Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
Qurg‘oqchilikka sabab bo‘luvchi omillar. Qurg'ochilikka chidamlilik
Download 1.16 Mb.
|
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sukkulentlar
- Gemikserofitlar
3. Qurg‘oqchilikka sabab bo‘luvchi omillar. Qurg'ochilikka chidamlilik.
XV.2. O'SI Bu o'simlik hujayralari, to'qimalari va organlarining sezilarli darajada suvsizlanishiga chidashidir. Suvsizlanish sitoplazmani xususiyatlarini buzadi, oqsil sintezi kamayib ketadi, polisomalar ribosomalarga, ular esa o'zlarining. subbirliklarga parchalanib ketadi. Shuningdek suvsizlik moddalar almashinuvini pasaytiradi. Buning natijasida esa o'simliklarning o'sishi to'xtaydi va hosildorlik kamayib ketadi. Bu asosan generativ organlar kam hosil bo'lishi bilan ifodalanadi. Qurg'oqchilik-o'simliklarni suvga bo'lgan talabini qondira olmaydigan meteorologik sharoitdir. Uning atmosfera va tuproq qurg'oqchiligi xillari mavjud. Qurg'oqchilikning asosiy sabablari bu yog'ingarchilikning bo'lmasligi, transpiratsiya va tuproq yuzasidan suvning ko'plab bug'lanishidir. Ayniqsa kuchli shamollar tuproq ildiz qatlamining qurishiga olib keladi. Atmosfera qurg'ochiligi quruq va issiq havo ta’sirida havo namligi juda kam bo'lganda.paydo bo'ladi. Bunda o'simlik o'sishdan to'xtaydi va barg sathi kengaymaydi, natijada ekinlarning hosildorlik kamayadi. Qurg'oqchilik o'simliklar tanasida ketuvchi biosintetik jarayonlarni keskin kamaytiradi, oqsillarning parchalanishi ro'y berib, organik zahira moddalar miqdori keskin pasayadi. Bu esa o'z navbatida o'simlik o'sishini sekinlashtiradi. Ushbu va boshqa hollar tufayli barg quriy boshlaydi va undan kraxmal yo'qoladi. Shuningdek o'simliklar ildiz tizimlarida fosfor almashinuvi keskin o'zgaradi, fosforirlanish jarayoni jadalligi pasayadi. Qurg'oqchilik oxir oqibatda o'simliklar hosildorligining o'ta pasayib ketishiga olib keladi. O'simliklarning qurg'oqchilikka chidamliligini birmuncha oshirish ham mumkin. Buning uchun P.A. Genkel o'simliklar urug'larini avvalo biroz undirish, so'ngra unayotgan urug'ni oz-moz quritib ekishni tavsiya qilgan. Ushbu usul orqali o'simliklar chidamliligini birmuncha oshirish mumkin. Hozirgi vaqtda ushbu ishlar amaliyotda keng qo'llanib kelinmoqda. Shuning bilan birgalikda o'simliklarning qurg'oqchilikka chidamliligini oshirishda kimyoviy uslublar ham qo'llaniladi. Masalan o'simliklar urug'larini 0,2 foizli kaltsiy xlorid tuzida 18-20 soat ivitib ekish ularning qurg'oqchilikka chidamliligini oshirishda yaxshi amaliy natijalar berishi mumkin. Qurg'oqchilik maydonlarida o'sadigan o'simliklarni kserofitlar ham deyiladi. Kserofitlar tuproq va atmosfera qurg'oqchiligida o'sishga moslashgan o'simliklardir. Ularning xarakterli belgilaridan biri, bu,yer ustki qismining yer ostki qismlaridan o'lchamlari o'yicha kichik bo'lishi hamda bug'latuvcni yuzaning ham kam bo'lishidir. P.A.Genkel ta’limoti bo'yicha, kserofitlarning o'zi ham qurg'oqchilikka chidamliligi bo'yicha bir necha guruhlarga bo'linadi. Sukkulentlar-issiqga o'ta chidamli o'simliklar bo'lib, suvsizlanishga ham bemalol chidaydi. Ular suv tanqisligini deyarli sezmaydi, tanasida suv ko'p, lekin suvni o'ta sekin sarflaydi. Sukkulenlarga kaktus va aloe kabi o'simliklarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Evkserofitlar-issiqqa chidamli o'simliklar bo'lib, qurg'oqchilikni bemalol o'tkazadi. Ushbu o'simliklarning hujayra shirasi osmotik bosimi nihoyatda yuqori, transpiratsiya jadalligi past bo'lib, ildizlari keng tarmoqlangan va ayrim hollarda sizot suvlarigacha yetib boradi. Evkserofitlar juda yuqori issiqlikda barg va novdalarni tashlab yuboradilar. Ularga yantoq, shuvoq, astra kabi o'simliklar kiradi. Gemikserofitlar-suvsizlik va tanasining qizishini ko'tara olmaydigan o'simliklar. Ulardagi transpiratsiya jarayoni yuqori, lekin protoplazmaning yopishqoqligi va elastikligi yuqori emas. Ildizlari anchagina chuqur ketgan. Gemikserofitlarga shalfey, rezak kabi o'simliklar kiradi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling