Tabiatni muhofaza qilish aspektlari


Download 54.14 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi54.14 Kb.
#213394
  1   2
Bog'liq
eko


Tabiatni muhofaza qilish aspektlari

Tabiatni muhofaza qilish aspektlari uzoq vaqt davomida tabiatni muhofaza qilish moddiy farovonlik to’gMsida g'amxo'rlik qilishdangina iborat bolib qolgan bo'lsa, endilikda tabiatni muhofaza qilish deganda keng va xilma-xil masalalar ko'zda tutilmoqda. Tabiatni muhofaza qilishning bir necha aspektlari bor:



  1.  Iqtisodiy,

  2. Sog'lomlashtirish – gigiena

  3.  Tarbiyaviy

  4. . Estetik

  5. Ilmiy aspektlar

IQTISODIY ASPEKT - o'tmishda ham hozirgi vaqtda ham tabiatni muhofaza qilishning asosiy masalalaridir.Agar kishilar o'z hayotlarida tabiiy resurslarsiz yashay olganlarida edi, ularni muhofaza qilish hamda ratsional foydalanish to"g'risida bosh qotirishi shart emas edi. Hozirgi vaqtda turli xil tabiiy boyliklar, o'similk va hayvon resurslari, chuchuk suv, unumdor tuproq, mineral foydali qazilmalar va boshqalarga bo’lgan ehtiyoj tobora ortib borayotganligidan tabiatni muhofaza qilishning iqtisodiy aspektlari ham katta ahamiyat kasb etmoqda.

SOGLOMLASHTIRISH-GIGIENA ASPEKTI- tevarak atrofdagi muhitning kuchli ifloslanishi va meditsina fanining taraqqiy etishi munosabai bilan yaqin vaqtlardagina paydo bo'ldi. Tevarak atrofdagi muhitni toza holda saqlamasdan turib, kishilarning sog'ligi to'g'risida gamxo'rlik qilib bo'lmaydi. Toza havo, suv va tabiatdan bevosita olinadigan oziq- ovqat mahsulotlari kishilarning hayoti uchun zaruriy shartlardir. Xilma xil sanoat va qishloq xo'jalik chiqindilari, atom-vodorod qurollarining sinalishi natijasida muhitning ifloslanishi va zaharlanishi plenetamizning barcha kishilarini tashvishga solib qo'ydi. Fan texnika taraqqiyoti sharoitida bu aspekt juda muhimdir.

TARBIYAVIY ASPEKT - tabiatni muhofaza qilishda katta o'rin tutishi kerak. Kishilarni tevarak atrofdagi dunyoni ehtiyot qilishga o'rgatish zarur. Haqiqatdan ham kishi tabiat bilan bevosita munosabatda bo’lganda oliyjanob va xushfel bo'lib boradi Barcha tirik organizmlarga o’simlik va hayvonlarga daryo suvlarining beto'xtov oqib turishiga, moviy dengiz suviga va tabiatdagi barcha ajoyibotlarga mahliyo bo'lish, ularni sevish va extiyot qilish, yosh avlodlarning eng yaxshi xislati bo'lmog'i kerak.

ESTETIK ASPEKT - kishilar har doim tabiatning go'zalligiga, chiroyli daraxtlar va hayvonlar, ajoyib sharsharalar, go'zal tog'lar, kishilarni maftun qiladigan yer osti g'orlarini ko’rib tabiatga maxliyo bo'lgan va sevgan. Kishi go'zallikka chanqoq. Tabiat bilan munosabatda paydo bolgan tuyg'ular, ilxomlanish, kishilarni ajoyib muzika asarlari va she'rlar yozishga va suratlar chizishga otlantirgan.

ILMIY ASPEKT - ko’pgina fan tarmoqlarining taraqqiy etishida katta ahamiyatga ega. Buning uchun ana shu yerda uchraydigan organizmlarni saqlab qolish zarur. Bularning hammasi tabiiy muhitga inson tomonidan qilinadigan o’zgarishlar qonuniyatlarini aniqlab olish va prognoz qilish hamda tabiatni muhofaza qilish bo'yicha choralar ishlab chiqish uchun zarurdir.

2.Litosfera grek tilida «tosh o’ram» ma’nosini anglatadi. Yerning qattiq holatdagi tosh o’ramining qalinligi okean tubida 5-7 km, quruqlikda 30-40 km va tog’li o’lkalarda 70-80 kmgacha boradi, u cho’kindi, metamorfik va magmatik tog’ jinslaridan tashkil topgan. Yer sathida, asosan, cho’kindi tog’ jinslari tarqalgan bo’lib, ularning qalinligi 20 km gacha, okean tublarida esa bir necha yuz metrga etadi. Ular tarkibi bo’yicha chaqiq. kimyoviy va organik chuqindilardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Chuqindilarning ostida 10-40 kmqalinlikdagi granit qobig’i joylashgan bo’ladi, okean tubida ular uchramaydi. Granit va okean chuqindilari kobig’i ostida bazal’t qobig’i joylashgandir. Uning qalinligi okean tubida 5-7 km va quruqlikda 20-30 km ga boradi.

Yerning tosh urami satxining tashqi tuzilishiga rel’ef deyiladi. Rel’efning shakllanishi uning yoshini, morfologik tuzilishini, o’zgarishi va tarqalishi konuniyatlarini gemorfologiya fanini o’rganadi. Yer sathining tuzilishi, tarixiy taraqqiyoti, unda hayotning rivojlanishi asosan yerning ichki qismida vujudga keladigan tektonik jarayonlarga va iklimga bog’likdir. Erning muz k.oplamagan kuruklik satxdo 133,4 mln km- bulib, uning 55,7 mln km2 i tropik, 24,3 mln G’sh2i subtropik, 22,5 mln km1 i mu’tadil, 21,2 mln km2 i qutb mintaqalariga tug’ri keladi. Quruqlikning 10-11% i dehqonchilikda va 20% i yaylovlar o’rnida ishlatiladi. Dunyo aholisi jon boshiga 0,4 gektar dehqonchilik qiladigan er tug’ri keladi. Yer tekis, namlik va harorati yetarli bo’lgan gil, tog’ jinslaridan tashkil topgan bo’lsa, u yerda o’simlik, g’asharotlar va mikroorganik qoldiq chiqindilariga boyib, tuproq qatlamining hosil bo’lishi tezlashadi. Tuproq qatlamining qalinligi taxminan 1-3 metr bo’lib, u A, V, S qavatlardan iborat bo’ladi. Yuqorida joylashgan chirindiga boy bo’lgan eng unumdor qismi A-gumusli qavat hisoblanadi. Uning ostida tepadan yuvilib tushgan karbonat tuzli Villyuvial qavat joylashgan bo’lib, 1,5-2 metr chuqurlikgacha kam o’zgargan eng quyida S-ona jinsli kabat yotadi. Tuproq. turlari qutblardan ekvatogga hamda tekisliklardan tog’larga qarab iqlim uzgarishi bilan qonuniy ravishda o’zgarib boradi. Mo’tadil mintaqaning yillik yog’ingarchiligi 500-600 mm bo’lgan o’rmon cho’llarida chirindi(gumus) ga boy (10 % gacha) eng unumdor, ko’ng’ir, qora tuproqlar tarqalgan. Markaziy Osiyoning dasht va yarim dashtlarida o’simliklarning tabiiy sharoitda rivojlanishi uchun namlik etish-maganligi sababli, kam (1-2 %) gumusli kul rang, buz tuproqlar tarqalgan. Geologik zamin, rel’ef va iqlimning o’zgarishiga qarab, har erning o’ziga xos tuproqlari, o’simlik turlari va hayvonot dunyosi rivojlanadi.

Insoniyatning dehqonchilik va qurilish faoliyatlari bilan shug’ullanishi natijasida tabiiy landshafti uzgargan xududlar maydoni yildan-yilga oshib bormokda. Hozirgi vaqtda quruqlikning 10-11% i xaydab dehqonchilik qilinadigan va 2% i ҳar xil inshootlar qurib band qilingan madaniy landshaftlarga aylantirilgan. yevropada bu nisbat 30-10%ni, Osiyoda 21-2%ni, Avstraliyada 5-2%ni tashkil qilsa, O’zbekistonda 12,5-6,5%ni tashkil qiladi. Quruqlikning 0,3%iga shaharlar joylashgan. Shaharlar maydoni Germaniya hududining 10%ini, Buyuk Britaniyaning 12%ini, O’zbekistonning 2,2 %ini egallaydi.

Litosfera sathidan insoniyatning yashashi uchun zarur bo’lgan qishloq xo’jalik mahsulotlari (inshootlar qurishda foydalanishdan tashqari) va qazilma boyliklar qazib olishda foydalaniladi. Ochiq usulda qaziladigan konlarning chuqurligi 800 metrga, yopiq usulda qaziladigan konlarning chuqurligi esa 3-4 km ga etadi. BMT ning ma’lumotiga kura, 1972 yilda dunyo bo’yicha 3231100 ming tonna ko’mir, 2646290 ming tonna neft’, 600200 ming tonna temir rudasi, 75180 ming tonna boksit, 3660 ming tonna xrom rudasi, 7300 ming tonna mis, 3350 ming tonna qo’rg’oshin rudasi, 5430 ming tonna rux rudasi, 159200 ming tonna tuz, 118500 ming tonna fosforit va boshqalar qazib olingan. Yirik metallurgiya sanoat korxonalari atrofida landshaftlarning o’zgarishi, o’simliklarning qurib dashtga aylanishi yuz bergan, Evropada birinchi marta kalmiklar erida 500 ming gektarli


dasht paydo bo’lgan(u xar yili 50 ming gektarga kengayib bormokda). Mutaxassislarning fikricha, XXI asrda quruqlikning 1G’6 qismi kon, yo’l va har xil inshootlar bilan band bo’ladi. Aholi sonining oshib borishi, qurilishlarning kengaiishi dehqonchilikka yaroqli yerlarning kamayishiga sabab bo’lmoqda. Mutaxassislarning fikricha, XXI asrda erlarning unumdorligini 3,5-4% ga oshirilmasa, sayyoramizda yiliga 200 mln tonna don etishmovchiligi holati yuz berishi mumkin.

Yer nazariy - farzaiy jihatdan uch asosiy qismga bo‘lib o‘rganiladi: Qobiq, Mantiya va Yadro.

Yer qobig‘i qalinligi, okean chuqurliklariga nisbatan, 5-10 kilometr, tekisliklarda esa, 35 - 45 km, tog‘li hududlardan esa 70 kilometr va undan yuqori masofada o‘zgaradi. Umuman olganda esa, yer qobig‘ini o‘rtacha 33 kilometr qalinlikdagi bir jinsli qatlam sifatida, shartli ravishda tasavvur qilinadi.

Qobiqdagi tog‘ jinslari harorati o‘rtacha har 33 metrda 1 ºC ga ko‘tariladi.

Qobiq qatlamida bir birini almashtirib takrorlanuvchi (qum, tuproq, gil, ohaktosh kabi) cho‘kindi jinslar qavati hamda, granit va bazaltdan iborat magmatik qavatlar mavjud. Cho‘kindi jinslar asosan organik moddalarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, ularning ko‘pchiligi foydali qazilmalar sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Cho‘kindi jinslar qavatidan keyin granit qatlami mavjud bo‘lib, u yer qobig‘ida magmaning yuqori bosim va haroratda otilib chiqishi va sovub, qattiq holatga o‘tishi tufayli vujudga kelgan. Granitdan keyin bazalt qatlami mavjud bo‘lib, u granitdan ko‘ra og‘irriq va unda temir, kaltsiy va magniy moddalari ko‘proq.

Qobiqdan keyin, 33-29000 kilometr chuqurlik intervallarida Mantiya joylashgan. Mantiya Temir, Magniy va Qo‘rg‘oshindan ekanligi va o‘rtacha harorati 2000 ºC atrofidaligi taxmin qilinadi. Yer qobig‘i va mantiyasining yuqori qismi o‘zaro birgalikda yer litosferasini tashkil qiladi. Litosfera bir necha ulkan litosferik plitalardan iborat bo‘lib ular doimo bir biriga nisbatan harakatda bo‘ladi. Aynan shu litosferik plitalar chegaralari bo‘ylab zilzilalarning nisbatan ko‘p o‘choqlari paydo bo‘ladi. Mantiya va qobiq chegarasi - «Moxrovich yuzasi» deb ataladi va unda seyesmik to‘lqinlar tarqalish tezligi keskin sakrashlar bilan kuchayadi. Materiklardan 120-150 km, okeanlardan esa 60 - 400 km chuqurlikda «Atenosfera» deb nomlanuvchi qatlam joylashgan bo‘lib, bu qatlamdagi moddalar erish haroratiga yaqin va juda ham past qovushqoqlik xususiyatida ekanligini, va bu qatlam o‘zidan yuqorida joylashgan litosfera qatlamlarini o‘z sirti bo‘ylab sirpangan singari harakatga keltirishini soha mutaxassislari taxmin qiladilar.

Yerning markaziy qismini esa, 29000-6371 kilometrlik qatlamda yer Yadrosi joylashgan. Yadro ham o‘z navbatida ikki qismdan iborat deb taxmin qilinadi: Birinchi, tashqi qismi 2900 - 5000 kilometr qalinlikda bo‘lib, uning suyuq holda, ya'ni, erigan temir va uning aralashmaliridan iborat ekanligi, va ikkinchi - ichki yadro 5000 - 6731 kilometr qatlamda bo‘lib, qattiq qatlam deb faraz qilinadi. Yer yadrosining tuzilishi va fizik xususiyatlari hali to‘liq o‘rganib chiqilmagan.

Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy rol o‘ynaydi.

Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yol bilan - chaqmoq chaqish, o‘t-o‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol harakati, biosferada uzliksiz boradigan cherish (osimlik va hayvonot qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna chang-tozonlarni havoga chiqarib yuboradi.

Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida suniy omillar (antropogen jarayon) eng kop qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3 qismi uning hissasiga togri keladi.

Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining osimlik va hayvonot dunyosi, kop asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar kormoqda. Xalqimiz orasida "Suv yetti yumalab toza boladi” degan tushuncha bor. Darhaqiqat, tabiat meyorida bolsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqa
rib kelayotgan is (CO) gazi fotosintez jarayoni tufayli osimliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib, tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarib tashlanayotgan iflosliklar songgi davrlarda shu darajada meyoridan oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat ozini-ozi tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bolib bormoqda.

Atrof-muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik (litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini ozlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xojaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar – turli metallar va ularning birikmalari, mineral ogitlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv moddalardir. Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bolgan chiqindi uyumlari sanitariya-gigiyena holatining yomonlashuviga olib kelmoqda.

Gidrosfera (daryolar, kollar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xojaligi va uy-rozgor, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qoshilishi natijasida ifloslanmoqda. Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda.

Bunday holatlar dunyoda aholi eng zich yashaydigan hududlar boylab oquvchi Reyn, Sena, Temza, Dunay, Dnepr, Volga, Don, Missisipi, Nil, Gang, Yanszi kabi daryolarning havzalarida kuzatilmoqda.

Dunyo okeani ham tobora ifloslanib borayapti. Uning ifloslanishi daryolardan qoshilayotgan notoza suvlar, sohillardan tashlanayotgan chiqindilar, kemalar harakati va halokati sababli tushayotgan neft mahsulotlari tufayli sodir bolmoqda. Hozirgi vaqtda Orta, Shimoliy, Boltiq, Qora, Azov, Karib, Yapon, Yava dengizlari, Biskayya, Fors, Meksika qoltiqlari eng kop isloflangan.

Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari chiqindilari tufayli ifloslanmoqda.

Kosmik kuzatishlar hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 1/3 qismi neft pardasi bilan qoplanganganligini korsatmoqda. Bu jahondagi eng katta ekologik muammolardan biri demakdir. Zero, neft pardasi okeaning quyosh nurlarini qabul qilib olishiga tosqinlik qiladi, suvning buglanishini va kislorod bilan toyinish imkoniyatini pasaytiradi, tirik organizmlar rivojlanishini susaytiradi. Neft bilan, ayniqsa, Atlantika okeani, Hind okeanining shimoliy qismlari eng kop iflos ifloslangan.

Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yonginlar tufayli ifloslanmoqda. Buning natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Atmosferada, ayniqsa, is gazi (CO), oltingugurt gazlari (SO2) salmogining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqara boshladi. Yadroviy ilmiy tadqiqotchi, mashhur olim Y.B.Xaritondan: "Dahshatli termoyadro qurollarining ishlab chiqarilishi va uning tarqalishi insoniyatni yoq qilib yuborish xavfini tugdirmaydimi?” – deb soraganlarida, u: "Sayyoramizga oxir-oqibat termoyadro qurollari emas, balki "issiqxona samarasi” katta xavf tugdiradi, yani iqlimning global miqyosda isib borishi Yerdagi hayot uchun haqiqiy talafot xavfini keltiradi”, - deb javob bergandi.

Darhaqiqat, atmosferaning is gazi, oltingugurtli, azotli, ftor-xloridli, fosforli, qorgoshin, simob, alyuminiy kabi metall birikmali turli aerozol gazlar bilan ifloslana borishi natijasida quyoshning isitish tartibi buzila boshladi. Oz navbatida, bu iqlimning ozgarib borishiga, sayyoramiz qutblari va baland toglardagi abadiy muzliklarning sekin-asta tugab borishiga olib kelishi mumkin.

Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni qoymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora kop chiqarib yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. "Ozon tuynugi” deb nomlangan ana shu holat dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari,


songgi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi.

Bunday muammolarning kelib chiqishi, asosan, jamiyat bilan tabiat ortasidagi munosabatlarning buzila borishi va atrof-muhitning ifloslanishi bilan bogliq. Demak, insoniyat oldida tabiatga "Siz” deb munosabatda bolish vazifasi turadi.

Atrof-muhitning ifloslanib borishi tabiatni muhofaza qilish yollarini izlash va bu murakkab muammolarni hal qilishga undaydi.

Atrof-muhitni himoya qilishning qator samarali yollari ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi – atrof-muhitni ifloslaydigan korxonalarda bunga yol bermaslik choralarini korishdir. Buning uchun turli chiqindilarni tozalovchi tizimlarni barpo etish, iflos yoqilgilarni ishlatishdan voz kechish, axlatlarni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, ishdan chiqqan yerlarni rekultivatsiya qilish kabi yollardan foydalanish lozim.

Ikkinchi yol – ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay oladigan yangi texnologik imkoniyatlardan keng foydalanish, chiqindisiz ishlaydigan ishlab chiqarish tizimlarini joriy qilishdir.

Uchinchi yol – aholi zich yashaydigan hududlarni "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlaridan xoli qilish. Atrof-muhitni eng kop ifloslaydigan sanoat tarmoqlari qatoriga issiqlik elektr energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, selluloza-qogoz, sement kabi sanoat tarmoqlari kiradi. Songgi davrlarda dunyoning kopchilik yetakchi induatrial mamlakatlarida bunday "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlarini iqtisodiy jihatdan kam ozlashtirilgan kimsasiz hududlarda joylashtirishga ahamiyat berilmoqda. Ana shunday tamoyillarga mustaqillik yillarida Ozbekistonda ham alohida ahamiyat berila boshlandi. Songgi yillarda bunyod etilgan Buxoro neftni qayta ishlash, Qongirot soda va Shortan gaz-kimyo sanoat markazlari keng yaydoq chol hududlarida joylashtirildi. Bu holat ekologik sharoitni yaxshilashga samarali xizmat qiladi.

Ekologik siyosat. Tabiiy resurslardan xojasizlarcha foydalanish, atrof-muhitning ifloslanib borishi biz yashayotgan, nafas olayotgan muhitni tobora betoblik girdobiga boshlamoqda. Bu, oz navbatida, jamiyat oldiga qarshi choralarni korishdek murakkab vazifalarni qoymoqda.

Ekologik siyosat – ekologiya fani talab va tavsiyalarini hosibga olgan holda, bizni orab turgan tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni soglomlashtirishga, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ularni boyitishga qaratilgan siyosatlar majmuasidir. Odatda, bunday siyosat davlat, regional va global doirada olib borilishi mumkin va ozida tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari (qonunlar)ni yaratish va ularga amal qilishni kozda tutadi.

Keyingi on yilda AQSH, Yaponiya, qator Yevropa Ittifoqi va MDH davlatlari, ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar murakkab ekologik holatni soglomlashtirishga qaratilgan zaruriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqdilar, qonunlar qabul qildilar va amaliyotda qollay boshladilar. Ularda ekologiyani soglomlashtirishga bel boglagan xalq harakati va partiyalar (masalan, "Yashillar”, "Grinpis” va boshqalar) faol ish olib bora boshladi. Natijada, otgan 80-yillar monaynida, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitning ifloslanish darajasi sekin-asta pasayib bordi. Bu ijobiy holatni aynan ana shunday harakatlarning natijasi, deb baholamoq kerak.

Shunga qaramay, kopchilik mamlakatlarda ekologik vaziyat hamon keskinligicha qolmoqda. Keng doirada amaliy natijalarga erishish uchun butun jahon doirasida kuchlarni birlashtirish zaruriyati mavjud. Shu maqsadda 1972-yilda Stokgolmda, 1975-yilda Xelsinkida, 1992-yilda Rio-de-Janeyroda, 1998-yilda Kiotoda atrof-muhit muhofazasiga oid yirik xalqaro anjumanlar bolib otdi va ularda muhim qarorlar qabul qilindi.

Litosfera yunoncha (qattiq tosh qobiq degan ma’noni anglatadi ). U o/z ichiga yer po’stini va yuqori mantiyani astenosferagacha bo’lgan qismini olib, taxminan 250-300km chuqurlikgacha davom etadi.

litosfera uzoq davom etgan geologik jarayonlar ta’sirida vujudga kelgan magmatik, chokindi, metamorfik jinslarning yig’indisidan tashkil topgan


1-a


2-d

3-a


4-c

5-d


6-b

7-a


8-d

9-a


10-d

11-a


12-c

13-b


14-d

15-a


16-c

17-a


18-2

19-e


20-a

21-a


22-a

23-c


24-b

25-a


26-g

27-g


28-b

29-d


30-d

4.



Download 54.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling