Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
FOTOSINTEZ VA HOSILDORLIK
Download 1.16 Mb.
|
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-MAVZU: O`SIMLIKLARDA MODDALAR TASHILUVI
- epiderma
FOTOSINTEZ VA HOSILDORLIK Fotosintez jarayonida o‘simliklarda organik modda hosil bo‘ladi va to‘plana boradi. Bu organik moddaning umumiy miqdori fotosintez va nafas olish jarayonlarining jadalligiga, ya’ni fotosintez jarayonida hosil bo‘layotgan organik moddaning nafas olish jarayoni uchun sarflanayotgan organik modda nisbatiga bog‘lik bo‘ladi: A=E-D, bu yerda, A—to‘plangan organik modda miqdori, R — fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik modda miqdori, D — nafas olish jarayoniga sarflangan organik modda miqdori.
O‘simlik tanasida vegetatsiya davrida sintez bo‘lgan quruq moddaning umumiy miqdori biologik hosil deyiladi. Biologik hosilning xo‘jalik maqsadlariga ishlatiladigan qismi (donlari, urug‘lari, ildiz mevalari va boshqalar) xo‘jalik hosili deyiladi. Xo‘jalik hosilning miqdori har xil o‘simliklarda turlicha bo‘ladi va bu koeffitsient (Kho‘j) bilan ifodalanadi: Umuman, quyidagi sharoitlar yaratilganda eng yuqori hosildorlik darajasiga erishish mumkin: 1) ekinzorlarda barg sathini ko‘paytirish; 2) fotosintetik organning faol ishlash davrini uzaytirish; 3) fotosintezniig jadalligini va mahsuldorligini oshirish; 4) fotosintez jarayonida sintezlangan organik moddalarniig harakatini va o‘simlik a’zolarida qayta taqsimlanishini tezlatish va hokazolar. Buning uchun esa hamma agrotexnik tadbir va choralar (o‘g‘itlash, sug‘orish, erga ishlov berish, zararkunandalarga qarshi kurashish va hokazolar) o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilishi zarur. 8-MAVZU: O`SIMLIKLARDA MODDALAR TASHILUVI Ksilemalardagi tashiluv Ksilema tashiluvining boshqarilishi 3. Floemalardagi tashiluv va uning mexanizmi 4. Floema elementlarining anatomik xususiyatlari 5. O`simlik funksiyalarining integratsiyasida moddalar transportining roli O’tkazuvchi to’qimalar suv va unda erigan moddalarni o’simlik tanasi bo’ylab xiyla joyga utkazish (tashish) vazifasini bajaradi. O’simliklarda, asosan ikki xil moddalar harakat qilib turadi: ildizlar yordamida tuproqdan so’rib olinadigan mineral moddalarning suvdagi eritmasi o’simlikning tanasida hosil bo’ladigan organik moddalar. ya'ni uglevodlar, aminokislotalar va boshqalarning suvdagi eritmasi. Birinchi xildagi moddalar oqimi (yuqoriga ko’tariluvchi oqim), asosan, ildizlardan poya va barglarga qarab yuradi va ksilema yoki yogochlik deb ataladigan o’simlik qismi orqali yuzaga chiqadi. Ikkinchi xil moddalar oqimi (pastga tushuvchi oqim) esa, odatda, barglardan poyaga, so’ng ildizga qarab yuradi va floema yoki lub bo’ylab o’tadi. Ksilema va floema vazifalariga yarasha, asosan, organning bo’ylama o’qiga qarab uzun tortgan hujayralar yoki hujayralar qatoridan tuzilgan, ularda teshik-teshik tusiqlar bor. Ishlab turgan eng muhim gistologik elementlarda protoplastlar yo butunlay bo’lmaydi (ksilemasida), yoki o’zgargan, ya'ni tamom o’tkazuvchan protoplazmasi (floemasida) bo’ladi. O’simliklar poyasi ular qaysi sistematik birlikka kirishiga (tuban va yuksak, bir va ikki urug’pallali ) va qaysi hayotiy shaklda (bir yillik o’t, buta yoki daraxt) bolishiga qarab turlicha tuzilgan bo’ladi. Daraxtlar tanasini tuzilishi bir yillik o’to’simliklar poyasining tuzilishidan tubdan farq qiladi. Poyaning yuzasi bir qavat hujayralardan tashkil topgan epiderma bilan qoplangan. Epiderma ostida ko’p qavatli tirik hujayralardan hosil bo’lgan po’st parenximasi (asosiy to’qima) joylashgan. Po’st ostidagi qavat lub-(floema), undan ichkarida kambiy, kambiydan keyin esa yog’ochlik (ksilema), uning o’rtasida o’zak joylashgan. Yozning ikkinchi yarmidan tutning poyasi po’sti sirtida qo’ng’ir rangli yasmiqachalar xosil bo’ladi. Poya ichidagi tirik hujayralar ana shu yasmiqchalar orqali nafas oladi. Po’st asta sekin po’klasha boradi va po’stloq hosil qiladi. Po’kak qalinlashgan sari po’stloqdagi tirik hujayralar kamaya boradi. Tanada va eski shoxlarda po’stloq qavati qalin bo’ladi. Qalin po’stloq ichkaridagi tirik hujayralarni qishki sovuqdan, yozgi issiqdan va turli zararli kassaliklar ta’siridan himoya qoladi. Tut novdasining po’stlog’i egiluvchan va pishiq bo’ladi. Uning pishiqligi lub tolalariga bog’liq. Bu tolalar hamma o’simliklarda ham bir xil rivojlangan bo’lmaydi. Tut daraxtida lub tolalari juda ko’p. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling