MOSLASHISHNING DARAJALARI
Moslashish turli darajalarda va ko‟rinishlarda namoyon bo‟ladi. Masalan
harorat omiliga moslashish molekulyar darajadan boshlab to biotsenotik
darajagacha kuzatilishi mumkin. Ko‟pchilik o‟simliklar ortiqcha qizib ketishdan
saqlanish uchun boshqa o‟simlik turining soyasida o‟sadi. Bu erda moslashish
biotsenotik darajada namoyon bo‟lmoqda. Asalarilarning uyalarini haddan tashqari
qizib ketganda qanotlarini qoqib uyani sovutishi jamoa darajasidagi moslashishga
misol bo‟ladi. Hayvonlarning ter bezlari orqali tanasini sovutishi yoki o‟simliklarni
transpiratsiya orqali barg yuzasini sovutishi kabilar organizm darajasidagi
moslanishlardir. Kuchli yorug‟lik ta‟sirida xloroplastlarning hujayra devori ostida
ma‟lum bir tartibda joy olishi hujayra darajasidagi, termofil mikroorganizmlarning
oqsillarini yuqori harorat ta‟siriga chidamliligi esa molekulyar darajadagi
moslashish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |