Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
b) Ksilema tashiluvining mexanizmi
Download 1.16 Mb.
|
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
b) Ksilema tashiluvining mexanizmi. Ushbu tashiluvda asosan ikkita hol, ya'ni ksilemaning to'lishi va uni bo'shashi alohida o'rin to’tadi.
Ksilema shirasining to'lishi.. Bu hol ayntiqsa ildiz tukchalari zonasida jadal ketadi. Hozirgi tasavvurlarga qaraganda ildiz tukchalari zonasida ksilemaning suv va unda erigan moddalar bilan boyishida bir yoki ikkita nasos qatnashadi. Asosiy nasos ildiz qobig'i parenximalari va rizoderma hujayralari plazmofemmasida joylashgandir. Uning ichi H+-sifatida ish ko'rsatuvchi H+-ATF azalar tufayli, ehtimol proton ko'chiruvchi redoks zanjirining faoliyati tufayli idora qilinishi mumkin. Ildizning ushbu qismi hujayralari devoridan kationlar va anionlar uning sitoplazma qismiga o'tadi. Suv va unda erigan moddalarning Kaspari bog'lari mavjud bo'lgan endoderma hujayralari orqali tashiluvi faqatgina simplast orqali bo'ladi. Traxeidlar yoki o'tqazuvchi naylarga bevosita to’tashgan hujayraning parexima to’tamlarida, traxeal elementlar devorlaridagi teshikchalar orqali moddalarning uning ichiga chiqaruvchi ikkinchi bir nasos ham ishlashi mumkin. Ushbu ikkala nasosning faol ishlashi tufayli o'tkazuychi to'qimalar va traxeidlarda osmotik potensial va buning natijasida esa so'rish kuchi oshishi mumkin. Ushbu hollarning barchasi o'tkazuvchi to'qimalar va truxeidlarda gidrostatik bosimning ortishiga bu esa o'z navbatida suvda erigan moddalarning ildizdan o'simlikning yer ustki qismlariga ko'tarilishiga sababchi bo'ladi. Suv va unda erigan moddalarning transpiratsiya natijasida o'simlik tanasi bo'ylab yuqoriga ko'tarilishi (yuqorigi harakatlantiruvchi kuch) passiv holatda fizik-kimyo qonunlariga asosan metabolik energiya sarflanmasdan ro'y beradi. Ammo usbu holda, barglar og'izchalarini ochiq holatda ushlab turish uchun sarflangan energiya miqdori mustasnodir, chunki bunda, qisman bo'lsada, metabolik energiya sarflanadi. Ksilema to'qimalari bo'ylab suv va unda erigan moddalarning harakati juda yuqori bo'lib ayrim hollarda uning tezligi soatiga bir necha o'n metr bo'lishi mumkin. Ammo traxeidlar bo'yicha tashiluvni tezligi anchagina kam. Chunki, bunda suvda erigan moddalarga traxeid naylari devorlariga yopishib turgan birlamchi hujayralar devorlaridan o'tishga to'g'ri keladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling