Pendulyatsiya nazariyasi- Yer o’z o’qi atrofida aylangani bois materiklar ham o’z o’rnidan jiladi yoki siljiydi.
Yerning kengayishi to’g’risidagi nazariya – ulkan materik Pangeyaning bo’linishi
Materiklar qalqoni va geosinklinallar haqidagi nazariyalar – bunga ko’ra, Yer po’stlog’ining turg’un uchastkalari – materiklar qalqoni bo’lib ular umuman okean suvi bilan qoplanmagan. Materiklar qalqoni Shimoliy yarimsharda Kanada, Fennoskandiya, Angar; Janubiy yarimsharda esa Braziliya, Afro-Arabiston, Dekan (Hindiston), Avstraliya hisoblanadi. Yer po’stlog’ining materi qalqonlari orasidagi qismi cho’kma yoki botiqlik tarzida yohud tog’ cho’qqisi ko’rinishida bo’ladi. Bular geosinklinallar bo’lib, E.Zyuss fikriga ko’ra Markaziy Amerikadan Sharqiy Osiyogacha bo’lgan hududda ulkan Alp geosinklinallari bo’lgan. Bu geosinklinallar shimoliy va janubiy yarimshardagi materik qalqonlarini bir-biridan ajarati turgan. Alp geosinklinali uzoq vaqtgacha Tetis nomli dengiz suvlari bilan to’lib turgan. Oxir-oqibatda intensiv tog’ hosil bo’lish jarayonlari bo’lib o’tgan. Natijada Alp tog’ burmalanishining tog’ sistemalari – Pireney, Alp, O’rta Osiyo, Himolay tog’lari hosil bo’lgan. Materik qalqonlarida tirik organizmlar evolyutsiyasining qadimgi markazlari shakllangan va ko’pchilik hollarda to’xtovsiz ravishda davom etgan.
Kontinentlar dreyfi gipotezasi – geofizik A.Vegener tomonidan ishlab chiqilgan va L.S.Berg, F.Darlington tominidan rivojlantirilgan va takomillashtirilgan.
Global tektonika yoki Litosfera plitalari tektonikasi gipotezasi. Bu gipotezani G.Xess va R.Dits 1960-1962 yillarda yaratishgan. Bu gipoteza keyinchalik P.Kropotkin, O.Soroxtin, V, Xain va D.Holden tomonidan rivojlantirildi.
Gipotezaga ko’ra, 200 mln yil oldin Yer sharida gigant materik Pangeya bo’lib, uni Pantalassa deb ataladigan okean o’rab turgan. Hozirgi Yevrosiyo va Afrika o’rtasidagi O’rta Yer dengizi qadimgi dengiz hisoblangan Tetisning bir qismi hisoblangan. 200 mln yil oldin Pangeya parchalanib, litosfera plitalari siljib boshlagan. Dreyf boshlanganidan 20 mln yil o’tgach, Trias davri oxirida Pangeya 2 ga ajralgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |