Tabiatni muhofaza qilish. Atmosferani asrash. Fan texnika taraqqiyoti. Ximiyalashtirish va inson salomatligi


EKOLOGIYA, EKOLOGIK HOLAT HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT


Download 26.31 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi26.31 Kb.
#227526
1   2   3
Bog'liq
7-maruza lot

EKOLOGIYA, EKOLOGIK HOLAT HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT

Ekologiya yunoncha «oikis» (joy, makon) hamda logos (ga’limot) degan

so‘zlardan kelib chiqqan bo‘lib, tirik organizmlarning tevarak atrofdagi

muhit bilan o‘zaro munosabati va qonuniyatlarini o‘rganadigan biologik

fandir. Hozirgi zamon ekologiyasi odam va biosfera o‘rtasidagi o‘zaro

munosabat masalalarini ham jadal o‘rganmoqda.

Ekologiya atamasini 1866 yilda nemis zoologi E.Gekkel taklifetgan. Qadimgi Gretsiya va Rim tabiatshunoslari asarlarida ham ekologiyato‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. 50-yillarda umumiy ekologiya

shakllandi. 60-70 yillarda ekologik tadqiqotlar butun dunyoda keng avj

oldi. Hozirgi kunda esa jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormokda.

Ekologiyaning xarakterli xususiyati butun biosferani qamraboluvchi jarayonlarni tadqiq etish hamda odam va biosfera o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashuvni sinchiklab o‘rganishdir. Ekologiyaning vazifalaridan biri atrof-muhitdagi turli xil odam organizmiga salbiy ta’sir etuvchi omillardan insonlarni saqlash, atrof-muxitni soglomlashtirish uchun kurashishdan hamda turli xil tabiiy ofatlardan saqlash va muxofaza qilishda ko‘maklashishdan iboratdir. Masalan, 2004 yil dekabr oyining oxirida janubiy va janubiy-sharqiy mamlakatlarda bo‘lib o‘tgai kuchli suv to‘foni o‘ndan ortiq davlatlarga katta fojealar keltirdi.

Natijada 230 000 nafardan ortiq insonlar xalok bo‘ldi. Ko‘rilgan

moddiy zarar bir necha o‘n milliard evroni tashkil etadi. 2005 yil 8 oktyabrda Pokistonning shnmolida yuz berib, u butun Osiyoni larzaga soldi. Bundan Pokiston, Afg‘oniston va boshqa qo‘shni davlatlar xam katta moddiy zarar kurib, 200000dan ortiq odamlarni yostig‘ini quritdi va 100000 lab insonlarning jaroxatlanishiga sabab bo‘ldi. SHuningdek,

1966Y. Toshkent, 1976, 1984 yil Gazli zizilalari, Fargona viloyatining

SHoqimardon soydagi sel ofatlari, Qamchiq dovonidagi qor ko‘chkilari,

Toshkent viloyati Angren vohasidagi er ko‘chkilari, 2003-2004 ynllarda

Respublikada 69 ta tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan..

Ko‘pchilik yirik ahamiyatli inshoatlarga ziyon etkazilishi va boshqalar

davlatlar manfaatiga, xalqlarning umriga zavol bo‘lishlikka, sog‘lig‘iga

iutur etkazishlikka olib keldi. Ayniqsa Tojikistondagi alyuminiy

zavodining chiqindilari atrofidagi tabiatga, insonlar sog‘lig‘iga katta

zararlar keltirmoqda. SHu munosabatlar bilan O‘zbekiston Respublikasining 2000 yilda qabul qilingai “Fuqaro muhofaza”si to‘g‘risidagi qonunning xalqimiz uchun valeologik ahamiyati ham nihoyatda kattadir. SHuningdek, atrof muhitning tobora radioaktiv ifloslanishi

sabalp radio-ekologiya fani kelib chikdi. Bu fan biosferada radioaktiv nzotoplarniig tarqalish yo‘llarini va radioaktivlikning ekosistemaga ga’sirini tekshiradi. Ma’lumki, radioaktivlik tufayli qon kasalligi (leykoz), rak kasalligini keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham ekologik sog‘lomlashtirishlik, ushbu kasalliklarni oldini olishlikda ekologik ahamiyati va yana boshqa bir’qancha misollar keltirish mumkin.

Ekologiyani o‘rganishda ekologik omillar hisobga olinadi. Ular asosan 3 ga bo‘linadi: 1. Biotik omillar. 2. Abiotik omillar va 3.Antropogen omillardir. Inson salomatligini saqlashda, valeologik nuqtai nazardan, ayniqsa antropogen omillarni o‘rganish masalalarining ahamiyati katta.


Download 26.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling