Tabiat va uning boyliklarining ekologik holat bilan bog’liqligi


Download 74.66 Kb.
bet1/7
Sana13.09.2023
Hajmi74.66 Kb.
#1677056
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TABIAT VA UNING BOYLIKLARINING EKOLOGIK HOLAT BILAN BOG’LIQLIGI


TABIAT VA UNING BOYLIKLARINING EKOLOGIK HOLAT BILAN BOG’LIQLIGI

Tabiiy va sotsial iqtisodiy resurslardan foydalanish, barqaror rivojlanish, ekologik faoliyatning asosiy yo’nalishi, O’zbekistinning asosiy ekologik yo’nalishlari.



Tabiat resurslari, tabiiy boyliklar — jamiyatning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida xoʻjalikda foydalaniladigan hamda insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan, uni oʻrab turgan tabiiy muhitning barcha tabiat komponentlari, energiya manbalari. Tabiat resurslariga Quyosh energiyasi, Yerning ichki issiqligi, suv, yer, mineral boyliklar, oʻsimliklar, tuproklar, hayvonot dunyosi kiradi. Tabiat resurslari tugaydigan (koʻptina foydali qazilmalar), tugamaydigan (suv, havo, Quyosh nuri, Yerning ichki energiyasi) va tiklanadigan (biologik elementlar, ayrim foydali qazilmalar) boyliklarga boʻlinadi. Tabiiy xom ashyolarni koʻp darajada isteʼmol qiluvchi kuchlarning jadal rivojlanishiga bogʻliq ravishda Tabiat resurslari bilan taʼminlash muammolari yanada dolzarblashib bormokda. Tuproq, atmosfera va gidrosferaning ifloslanishiga qarshi kurashishda jahonning barcha mamlakatlari kelishib faoliyat yuritishlari zarur boʻlib, Tabiat resurslari muhofazasi global xarakterna ega boʻlmoqda. Tabiat resurslarini oʻzlashtirishning muhim bosqichlari — ularni aniqlash (razvedka qilish), oʻrganish, alohida turlari boʻyicha kadastrlar (mas., yer kadastroʻ, suv kadastroʻ) tuzishdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasida Tabiat resurslari kadastrlarini tuzish va yuritish Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" qonuni (2000 y. 15 dek.)ga muvofiq olib boriladi.
Tabiat resurslarini baholashning ilmiy asoslangan 3 tipi mavjud: texnologik, iktisodiy, ijtimoiy. Tabiat resurslarini toʻgʻri baholash ulardan foydalanishda eng yuqori samaralarga erishishning muhim sharti hisoblanadi. Inson tafakkuri oʻsishi bilan bogʻliq holda Tabiat resurslari turlari ham kengayib bormokda, bunda eng zamonaviy texnik vositalardan foydalaniladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotni rivojlanib borishi bilan tugaydigan Tabiat resurslari oʻrnini bosuvchi yangi sunʼiy materiallar ishlab chiqarilmoqsa, Dunyo okeani boyliklari oʻzlashtirilmoqsa. Ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning rivojlanishi yoʻlida Tabiat resurslaridan samarali foydalanish va tabiatda ekologik muvozanatni taʼminlab turuvchi yangi sifatli texnologiyalarni yaratish talab etilmokda. Xom ashyo va energiya manbalaridan rejali tarzda foydalanish uni uzoq muddatga yetishini taʼminlaydi

Download 74.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling