Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


d) Floemadagi tashiluv mexanizmlari


Download 1.16 Mb.
bet58/127
Sana25.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1722229
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

d) Floemadagi tashiluv mexanizmlari. Floemaning to'rsimon naylaridagi assimilatlarning harakatlanish tezligi 50-100 sm/s bo'lib asosan uchta bir-biriga bog'liq jarayonlardan iboratdir. Bo’lar floema ihirasining to'lishi, assimilatlarning to'rsimon elementlarda tashiluvi va floemadan shiraning chiqishi.
Floema shirasining to'lishi. Hujayra devoriarining erkin bo'shlig'ida (apoplastda) barglardagi umumiy qandlarning 20% qismiga yaqini bo'lishi mumkin. Ushbu qandlar asosan saxarozadan iborat bo'lib barg mezofill hujayralarining fotosintezi natijasida hosil bo'ladi. Hozirgi vaqtgacha mezofill hujayralaridan floemaga qandlarning tashiluvi Jarayoni yaxshi o'rganilmagan va turli tur o'simliklarida har xil kechadi deb faraz qilinadi.
Qandlarning osmotik konsentratsiyasining miqdori, ingichka o'tkazuvchi tutamlardagiga qaraganda, mezofill hujayralarida, nisbatan, kam bo'ladi. Qandlarning keyingi tashiluv jarayonlarida ham qandlarning miqdori bir muncha orta boradi. Masalan, ingichka to’tamlardan o'rtacha to’tamlarga undan esa barg to’tamlariga o'tgan sari qandlarning miqdori orta boradi, ammo mezofill hujayralaridan ingichka to’tamlarga o'tganidagiga nisbatan ancha kam o'zgaradi.
Binobarin bargdagi o'tkazuvchi tizimning assimilatlar bilan to'lishi qandlarning konsentratsiyasi gradiyentiga qarama-qarshi ravishda energiya sarflanishi bilan boradi. Bu yerda ATF manbayi bo'lib qo'shni parenxima hujayralariga nisbatan nafas olish jadalligi 3-4 marotaba yuqori bo'lgan, mitoxondriyalarga juda boy yo'ldosh-hujayralar xizmat qiladi.
Hozirgi zamon adabiyotlar ma'lumotlariga qaraganda yo'ldosh hujayralar plazmalemmasida ya'ni floemaning boshlang'ich parenxima hujayralari membranalarida tashqariga ishlaydigan H+-pompalari mavjud. Apoplastdagi ushbu H+-pompalarining ishi tufayli K+ ionlari va saxaroza xlorenxima hujayralariga o'tadi. Shuning bilan bir vaqtda floemaning boshlang'ish hujayralari plazmolemmalarida vujudga kelgan рН(∆рН) gradiyenti ushbu hujayralarga saxarozaning H+-ionlar simporti bilan birgalikda ko'chirilishiga olib keladi.
Membranalar orqali H+ ionlarining ko'chirilishi ushbu holda gradiyent konsentratsiyasi bo'yicha ketsa, qandlarning tashiluvi uning teskarisi bo'ladi. Ushbu jarayon plazmalemmadagi oqsil-tashuvchilar ishi tufayli ro'y berib ularning protonlashishi saxarozaning ko'chirilishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Hujayraga kirgan H+ ionlari faoliyati K+ ionlariga bog'liq bo'lgan H+-pompasining ishi tufayli yana tashqariga chiqariladi. Saxaroza va K+ ionlari ko'p sonli plazmodesmalar orqali to'rsimon naylar bo'shlig'iga o'tkaziladi.
Floema to'qimalariga mezofilldan aminokislotalar va boshqa metabolitlar ham yuqoridagi kabi o'tadi.
Yuqorida keltirilgan mexanizm faqatgina to'rsimon naylarda saxarozaning yig'ilisliini tuchuntirib qolmasdan, balki, nima sababdan to'rsimon naylarda protonlar konsentratsiyasining kam, ammo kaliy miqdorining esa ko'pligi sababining ham izohidir. To'rsimon naylarda osmotik faol moddalar miqdorining ortishi unga atrof muhitdan suvning kelishiga, avvalo ksilema to'qimalaridan o'tishiga sababchi bo'ladi.
Floema shirasida bir qancha ionlar ham mavjud. Nishonlangan izotoplar uslubida shu narsa aniqlanganki, ksilema shirasi tarkibidan floema tarkibiga natriy, kaliy, magniy, fosfor va azot juda yengil o'tadi. Shuningdek, floema orqali temir, marganes, rux, molibden kabi elementlarning yetuk barglardan yosh barglarga oqishi kuzatilgan.
Floema va ksilema shiralaridagi ionlarning bir biriga o'tishi o'simliklar poyasi misolida ham bo'lishi mumkin.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling