Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari
Download 20.8 Kb.
|
Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari
“Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari” 12-Bilet
1.Geografik qobiqdagi tutash yuzalar. 2.Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari. 3.Fan-texnika inqilobi va uning tabiatdagi o’zgarisharga ta’siri. 1. Geoqobiqlar va ularning ayrim qismlari (qatlamlar,havo va suv massalari) turli xil holatdagi tarkibidagi moddalardan tuzilganligi uchun ular orasida chegara albatta bo’ladi. Geoqobiqlar (geosferalar) o’rtasidagi chegaralarni tutash yuzalar deb atash qabul qilingan. Tutash yuzalar asosan oraliq qatamlardan modda va issiqlik oqimi o’zgaradi va oraliq jarayonlar sodir bo’ladi. Bunday oraliq jarayonlar qattiq jismar yuzasi oralig’ida ro’y beradi. Masalan, maydalangan qattiq jinslarni o’z-o’zidan yonib ketishi (un, shakar, ko’mir maydasi) va ayrim hollarda portlab ketishi. Ko’proq ulkan jarayonlar emas, balki keng tarqagan jarayonlar sodir bo’ladi. Tutash yuzalarda maydalangan moddalar bo’lsa, moddalarning eritilishi va reaksiyaga kirish qobiliyati keskin ortib ketadi. Demak, tutash yuzalar geografik qobiqdagi eng fao yuzalar bo’lib, ularda almashinish, eritish va issiqlik ajratish reaksiyalari kuchayib ketadi. Geografik qobiqda tutash yuzalar juda ko’p va xilma-xildir va ularda hayot turli sur’atlarda kechadi.Eng faol tutash yuzalarga geografik qobiqda quyidagilar kiradi: qirg’oqlar (sohillar), atmosfera va ocean frontlari, muz va muz atrofi, Yer yuzasi. Qirg’oq (sohil) zonasi o’simlik va hayvonlarga juda boy bo’ladi. Qirg’oq zonasi gidrosfera, atmosfera va litosferaning o’zaro ta’sir zonasi joylashgan. Bu yerda to’lqinlar ta’sirida qirg’oqlar yemiriladi, tog’ jinslari maydalanib qum va shag’alga ayalanadi va ularning to’planishi natijasida qum tepalari, yoyilmalari hosil bo’ladi. Qirg’oqlarda suvlarning qalqishi ro’y beradi, buning natijasida Yerning tezligi juda oz bo’lsada kamayib boradi. Atmosfera va ocean frontlarida esa havo va suv massalarining aralashishi, ularni ko’tarilishi va pasayishi ro’y beradi. Suv massalarining tutash qismlarida o’simlik va hayvonot dunyosi xilma xil bo’lad, atmosfera frontlarida ko’pincha yomg’ir yog’adi, tuproq va o’simlik zonalari tutashgan joyda o’simlik va hayvonot dunyosi tez rivojlanadi. Okeanlarda va dengizlarda muz atrofi bilan muz chekkalari o’rtasidagi joyar ham faol tutash yuza lar qatoriga kiradi. Bu yerlarda ham hayot tez sur’atlar bilan rivojlanadi. Eng muhim tutash yuza bo’lib, Quyosh nurlari bilan yer yuzasining o’zaro ta’sir yuzasi hisoblanadi. Demak, yuzalar geografik qobiq tuzilishining muhim xususiyatlari hisoblanadi. 2. Geografik qobiqning umumiy qonuniyatlari. Geografik qobiq rivojanishi va tabiat komplekslarining tabaqalanishida o’ziga xos qonuniyatlar mavjud. Ular Yerning umumiy geografik qonuniyatlari deb ataladi.Bu qonuniyatlar bilan insonga tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof- muhitni muhofaza qilish va unga zarar yetkazmaslik, ekologik muvozanatni buzmaslik choralarini ko’rish imkonini beradi. Bir butunlik, modda va energiyaning tabiatda aylanib yurishi, davriy yoki ritmik hodisalar, geografik zonallik va balandlik mintaqalanishi(hududiylik) geografik qobiqning umumiy qonuniyatlaridir. Bular geografik qobiq rivojlanish qonuniyatarini namoyon qiladi. Geografik qobiqning bir butunligi. Bir butunlik barcha tabiiy-hududiy komplekslarga taalluqli. Hududiy komplekslar katta yoki kichik bo’lishidan qat’i nazar uch holatdagi (qattiq, suyuq,gazsimon) moddalarning aylanma harakati ularning bir butunligini ta’minlaydi va uzluksiz rivojlantiradi.Geografik qobiqning har bir kompanenti- relief, iqlim,suv, tuproq, o’simlik, hayvonot dunyosi o’z qonuniyatlari asosida rivojlanadi va shaklanadi. Geografik qobiqda modda almashinuvi. Geografik qobiqda to’rtta strukturada ya’ni atmosfera, litosfera,gidrosfera, va biosferalarda modda va energiya almashinuvi ikkita –gorizanta va vertical yo’nalishda kuzatiladi. Geografik qobiqda ritmiklik. Tabiatda vaqt o’tishi bian bir xil hodisalarning takrorlanib turishi ritmiklik deb ataladi.Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida bir marta to’liq aylanib yurishi sutkalik, fasliy yoki yillk ritmlarga sabab bo’ladi. Geografik zonallik. Geografik komponentlar va tabiat komplekslarining ekvatordan qutblar tomon tog’larda balandlik tomon qonuniy ravishda o’zgarib borishi zonallik deyiladi 3. Jahonda bir necha mln kishi ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanadi. AQSH, Yaponiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya ulkan ilmiy salohiyatga ega bo’lgan mamlakatlar hisoblanadi.Shular ichida AQSH juda katta ilmiy salohiyatga egaligi bilan keskin ajralib turadi. Mazkur mamlaktda 3,0 mln.ga yaqin yoki ahoining har 10 mingtasiga hisoblaganda 117 kishi ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga (ITTKI) ajratilgan xarajatlarning hajmi bo’yicha (140 mlrd.dollar atrofida) AQSH dunyoda birinchi o’rinni egallaydi. AQSH va Yevropa Ittifoqining yetakchi mamlakatlarida ITTKIga ajratilgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 1,5-3,0 foizini tashkil etadi. Rivojanayotan mamlakatlarda ushbu ko’rsatkich o’rtacha 0,4 foizdan oshmaydi.Aholi jon boshiga hisoblaganda ITTKI xarajatlari o’rtacha rivojlangan mamlakatlarda esa atigi 1 dollarga rivojlangan mamlakatlarda esa atigi 1 dollarga teng. Hozirgi fan texnika inqilob, to’rt asosiy jihat bilan ifodalanadi. Shulardan birinchisi, FTI ning keng qamrovliligidir. U jami sohalar va tarmoqlarning , turmush tarsi, madaniyat , insonlar ruhiyatining keskin o’zgarishiga, yangilanishiga olib kelmoqda. Bugungi FTI ning belgisi bo’lib, kosmik kema va atom elektrostansiyasi, reaktiv samoyot va boshqa juda ko’p turdagi buyumlar xizmat qilishi mumkin. FTI jahondagi barcha mamlakatlar va yerning jami geografik qobiqlariga hamda kosmik fazoga ta’sir ko’rsatmoqda. Download 20.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling