Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Download 309.35 Kb.
bet5/8
Sana05.05.2023
Hajmi309.35 Kb.
#1429565
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sabinabonu

Turkiston ayugasi - Ajuga turkestanica (Regel) Briq. Ko‘p yillik, poyasining balandligi 25 sm. Bargi teskari uzunroq lansetsimon, yirik tishchali, osti tuksiz, ust tomoni siyrak tuklangan. Gullari halqasimon to‘pgullar hosil qiladi. Kosachasi qo`ng‘iroqsimon, ko‘k rangda 7 mm uzunlikda. Tojbarglari havorang 15 mm uzunlikda tashqi tomoni tuklangan. May oyida gullab urug‘laydi. Toshkent viloyati dalalarida tarqalgan.


Xalq tabobatida yer ustki qismining damlamasi, qaynatmasi bezgak, rak kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.

Komarov tog‘bo‘znochi (ajdarbosh)-Dracocephalum Komarovii Lipsky.


Ko‘p yillik, poyalari ko‘p sonli, asos qismi yo‘g‘onlashgan,mayda burmali, uch tishchali. Tojibarglari ko‘rinishi, tashqi tomondan momiq tuklar bilan qoplangan, 20-22 mm uzunlikda. Yong‘oqchasi nashtarsimon uzunchoq uch qirrali, tekkis, 3 mm uzunlikda. Iyul-avgust oylarida gullab, avgust-sentyabrda urug‘lari yetiladi. Tog‘larning yuqori qismidagi toshli joylarda o‘sadi. Toshkent, viloyati (Oxangaron daryosi yuqori qismida) tarqalgan.
Mahalliy aholi tomonidan qadrlanib uni tuyub, qaynoq suvga bir choy qoshiqda qo‘shib choy o‘rnida ham istemol qilinadi. Qaynoq choyi oshqozon spazmasida, qorindagi boshqa og‘riqlarda ham ichiladi.
Har xil tishli devortagi o‘ti -Marrubium alternidens Rech. Ko‘p yillik, ko‘p sonli poyali, kam shoxlanandigan dag‘al tuklangan, balandligi 30-80 sm. Barglari yumaloq uzun bandli, tishchali-egatchali. Gullari ko‘p sonli bo‘lib halqasimon joylashgan kosachasi 9-11 mm uzunlikda, yulduzsimon tuklari bilan qoplangan. Toj barglari oq, tashqi tomoni yulduzsimon tuklar egalangan, uzunligi 9-11 mm, bargi ikki bo‘lakli qirqilgan. Yong‘oqchasi uch qirrali tuxumsimon, 1,5 mm uzunlikda. May-sentyabr oylarida gullab urug‘laydi.
Begona o‘t sifatida bog‘larda, ekinzorlar chetida va tashlandiq yerlarda o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.
Xalq tabobatida yer ustki qismi ishlatiladi. Yer ustki qismining qaynatmasi xalq orasida tomoq og‘rig‘i, nafas yo‘llarining surunkali shamollashi va tish og‘rishi kabi kasalliklarda og‘iz va tomoq chayishda ishlatiladi. Surmasi (nastoykasi) esa tinchlantiruvchi va qon bosimini pasaytiruvchi ta’sirga ega ekanligi tajribada aniqlangan.

Download 309.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling