Tabiatga munosabat qog`ozda emas, yurakda bo’lishi lozim!


Download 23.87 Kb.
bet1/2
Sana02.05.2023
Hajmi23.87 Kb.
#1422997
  1   2
Bog'liq
Tabiatga munosabat qog`ozda emas, yurakda bo’lishi lozim!


Tabiatga munosabat qog`ozda emas, yurakda bo’lishi lozim!
Ekologik madaniyat nima? Bu atrof-muhit to’g`risid chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg`usiga ega bo’lish, o’simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g`amxo’rlik ko’rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko’paytirish borasida qayg`urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko’rsatkichidir. Iste’moldan ortiqcha suv jo’mraklardan oqishiga yo’l qo’ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to’kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, hayvonlarga g`amxo’rlik qilish, qushlarni parvarishlash kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatning eng oddiy ko’rinishlari sanaladi. Bu muammolar bir qaraganda juda jo’n bo’lib ko’rinishi mumkin, aslida esa muammolarning boshlanishi ana shunday biz e’tibor qaratmaydigan "mayda” muammolardan kelib chiqadi.
Tabiat va inson o’rtasidagi munosabat ma’lum bir qonunlar orqali boshqariladi. Ularga rioya qilmaslik ertami, kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Bu muammo o’zining insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo’lgan fojiali oqibatlari jihatidan yadro urushi halokatidan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Inson tabiatning bir bo’lagi bo’lgan holda, u bilan munosabat orqali ekologik madaniyat shakllana borishi tufayli tabiatni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solishda uni boshqarish uchun tabiat qonunlarini kashf qilib kelgan. Ammo inson o’zining tabiatga ta’siri orqali undagi muvozanatni buzdi va tabiat hodisalarining davriy ketma-ketligini izdan chiqardi.
Xalqimizda "Buloq suvi qurimaguncha inson uning qadriga yetmaydi” degan ibratli maqol bor. Darhaqiqat, necha asrlar davomida inson o’zining taraqqiyoti jarayoni bilan birga ekologiya inqirozi jarayonini tezlashtirdi.
Qadim davrlarda ham ajdodlarimiz inson salomatligi, kayfiyati va barcha hayotiy jarayonlarning ob-havo va boshqa tabiiy hodislarga bog`liqligini yaxshi bilganlar. Inson salomatligiga tabiiy iqlim sofligining ta’siri haqida dastlabki yozma manbalar eramizdan avval paydo bo’lgan. Masalan, Hindistonda bundan 4000 yil avval quyosh nuri, momaqaldiroq va yomg`irlar tufayli o’simliklar shifobaxsh xususiyatga ega bo’lishi haqida yozib qoldirilgan. Qadimgi Yunon tib olimi Gippokrat o’zining "Aforizmlar” asarida odam organizmi yil mavsumlariga qarab turlicha bo’lishini yozib qoldirgan. Shu jumladan sharq allomalaridan Abu Ali Ibn Sino "Agar chang va g`ubor bo’lmaganida edi, inson ming yil yashagan bo’lar edi” degan edi.
Zardushtiylarning "Avesto” kitobida, sharq mutafakkirlari Farobiy, Beruniy asarlarida va umuman sharq falsafasida to’rt unsur-suv, havo, tuproq va olov muqaddas hisoblanganligi haqida aytib o’tilgan.
Agar e’tibor bersangiz, aksariyat jonivorlar faqat bir kunlik yegulik topish bilan cheklanadi. Ertaga yoki bir haftadan keyin iste’mol qilish uchun zaxira to’plash ular uchun mutlaqo yot. Har kuni ko’rganimiz qushlarga nazar solsak, ularning birortasi, masalan, kechqurun yeyish uchun don g`amlab qo’yganini ko’rmaganmiz. Odamlar-chi? Tabiatdan shuncha rizq –nasiba olayotgan, uning boyliklarini beminnat o’zlashtirayotgan shu odamlarning hammasi ham Ona tabiatni sevadimi, unga ehtiyotkorona munosabatda bo’ladimi?!

Afsuski, tug`ib voyaga yetkazgan onasini hurmat qilmaydigan, uning yuziga oyoq bosishdan toymaydigan nobakor farzandlar bo’lgani kabi, tabiatdan faqat olishga, uning boyliklarini behisob o’zlashtirishgagina o’rgangan kimsalar ham oramizda ko’pchilikni tashkil etadi. Bu xil kishilar nazarida tabiatning boyliklari hech qachon tugamaydi. Uni parvarish qilish, asrab-avaylash, unga g`amxo’rlik ko’rsatish ham shart emas.


Bugun yer yuzida murakkab ekologik muammolar paydo bo’lmoqdaki, ular nafaqat ayrim davlatlar balki, butun insoniyatning kelgusi hayotini, mavjudiyat tirikligini xavf ostida qoldirmoqda. Bu kabi muammolar sirasiga atmosfera ozon qatlamining yemirilishi, chuchuk suv zahiralarining kamayishi, "abadiy” muzliklarning eriyotgani, jahon okeanining va kosmik fazoning ifloslanishi, dunyo "Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob o’simlik va hayvonlarning keskin kamayib borayotgani va boshqa ko’plab holatlarni kiritish mumkin. 
Ekologik muammolar – tabiat ilmini bilmasdan, uning qonuniyatlariga zo’ravonlik bilan aralashish oqibatida kelib chiqadi. Suvdek noyob tabiiy boylikdan tejamli foydalanish o’rniga uni isrof etish, kuchli zilzilalar bo’ladigan seysmik hududlarda ulkan to’g`onlar, elektrostansiyalar qurishga zo’r berish, daryo va soylar o’zanini boshqa tomonlarga burish singari puxta o’ylamay amalga oshiriladigan ishlar, albatta, tabiat muvozanatini buzib yuboradi. 
Bugun mamlakatimiz mintaqaviy va xalqaro ahamiyat kasb etgan va etayotgan har qanday ekologik muammoga o’z munosabatini bildirmoqda. Avvalo, tabiatni muhofaza qilishning qonuniy asoslarini mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz qonunchiligida mustahkamlangan muhim vazifalarni bajarishda nafaqat davlat tashkilotlari, balki ko’plab jamoatchilik tashkilotlari ham faol jalb etilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Ekologik harakatiga Oliy Majlis qonunchilik palatasidan 15 ta deputatlik o’rnining ajratilishi mazkur jamoatchilik harakati olib borayotgan faoliyatni har tomonlama qo’llab-quvvatlashning amaldagi ko’rinishi bo’ldi. Biroq ushbu harakatning faoliyatini xalqimizga yaqinlashtirish lozim.Toki ekoharakat faoliyati har bir fuqaro uchun mavhum bo’lmasin. Bugun ushbu Harakat xalq bilan, insonlar bilan muloqotga kirishishi, vujudga kelishi kuzatilayotgan ekologik vaziyatlardan tez va aniq xabardor bo’lishi zarur. 

Download 23.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling