Tabiatdan foydalanishning ekologik samaradorligi Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi Iqtisodiy-ekologik barqaror rivijlanish


Download 24.11 Kb.
bet1/4
Sana17.12.2022
Hajmi24.11 Kb.
#1025085
  1   2   3   4
Bog'liq
atrof muhit


Reja:



  1. Tabiatdan foydalanishning ekologik samaradorligi

  2. Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi

  3. Iqtisodiy-ekologik barqaror rivijlanish

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati



Tabiatdan foydalanishning ekologik va iqtisodiy samaradorligi
Tabiatdan foydalanishning ekologik (tabiiy) va iqtisodiy samaradorligi o`zaro bog`liq va bir-birlarini taqozo etishi bilan tavsiflanadi. Tabiatda komponentlar orasida o`zaro barqaror muvozanat mavjud bo`lsa, noxush tabiiy va antropogen jarayonlar rivojlanishi muntazam boshqarilsa, resurslardan foydalanish oqilona amalga oshirilsa, tiklanadigan boyliklarni ularning foydalanish darajasiga qarab sun`iy ravishda tiklash ishlari maromida bajarilsa, umuman olganda, tabiatni muxofaza qilish va boyliklardan foydalanish ilmiy asosda boshqariladigan tabiat majmualarida amalga oshirilsa, ekologik samaradorlikka erishiladi.
Ekologik samaradorlik. U tabiatdan foydalanish jarayonida bir qator tabiiy va antropogen omillarning faoliyatiga bog`liq. Bu omillar tabiiy muxitning optimal vaziyatda rivojlanishiga ta`sir etishi bilan bog`liq yoki tabiiy majmualar qanchalik ilmiy asoslangan tarzda barqaror boshqarilsa, ular shunchalik yuqori darajada ekologik samaradorlikka ega bo`ladi va aksincha.
Ekologik samaradorlikni ta`minlovchi tabiiy omillardan biri - tabiiy muvozanatdir. Ekologik muvozanat mavjud bo`lgan tabiiy majmua (landshaft, geotizim), uning tuzilmali dinamik xolati me`yoridaligi komponentlar orasida o`zaro bog`liqlik va ta`sir tabiiy muvozanat xoldaligi, resurslar maxsuldorligining yuqoriligi, tabiiy muxit ifloslanmaganligidan darak beradi. Darvoqe, mazkur tabiiy majmua yuqori darajada samaradorlikda tabiat va jamiyat tizimida faoliyat ko`rsatmoqda, deb baxolash mumkin.
Ekologik muvozanat barqaror bo`lgan xududda atrof-muxitni ifloslantiruvchi manbalar (sanoat korxonalari, transport, qishloq xo`jalik korxonalari va b.) ta`siri sezilmasligi mumkin, agar uzoqda joylashgan bo`lsa yoki ulardan texnogen chiqindi chiqarish xajmi me`yordan ortmasa, binobarin, ma`lum tadbirlar majmuasi muntazam qo`llanib borilsa, bu atrof-muxitni salbiy o`zgarishlardan muxofaza qiladi.
Ekologik samaradorlik tabiiy muxitda turli darajada mavjud bo`ladi, bu aniq xududning tabiiy sharoiti va resurslarining xususiyatlari bilan bog`liq. Tabiiy majmualarning ekologik samaradorligini quyidagi ballar asosida ko`rsatishni taklif qilish mumkin, masalan: samara yo`q - 0 ball, past samara - 1-3 ball, o`rtacha - 6 ball, yuqori –7-9 ball, eng yuqori-10-12 ball.
Nol ball, odatda, foydalanilmaydigan xududlar uchun xos, masalan kuchli parchalangan relyef shakllari (bedlend), barxanlar, sho`rxoklar, tub jinslar ochilib qolgan tog` yonbag`irlari, sho`r bilan qoplangan botiqlar va boshqalarni ko`rsatish mumkin.
Past samara 1-3 ball tabiat majmuasning faqat bir komponenti resursidan foydalanish imkoni bor, lekin u xam kambag`alligi bilan ajralib turadi. Masalan, strukturali balandlik va platolarning yaylovlari (gektariga 0,5-1 s.), Orol dengizining qurigan qismi yaylovlari (gektariga 0-0,5 s.) va boshq. Agarda yaylovlar degradatsiyaga berilsa, mavjud samaradorlik yanada kamayadi va nol ballga tushishi mumkin
O`rtacha ekologik samara - -6 ball - tabiiy majmuaning ikki komponenti resurslaridan foydalanish imkoni mavjud: yaylov va tuproq. Amudaryoning cho`llashishga berilgan Orolbo`yi del`tasi asosan yaylov sifatida foydalanilmoqda, lekin suv ko`p bo`lgan yillari qulay yerlarda kichik maydonlarda dexqonchilik bilan xam shug`ullaniladi.
Sug`oriladigan yerlar yuqori ekologik samara - 7-9-ballga ega,chunki sug`orma yerlarning maxsulot yetkazib berish darajasi dehqonchilikda eng katta ko`rsatkichga mansub. Bu xususiyat, ayniqsa, meliorativ sharoitlari qulay va tuproq unumdorligi yuqori bo`lgan yerlarda yanada yaqqolroq seziladi.
Eng yuqori ekologik samaradorlik - 10-12 ball - sug`orma yerlarda rekreatsiya tizimlari rivojlantirilgan bo`lsa yoki maxsuldor yaylov zonasida mavjud bo`lgan rekreatsiya boyliklaridan samarali foydalanilayotgan xududlarni misol sifatida ko`rsatish mumkin. Bu borada Chirchiq va Qashqadaryoning o`rta va yuqori oqimlaridagi tabiat majmualarini eng yuqori samaraga ega deb xisoblash mumkin



Download 24.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling