Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Download 1.16 Mb.
bet57/127
Sana25.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1722229
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

Kuzatuvchi hujayralar. Yo'ldosh hujayralar yoki kuzatuvchi hujayralar elaksimon naylar bo'ylab joylashgan yirik yadroli parenxima hujayralaridan Iboratdir. Bu hujayralar ko'p miqdorda ribosomalar va mitoxondriyalar tutishi bilan ham xarakterlanadi. Ayrim hollarda ushbu mitoxondriyalar to'plamini mitoxondriyalar retikulumi ham deb ataladi. Ushbu hujayralarning devorlarini ko'p sonli plazmodesmalar bilan teshib o'tgandir. Shuning uchun ham floemaning kuzatuvchi hujayralarini teshib o'tgan plazmodesmalarning soni, barg mezofili hujayralarinikiga nisbatan 3-10 marotaba ko'pdir. Masalan, yasen barglari barcha mezofil hujayralaridagi plazmodesmalarning umumiy soni 800-3000 dona bo'lsa, yo'ldosh-hujayralar uchun bu ko'rsatkich 8-30 baravar ko'pdir. Yo'ldosh-hujayralar hujayra devorining boshqa bir o'ziga xos tomoni bu ularda plazmalemma hisobiga juda ko'p Inbirintlar hosil qilganligidir. Bu esa o'z navbatida ular yuzasining keng bo'lishiga olib keladi.


b) Floema shirasining tarkibi. Floema shirasidagi qandlarning tashiluvchi asosiy formasi bu saxarozadir. Shu sababli floema shirasi tarkibida saxarozani glukoza va fruktozaga parchalovchi ferment invertaza fermentining faolligi juda ham kam. Floema shirasidagi saxarozaning miqdori barg mezofill hujayralaridagiga nisbatan 10-30 marotaba ortiq bo'lib quruq moddaga nisbatan 80-85% yoki 0,8-1,0 mol/l atrofidadir. Floemaning to'rsimon naylarida boshqa qandlar, Mnsalan, rafnoza va saxioza, spirtlar (sorbit) ham tashilishi mumkin. floema shirasi tarkibidagi azotli birikmalar masalan, oqsillar, amidlar, amiinokislotalarning miqdori 0,5% atrofida bo'ladi.
Floema shirasi tarkibida organik kislotalar, vita'minlar, fitogor- I jnonlar masalan, auksin, gibberellinlar, sitokininlar va anorganik tuzlar (1-3% atrofida) ham uchraydi. Fitogormonlarning miqdori juda ham f: Item bo'lib 5-50 nmol/1 atrofidadir. Floema shirasining o'ziga xos Jomonlaridan biri bu unda K+ ionlarining ko'pligi (50-200 mmol/l) va 1 pH ko'rsatkichining balandligidir (8,0-8,5) hamda yo'ldosh-hujayralar fMiyati tufayli bo'ladigan ATF miqdorining 0,4-0,6 mM/1 atrofida bo'lishligidir.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling