Tabiatshunoslik
Download 24.56 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-ma\'ruza.
4-MAVZU. 3-4- SINFLARDA “TABIATSHUNOSLIK”NI O’QITISH METODIKASI Reja: 3- sinfda “TabiatshunosIik”ni o’qitish metodikasi. 4- sinfda “Tabiatshunoslik”ni o’qitish metodikasi. Tabiatshunoslikni alohida predmet sifatida o’qitish 3- sinfdan boshlanadi. o’quv materiali - “Tabiat va odam”, “Tabiat jismlari”, “O'simlik va hayvonot olami”, “Sog’ligimizni saqlaymiz” va “Ekologiya” mavzulariga birlashtirilgan. Tabiatshunoslik bo’yicha dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi va boyliklarinigina emas, balki barcha xalqlar bilan qardoshlarcha hamkorlikda rivojlanayotgan respublikamizning tabiatini ko’rsatishga ham imkon beradi. o’z Vatanining tabiati va odamlari mehnati to’g’risidagi bilimlarning keng doirasi o’qituvchiga umumiy ta'lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarini tashkil etgan eng muhim ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish mas'uliyatini zimmaga yuklaydi. 3- sinfda o’quvchilar ob-havoni muntazam kuzatishni davom ettiradilar, bulutlanishni, shamol kuchini (kuchli, kuchsiz, mo’tadilligini) belgilaydilar. Fenologik kuzatishlar o’tkazishda davom ettiradilar: kunning uzunligini (kalendar bo’yicha), barglarning sarg’ayishini, xazonrezgilikni, yil fasllari bo’yicha o’simlik va hayvonlar holatini belgilaydilar. Barcha kuzatishlar “Kundalik kuzatish daftari” va umumsinf tabiat hamda mehnat kalendariga yozib boriladi. Har oyning oxirida kuzatishlar umumlashtiriladi va yig’ma jadvalga kiritiladi. Unda joriy oyning fenologik xususiyatlari belgUanadi. Kundaliklarga o’simlik va hayvonlar ustida olib borilgan umumlashgan kuzatishlar yoziladi. o’quvchilar jonsiz tabiatdagi o’zgarishlaming o’simlik va hayvonlar hayotidagi o’zgarishlar bilan uzviy bog’liq ekanligi haqida xulosa chiqaradilar, qanday bog’liqligini o’rganadilar. 3- sinfda umumsinf tabiat va mehnat kalendarini yuritish davom etadi, bu ikki yil davomida kuzatilgan hodisalarni taqqoslash mkonini beradi. Har kuni ob-havo, o’simlik va hayvonlar holatini belgilab, o’quvchilar joriy kuzatishlarini o’tgan yili shu kunda o’tkazgan kuzatishlari bilan solishtiradilar. Bunday ish kuzatishlarga qiziqishni, ishning sifatini oshiradi, tabiatshunoslik tushunchalarini chuqurroq o’zlashtirishga yordam beradi. “Tabiat va odam” mavzusini o’rganishda bolalar tabiat, jonli va jonsiz tabiat, tabiatdagi o’zaro bog’liqliklar, tabiatni asrab-avaylash haqidagi ma'lumotlatga ega bo’lishadi. Bolalar ekskursiyada tuproq bilan tanishadilar, tuproq kesmalarini ko’rib chiqadilar. o’qituvchi ular e'tiborini yer ostida joylashgan tuproq qatlamlari va tog’ jinslarining yotishiga qaratadi. Amaliy ish va tajribalar jarayonida o’quvchilar tuproq tarkibini bilib oladilar, o’z o’lkalari tuproqlarining xilma-xilligi to’g’risida tasavvur hosil qiladilar. Bu bo’lim birinchi bo’lib o’iganiladi, chunki u o’quvchilarni qishloq xo’jaligi mehnati bo’yicha mashg’ulotlarga (tuproqni kuzda haydashga, ko’chat qalinligining ildizmevalar hosiliga va manzarali o’simliklarning gullash vaqtiga, o’g’itlashning ildizmevalarning hosiliga, gul manzarali o’simliklarining o’sishiga ta'sirini o’iganish bilan bog’liq bo’lgan tajribalar qo’yishga) nazariy jihatdan tayyorlaydi. Tuproq tarkibi to’g’risida tasavvuiga ega bo’lmay turib, o’quvchilar madaniy o’simliklarning o’sish va rivojlanishi to’g’risidagi bilimlarni ololmaydilar. Mahalliy o’simlik va hayvonlarning bir necha turlari bilan o’quvchilar tabiat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga, shuning-dek, o’quv-tajriba maydonchasiga o’tkazilgan ekskursiyalarda tanishadilar. E'tibor jonli tabiat burchagi hamda tabiatning o’zida o’simlik va hayvonlarning o’sishi va rivojlanishini kuzatishga qaratilishi kerak. “Suv” mavzusi bilan tanishgan o’quvchilar tabiatda suv, suvning uch holati, tabiatda suvning aylanishi, suvni asrab-avaylash, ehtiyot qilish, suvni ifloslanishdan muhofaza qilish haqidagi bilimlarga ega bo’lishadi. Bolalar o’zbekistonning eng katta daryolari, ularning hosil bo’lishi, quyilishi, boshlanishi, o’zani to’g’risida dastlabki bilimlami oladilar. Ular tabiatdagi suv bilan mahalliy suv havzalariga ekskursiyaga boiganlarida tanishadilar. “Foydali qazilmalan> mavzuchasi quruqlik har xil tog’ jinslaridan: granit, qum, loy, kalsit va boshqalardan iborat ekanligi to’g’risidagi dastlabki tasavvurni beradi, foydali qazilmalarning xususiyatlarini o’iganish mavzuda markaziy o’rinni egallaydi. Ularni o’iganish predmetli darslarda kuzatishJar o’tkazish yo’li bilan olib boriladi. Ekskursiyalar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, bolalar foydali qazilmalarni qazib olish, ishchilar mehnatini mexanizatsiyalash bilan tanishishlari, oikamizni turli foydali qazilmalarga boy ekanligini bilib olishlari mumkin. “o’simlik va hayvonot olami” mavzusida o’quvchilar o’simliklarning xilma-xilligi, suv o’tlari, moxlar, xushbo’y hidli o’simliklar, dorivor o’simliklar va ularning ahamiyati haqida dastlabki tushunchalarga ega bo’lishadi. Shuningdek, dalalar, bog’lar, tomorqalarda o’sadigan madaniy o’simliklar, manzarali, texnik, g’o’za, donli o’simliklar haqida ham ma'lumotga ega bo’lishadi. Ekinzorlarning foydali va zararli hasharotlari, bog’larning doimiy hasharotlari, ipakqurti vauning ahamiyati haqida ma'lumotlar ham bu mavzuda atroflicha yoritilgan. Hayvonot olamining xilma-xilligi, ovqatlanishi, oziqlanish zanjiri va uning ayrim odamlar ta'sirida buzilishi, organizmlarning tabiiy sharoitda moslashuvi haqidagi dastlabki bilimlarni ham o’quvchilar bu mavzuni o’zlashtirish jarayonida olishadi. “Sog’ligimizni saqlaymiz” mavzusi bolalarning 1- va 2- sinflarda egallagan sanitariya-gigiyenaga oid bilimlari va ko’nikmalari asosida o’rganiladi. Ko’rgazmali qurollami namoyish qilish bilan birga bolalarni gigiyena qoidalarini amaliy jihatdan bajarishga ham o’igatish zarur. “Sog’ligimizni saqlaymiz” mavzusini o’iganishga bag’ishlangan darslarda bir necha daqiqani sanitar - o’quvchilarning shaxsiy gigiyena qoidalarining bajarilishi to’g’risidagi axborotlariga ajratish ma'qul bo’ladi. Bu bolalarni intizomli qiladi, ularda mas'uliyatni his etishni tarbiyalaydi. Gigiyenik bilimlar hamda ko’nikmalarni egallab olishga bolalarni odam tanasining tuzilishi va a'zolarining vazifalari to’g’risidagi oddiy ma'lumotlar bilan tanishtirish yordam beradi. Bolalar odam oiganizmining bir butun ekanligini tushunib olishlari kerak. 3- sinf o’quvchilariga muskullar bilan qon aylanish, muskullar bilan ovqatlanish o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar tushunarli. “Nerv sistemasi” va “Sezgi organlari” mavzularini o’igana borib, ular fazalar o’rtasidagi, shuningdek, organizm bilan atrof-muhit o’rtasidagi aloqalarning qanday amalga oshishi to’g’risida ma'lumotlar oladilar. Bu bilan bir qatorda o’quvchilar ovqatlar va ovqatlanish qoidalari, pashshalardan ehtiyot bo’lish, chekish va uning oqibatlari, yuqumli kasalliklar va ulardan saqlanish tartib-qoidalari, spirtli ichimliklarning zarari haqidagi dastlabki tushun-chalarga bu mavzu orqali ega bo’lishadi. Gigiyenik bilimlar va ko’nikmalarni o’qitishni shakllantirishni faqat o’qish vaqti bilan cheklamaslik kerak. Salomatlikni muhofaza qilishga, kun tartibini, shaxsiy ijtimoiy gigiyena qoidalarini bajarishga, o’quvchilarturmushiga jismoniy mashqlar hamda sport o’yinlarini tatbiq qilishga bag’ishlangan o’qishdan tashqari vaqtlarda suhbatlar, kinofilmlar namoyish qilish, shu mavzuga bog’liq ertaliklar o’tkazish darslarda olingan bilimlar hamda ko’nikmalarni chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi. Gigiyenik ko’nikmalarni yanada shakllantirish uchun maktab bilan oila aloqasini mustahkamlash kerak. Bunda ota-onalar o’rtasida sanitariya-oqartuv ishlarini olib borish g’oyat muhimdir. o’qituvchi ota-onalarni o’zining o’quvchilarning sanitariya-gigiyena jihatdan tarbiyalash sohasidagi ishlari bilan tanishtirishi va asosiy e'tiborni nimalarga qaratish zarurligini ko’rsatish zarur. Download 24.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling