Tabiatshunoslik darslarida o’quv qurollarining qanday turlaridan foydalaniladi?
Download 16.65 Kb.
|
Tabiatshunoslik 7 amaliy mashgulot 69faf06e09ff8550a24f004258e927bb
7-Amaliy mashg’ulot Savollar. Tabiatshunoslik darslarida o’quv qurollarining qanday turlaridan foydalaniladi? Tabiatshunoslikni o’qitish tirik o’simlik va hayvonlar ustida ko’rgazmali va amaliy metodlarni qo’llanish asosida mashg’ulotlar o’tkazishga imkon beradigan moddiy bazani tashkil etishni talab qiladi. Tabiatshunoslik xonasida jonli tabiat bo’yicha kerakli jihozlar mavjud bo’lishi kerak. Tabiiy ko’rgazmali qurollarga nimalar kiradi? Tabiatshunoslik fanida tabiy ko’rgazmali qurollar muhim ro’l o’ynaydi. Shunga ko’ra sinfda yoki tabiatshunoslik xonasida jonli tabiatni o’rganish uchun har xil xona o’simliklari shuningdek turar joylardagi daraxtlarga xos bo’lgan shoxchalar barglar, gular, meva va urug’lar bo’lishi zarur. Tabiatshunoslik darslarida jonli tabiat burchagida o’stirilayotgan o’simliklardan gerbariy va ekskursiyalardan tabiy sharoitlardan jonli tabiat obyektlaridan foydalaniladi. Tabiatshunoslikni o’qitishda tabiiy ko’rgazmali qurollarning ahamiyati nimada? Tabiiy ko’rgazmali qurollar jismlardir. Ular o’rganilayotgan material to’g’risida ancha to’g’ri haqiqatga yaqin tasavvurlar berib bolalarda bevosita qabul qilish asosida tabiatshunoslik tushunchalari hosil bo’lishiga imkon yaratadi. Tabiat qo’ynida o’tkaziladigan darslarda va ekskursiyalarda tabiiy sharoitdagi jonli tabiat obyektlaridan foydalaniladi. Tabiatshunoslik darslarida xaritalarning qaysi tiplaridan foydalaniladi? O’quvchilar 4-sinfda xarita va globus to’g’risida dastlabki tasavvurlarni oladilar, shuning uchun sinfda O’zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi, yarim sharlar tabiiy xaritasi, tabiiy zonalar xaritasi, foydali qazilmalar xaritasi bo’lishi kerak. Qanday apparatlar proyeksion apparatlarning deyiladi? Proyeksion apparatlarga shishadagi diapozitivlarni namoyish qiladigan proyeksion chiroq tiniq diapozitivlarni namoyish qiladigan alloskop va filmoskoplar kiradi. Sanoatimizda maktab proyeksion apparatlar maxsus qo’llanma bilan birga tayyorlanadi. Darsda diapozitivlarni namoyish qilishdan oldin o’qituvchi qo’llanma mazmuni bilan tanishgan va mavjud apparatlar bilan ishlash uslublarini amaliy ravishda egallagan bo’lishi kerak. Tabiatshunoslikni o’qitishda proyeksion apparatlarning qanday ahamiyati bor? Tabiatshunoslik darslarida proyeksion apparatlarning ahamiyati juda katta. Tabiatshunoslik darslarida kodoskop ketma-ketlik ustida bajarilgan tiniq pardada chizilgan maxsus transponantlar shuningdek yasama qurollar, rasmlar, kesmalar, yon ko’rinishlar va boshqa o’quv qurollari qo’llaniladi. Proyeksion apparatlarga shishadagi diapozitivlarni namoyish qiladigan proyeksion chiroq tiniq diapozitivlarni namoyish qiladigan alloskop va filmoskoplar kiradi. Qaysi jihozlar tajribalar va labarat oriya mashg’ulotlari jihozlari sirasiga kiradi? Tajribalar va labaratoriya mashg’ulotlari uchun (darslarda va yosh tabiatshunoslar to’garagida) maxsus jihozlar; o’lchov asboblari, lupa, labaratoriya uskunalari, idishlar, materiallar, yordamchi asboblar kerak. Labaratoriya uskunalariga labaratoriya shtatidan, uchoyoqlar , asbestlangan to’r, probirka qo’yiladigan shtativlar, qisqichlar, shuningdek idishlar(probirkalar, shisha voronkalar, kolbalar) oq shisha pufakchalari, lampochkalar va boshqalar kiradi. Jonli tabiat burchagi qayerda joylashtiriladi? Jonli tabiat burchagi uchun xona ajratilgani ma’qul. Bunga imkon bo’lmaganda burchak o’simlik va hayvonlari tabiatshunoslik xonasi yoki sinfga joylashtiriladi. Jonli tabiat burchagi uchun xona yorug’ bo’lishi kerak, suv o’simliklari bo’lgan akvariumlarni qo’yish uchun qulay bo’lishi lozim. Jonli tabiat burchagi qanday jihozlanadi? Jonli tabiat burchagi hayvonlar uchun ajratilgan joy ularning tabiatdagi hayot sharoitlariga mos bo’lishi kerak. Akvariumni zoodo’kondan olgan ma’qul. Ammo akvarium sifatida xohlagan shisha idishdan foydalanish mumkin lekin shuni hisobga olish kerakki, baliqlar asosan to’rtburchak idishda yaxshi ko’rinadi. Akvariumdagi baliqlar soni uning katta kichikligiga va undagi o’simliklarning soniga muvofiq bo’lish kerak. Bunda yuritiladigan va chiqariladigan kislorodning balansi ta’minlasin. Jonli tabiat burchagida kuzatishlar o’tkazish uchun qanday o’simliklar tanlanadi? Jonli tabiat burchagining aholisi (ya’ni o’simlik va hayvonlari) uning asosini tashkil qiladi unga qarab jihozlar tanlanadi. O’simlik va hayvonlar to’plami tabiatshunoslik dasturiga ko’ra o’simlikshunoslik xususiyatlari hisobga olib belgilanadi. Avvalo o’simliklarning shundaylarini tanlash kerakki, bunda jumladan quruq iqlimga, nam iqlimga moslangan o’simliklarni tropik o’simliklarni, mo’tadil iqlim o’simliklarini, yorug’likni va soyaga chidamli o’simliklarni namoyish qilish mumkin bo’lgan. Jonli tabiat burchagida tajribalar o’tkazishda har xil madaniy o’simliklarning urug’laridan rediska, qizil lavlagi, sabzi urug’laridan pomidor urug’i va paxta chigitidan keng foydalaniladi. BOT 18\1 Sobirova Malika Download 16.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling