Tabiatni o’rganishga oid qarashlar tarixi
Tabiiy-ilmiy va gumanitar madaniyatlarning o‘zaro bog‘liqligi
Download 22.62 Kb.
|
Tabiatni o’rganishga oid qarashlar tarixi
Tabiiy-ilmiy va gumanitar madaniyatlarning o‘zaro bog‘liqligi
XX asr falsafasida erkinlik inson ma’naviy dunyosining asosi, hayotining mohiyati sifatida tushuniladi. Erkinlik inson burchining o‘z-o‘ziga, jamiyatga, millatga bo‘lgan yuksak mas’uliyati bilan birga yashaydi. Erkin, mustaqil fikrlovchi komil shaxsni tarbiyalash mamlakatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Madaniyat muammosiga sistema tizimi deb yondoshilsa, uning elementlariga “qadimgi davr madaniyati”, “o‘zbek madaniyati”, “ichki madaniyat”, “tashqi madaniyat”, “xuquqiy madaniyat”, “ekologik madaniyat” va h.k. kiradi. Madaniyatning turli tomonlarini turli fanlar o‘rganadi. Ayniqsa, gumanitar fanlarning ko‘p sohalari madaniyat nazariyasiga katta ahamiyat beradi. Gegel o‘z asarlarida fan va madaniy o‘zaro aloqasiga katta ahamiyat bergan. U fanning mantiqiy formasini madaniyat bilan tenglashtiradi. Fanning nazariy formasini ilmiy bilimlarning mazmunidan ajratib bo‘lmasligini ta’kidlaydi. Fan faqat bilimlar sistemasidan iborat bo‘lmay, insonning bilish faoliyati bilan bog‘liqlir. Fanlar ilmiy bilishning shakllaridir. Ular insonning borliqni bilishi, o‘rganishi va o‘zlashtirishning o‘ziga xos nazariy shakllari bo‘lib, o‘zlarida moddiy va ma’naviy omillarni birlashtiruvchi ko‘p qirrali ijtimoiy hodisadir. Fanlarning predmeti, keng ma’noda, insonni qurshab turgan borliq va uning shakllaridir. Inson va tabiat to‘g‘risidagi fanlarning madaniyat sistemasiga kirishi kerakmi yoki yo‘qmi, degan masalaga turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, madaniyatning simvolik kotsepsiyasi dunyoning yangi ma’nosi va mazmunini ochib beradi, uning mohiyati chuqurroq va umumiyroq qilib tushuntiriladi. Xulosa qilib aytganda, madaniyatni tahlil qilish hayotning barcha sohalari mazmunini ochib berish bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, fan va uning usullaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Madaniyat inson o‘z ma’naviyati, ruhiyati, aql-idroki va qo‘li bilan yaratgan sun’iy ramzilikdir. Madaniyat inson ijodi bilan birga yashaydi, uning faoliyati insonlashgan ruh sifatida borliqqa kirib boradi. Tabiiy-ilmiy va gumanitar madaniyatlarning o‘zaro bog‘liqligi quyidagilarda ko‘rinadi: ular bir asosga ega bo‘lib, bu asos inson va insoniyatning o‘z-o‘zini saqlashi va mukammalashuvi uchun kerak bo‘ladigan optimal sharoitlarni yaratishdagi talab va manfaatlari bi-lan belgilanadi; tabiiy-ilmiy va gumanitar madaniyatlarda erishilgan yutuqlar bilan o‘zaro almashish jarayoni sodir bo‘lib turadi. Masalan, tabiiyotshunoslik etikasi, gumanitar madaniyat-ning rasionalizatsiyalanishi va h.k.lar; tarixiy - madaniy jarayonni o‘zaro kuzatib borish; tabiiy-ilmiy va gumanitar madaniyatlar yagona sistema bo‘lgan fan bilimlarining mustaqil qismlaridir; tabiiy-ilmiy va gumanitar madaniyatlar inson uchun eng asosiy qadriyatlardir, chunki inson tabiat va jamiyatning birligini ifodalaydi. Tabiiy-ilmiy va gumanitar madaniyatlarning insoniy asosi XXI asrda birlamchi ahamiyat kasb etib qoladi. Xulosa Tabiat obʼyekti fazo va vaqtda mavjud modda, materiyadir. Ular cheksiz maʼlum narsalarning (elementar zarralar, antizarralar, qum, tosh, tuproq, suv, havo, jonsiz va jonli mavjudot, planetalar, yulduzlar, galaktikalar va boshqa samoviy jismlar, fizik maydonlar) majmuidan iboratdir. Bir vaqtlar (fanning soʻnggi maʼlumotlari boʻyicha bundan 20 milliard yil avval) bu jismlar boshqa koʻrinishda boʻlgan. Boʻlajak milliard yillarda u yana oʻzgarib boradi. Tabiat odamning, jamiyatning vatani. Odamning hayoti tabiatning, biosferaning uygʻun sharoitiga bogʻliq. Bu sharoit salbiy tomonga oʻzgartirilsa, odamning normal yashashiga putur yetkaziladi, ekologik muammolar paydo boʻladi. Ilmiy-texnika yutuqlaridan notoʻgʻri foydalanish — biosferaning buzilishiga olib keladi. Binobarin tabiatni puxta bilib, undan samarali foydalanish, unga toʻgʻri va oqilona munosabatda boʻlish lozim (qarang Tabiatni muhofaza qilish). Insonning tabiatga bunday munosabatda boʻlishida fan asosiy omil boʻlib kelmoqda. Yer va koinotda insonning faoliyati faollashmoqda. Koinotning uzoquzoq joylari (mas., metagalaktikalari)da, t yuz berayotgan hodisalarni kengroq va chuqurroq bilish tabiat haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi. Download 22.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling