidagi tasavvurlarning tabiat bilan bog‘liqligi yunon falsafasida ham namoyon bo‘ladi. Qadimgi yunonlar olamning tartibli ekanligini, uyg‘unlik va go‘zallik bilan bog‘liq idrok etishgan. Tabiatdagi go‘zallik bu qarama-qarshilikning kelishuvi, bu osoyishtalikdir. Tabiatning dialektik taraqqiyoti, undagi go‘zallikning o‘ziga xosligi tahlil etilgan. Qur’oni Karim va Hadisi shariflarda Islom qonun va qoidalari, shariat ahkomlari bilan bir qatorda atrof-muhitni toza saqlash, tabiat boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni isrof qilmaslik, insonning yashash tarzi, shaxsiy gigiyenasi, zurriyotni tozaligiga, о’simlik-hayvonot dunyosini asrashga, umuman ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga katta ahamiyat berilgan. Tabiatdagi eng oddiy narsa va hodisalar mazmuni va shakli uyg‘unligi bilan go‘zaldir. Go‘zallik bu voqelik (tabiat, jamiyat, san’at) hodisasi bo‘lib, aniq hissiy ta’sir o‘tkazish orqali insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik, zavqlanish, tola ma’naviy qoniqish holati vujudga kelishiga imon yaratadi. Go‘zallik doimo foydalidir, lekin bu foydalilik jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga moljallangan bo‘ladi. Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot go‘zalligidan, foydali amaliy faoliyatidagi go‘zallik badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi. Lekin go‘zallik qanchalik o‘zining rango-rangligi bilan ajralib turmasin, ularning barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega bo'lib, mana shu umumiy tub belgilar tufayli ularning barchasini maxsus ilmiy-falsafiy istiloh-go‘zallik tushunchasi orqali talqin etish imkoniyati mavjud. Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi birdaniga paydo bo‘lmagan, albatta, u sekin-asta, inson zoti va tabiati rivojlanib borgani sari shakllanib borgan. Inson atrofidagi tabiatni o‘zlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, olchanadi, inson uchun tabiatning go‘zallik va xunuk tomonlari ayon bo'la boshlaydi. Biz yashab turgan asrda insoniyat ulkan vayron qilish qudratiga ega bo'lgan ishlab chiqarish kuchlariga ham ega bo‘lib qoldi. Shu narsa aniq-ravshan bo‘lib bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy manfaatdorlik nuqtayi nazaridan munosabatda bo‘lish salbiy oqibatlarga ham olib keladi. Insoniyat hozir tabiatni, atrof-muhitni himoya qilib, undan oqilona tarzda foydalanib, ayni vaqtda, tabiiy hamohanglik sirlari ichiga yanada chuqur kirib borib, o‘ziga uning yangidan-yangi mo‘jizalarini ochmoqda, undan ta’lim saboqlari olmoqda. Tabiatning estetik jihatlari. Darhaqiqat estetik go‘zalliklarning xilma-xil ko‘rinishilari orasida tabiat go‘zalligi inson uchun hammadan ko‘ra yaqinroq va tushunarliroqdir. Tabiat bilan yaqin bo‘lishga ichki bir intilish, undagi go‘zallik, nafosat olamiga oshno bo‘lish barcha uchun xosdir. Tabiat butun tabiiy xilma-xilligi bilan bizni o‘rab turgan dunyo demakdir. Jonli va jonsiz tabiat o‘zining murakkab qonunlari asosida yashaydi va rivojlanadi.Tabiat estetikasi insonga tabiiy go‘zallik va uyg‘unlikni ko‘rish va qadrlashni o‘rgatadi. Tabiatdagi har bir hodisaning go‘zal va takrorlanmasligini sezish mumkin. Inson tabiatdagi go‘zallikni avvalo ko‘rish orqali idrok etadi, uni tabiatdagi ranglar va shakllarning uyg‘unligi, tabiiyligi zavqlantiradi. Masalan, bahorda olamning gulga burkanishi, yozda o‘rmonlarning yashillika burkanishi, kuzda esa olovdek tovlanishi, barglarning qizg‘ish rangi, qishda oppoq qorga burkangan qiradirlar barchaga estetik zavq beradi. Tabiat go‘zalligini his etish va idrok etish uchun uning uch jihatini tushunish lozim. Bu tabiiy organizmning o‘ziga xos tuzilishi, uzaro mutanosibligi, doimiy harakatda, rivojlanishda bo‘lgan jonli organizmning o‘ziga xos xususiyatini, tabiiy obyektlarga xos bo‘lgan dekorativ go‘zallik, masalan, kapalak qanotlari, yoki tovus patlaridagi ajib bir uyg‘unlik va go‘zallikni ajrata bilish lozim. Bu ayniqsa san’at orqali yetkazib beriladi.Tabiat estetikasi tabiatni sevishni, uning go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bolishni o‘rgatadi, ya’ni tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi. Mustaqillik yillarida shahar va qishloqlarimizning qiyofasi butunlay o'zgardi, yangidan-yangi inshootlar qad ko‘tardi. Barpo etilayotgan yangi ko‘chalar, yo‘llar, maydonlar, insonda yuksak mas’uliyat, go‘zalliklarni asrash va vatanparvarlik ruhiyatini uyg'otishi bilan birga dizaynning insonparvarlik mohiyatini namoyon qiladi. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi. Globallashuv jarayonida yangi estetik qadriyatlar qaror topib bormoqda. Bu insonning tabiatga va jamiyatga bo‘lgan munosabatida aks etadi. Nemis faylasufi Immanuil Kant tabiatni axloqiylik bilan bog‘laydi: «Kimniki bevosita tabiat go‘zalligi qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyat mavjudligidan dalolat beradi», - deydi u. Ammo Hegelning, tabiatda ideal yo‘q, shu sababli u ikkinchi darajali go‘zallik turi, degan fikri estetikada hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr tabiatni «bo‘ysundirishni» targ‘ib qilgan marksizm ta’limotida keng e’tirof etildi. Natijada uzoq yillar mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor qaratilmadi. Biz me’moriy obidalarni asrash, tiklash haqida qayg‘urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga chiqarib qo'ydik.Hozirgi kunda shu narsa aniq boldiki, tabiatni eng ulug‘ va mangu estetik qadriyat deb bilmaslik borib tuigan estetik savodsizlikdir. Aniqrog'i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qilish mumkin emas. XXI asrda olamni bilish, voqelikni estetik o‘zlashtirish bilan bir qatorda uni qadriyat sifatida e’zozlashga alohida e’tibor berilmoqda. Endilikda odamlarning yaratuvchanlik faoliyati yuksalishi barobarida estetik qadriyatlarga nisbatan munosabati tubdan o‘zgarmoqda. Bu o‘z navbatida inson mohiyatan eng oliy qadriyat ekanligi, inson manfaatlarining ustuvorligini ta’minlash barcha islohot va evrilishlarning bosh maqsadiga aylanganligi bilan belgilanadi. Insoniyatni o‘rab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof-muhit, tirik va notirik tabiatning eng muhim tomonlarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga egadir. Bunday qadriyatlar jamiyat uchun hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan, abadiy, mutlaq va muqaddas qadriyatlardir. Ekoestetikaning XXI asr taraqqiyotidagi o‘rni. Insoniyat hozir o‘z tarixining mas’uliyatli davrida yashamoqda. Biz «tabiat-jamiyat-inson» munosabatlari uyg‘unligining yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydik. Bu tarixiy davr o‘z real imkoniyatlari, obyektiv taraqqiyot qonuniyatlari bilan jamiyat oldiga turli muammolarni qo‘ymoqda. Bulardan eng muhimi tabiatni asrashdir. Tabiat alohida bir xalq va millatniki emas. Tabiat muqaddas bir dargoh, inson ko‘z ochib ko‘rgan dunyo, ona zamin, insoniyatning umumiy uyi. Shunday ekan uni avaylab-asrash, atrof-muhitning ifloslanishiga yo‘l qo'ymaslik, umumdavlat, umuminsoniyat ishidir. Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir. Bu esa odamlarning, xalqlar va millatlarning ma’naviyatini yuksaltirish, tabiatga estetik munosabatini shakllantirishni taqozo etadi. Negaki voqelikka estetik munosabatda bo‘lish tabiatga bo‘lgan muhabbatdan boshlanadi. Tabiat uning o‘zini gavdalantiruvchi barcha san’at turlari uchun bitmas-tuganmas shakllar manbayi bo‘lib kelgan va shunday boiib qoladi. Inson bilimining ortishi, tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, qonuniyatlarini o‘rgana borish, texnikaning taraqqiyoti inson qudratini oshirishi natijasida tabiat ustidan hukmronlik o‘rnatishga intilishi boshlandi. Va bu salbiy oqibatlarga olib keldi. XXI asrga kelib tabiat va inson o‘rtasida yangicha muloqot vujudga kelmoqda. Inson tabiatning hukmroni emas, uning bir bo‘lagi ekanligi tabiatga nisbatan qilingan har qanday yomonlik oqibatda insonga qilingan yomonlik ekanligini anglab yetdi. Hozirgi zamonning eng katta muammolaridan biri ekologiya ekanligi, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bogliqligi hammamizga ayon haqiqat. Xalqimiz yaqin o‘tmishda boshidan o‘tkazgan totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida atrof-muhitga bepisand munosabatda boMinib, tabiat boyliklaridan ochko‘zlarcha foydalanishga zo‘r berilgan edi. Q‘sha davr bizga o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondiga salbiy ta’sirni, biologik xilmaxillikning qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa chiqindilarning ko‘payishi, cho‘llanish, yer va suv resurslari degradatsiyasi, Orol dengizi halokati kabi mintaqaviy va global miqyosda yechilishi zarur bo‘lgan muammolarni meros qilib qoldirdi. Bu muammolar inson hamda uning manfaatlari himoyasi, birinchi navbatda, soglom va musaffo atrofmuhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash jarayoni amalga oshirilayotgan islohotlarning o'zagini tashkil etgan O‘zbekiston uchun atrof tabiiy muhitni asrab-avaylashni va uni sog'lomlashtirishni yanada dolzarb qilib qo‘ydi. Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri. XX asrda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida biosfera ichida noosfera ya’ni texnikaviy muhitning paydo bolishi inson hayoti va faoliyatining asosi bo‘lgan mehnatga katta ta’sir ko‘rsata boshladi. Bugun uyali aloqa, kompyuterlarsiz hayotni tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu esa texnika hayotimizga tobora chuqur kirib borayotganini ko'rsatadi. Albatta, biosferadagi barcha o‘zgarishlarning sababchisi inson — uning tafakkuri ekanligi barchaga ayon. XXI asr yuqori texnologiyalar, axborotlar asri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa kishilarning ongi, faoliyati mana shu tezkorlikka moslashishi lozimligini taqozo etadi. Texnika rivojining ko‘p yillik tarixi bizning texnik bilimlarimiz, ixtirochilik, konstruktorlik qobiliyatimiz fan, inson ehtiyojlari, yashash muhiti rivojiga muvofiq doimiy mukammallashib borishini ko‘rsatmoqda. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi sanoat va texnika taraqqiyoti bilan bog'liqdir. U industrial sivilizatsiya yoki texnogen jamiyati deb atalmoqda. Inson va jamiyat «texnosfera»da joylashgan bo‘lib, texnika bir joyda to‘xtab turmaydi. Texnika innovatsiyasi inson hayotini to‘xtovsiz o‘zgartirib turuvchi katalizator - harakatga keltiruvchi sifatida inson ongidan joy olai. Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ijtimoiy hayotga, iqtisod, siyosat va mafkuraga kirib keldi. «Inson va mashina» munosabatlari tobora yangicha mazmun kasb etib bormoqda. Har qanday rivojlangan texnika ham ijtimoiy masalalarni insonsiz hal eta olmaydi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan texnika asrida taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murtkkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik va mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Texnik taraqqiyotni, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini to‘xtatish, inkor etish mumkin emas. Shunday ekan, texnogen sivilizatsiyada inson texnogen madaniyat-fan amaliyoti, texnikaning yangidan-yangi shakllari, ularni ishlata bilish uquvi va mahoratiga ega bo‘lishi taqozo etiladi. Download 16.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling