Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Download 1.16 Mb.
bet10/127
Sana25.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1722229
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

XROMOPROTEIDLAR — oddiy oqsil bilan pigmentlardan tashkil topgan. O‘simliklarda ko‘p uchraydi va biologik faol hisoblanadi. O‘simlik tanasidagi fotosintez va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi.
LIPOPROTEIDLAR — oqsillar bilan lipidlardan tashkil topgan. Hujayra membranalari va lamelyar tizimning tuzilishida ishtirok etadi. Sitoplazma va hujayra organoidlarining tuzilishida ham asosiy rol o‘ynaydi.
METALLOPROTEIDDAR — oqsillar bilan metall atomlari (Mg, Si, Zn, Mo, Fe va boshqalar) birlashmasidan tashkil topgan. Bular asosan fermentlardir (katalaza, polifenoloksidaza, nitratreduktaza, peroksidaza, askorbatoksidaza va boshqalar).
GLIKOPROTEIDLAR - oqsillar bilan uglevod xususiyatiga ega bo‘lgan birikmalardan tashkil topgan. Asosan xayvonlar organizmida uchraydi.
NUKLEOPROTEIDLAR oqsil va nuklein kislotalaridan (DNK,RNK) tashkil topgan. Barcha tirik hujayralar, Ayniqsa, yadro va ribosomalar tarkibida ko‘proq uchraydi.
SHunday qilib, proteidlar hujayraning asosiy tuzilmaviy va funksional oqsillari bo‘lib, hayotiy jarayonida katta ahamiyatga ega.
A MINOKISLOTALAR. 0qsillar tarkibiga kiruvchi aminokislotalar yog‘ kislotalarniig hosilasi bo‘lib, tarkibida karboqsil (COOH)
va amin guruh (NH2) bo‘ladi.
Aminokislotalar atsiklik (alanin, serin, sistein, asparagin,argenin) va siklik (tirozin, gistidin) guruhlarga bo‘linadi. O‘simliklar tarkibida 150 dan ortiq aminokislota borligi aniqlangan. Shundan oqsillar tarkibiga 20 tasi kiradi: alanin, glitsin, serin, treonin, valin, leysin, izoleysin, sistein, sistin, metionin, asparat kislota, glyutamat kislotasi, lizin, arginin, fenilalanin, tirozin, triptofan, gistidin, prolin, oksiprolin va ikkita amid (asparagin va glyutamin).
NUKLEIN KISLOTALAR. Tirik organizmlarda irsiy belgilarning nasldan-naslga o‘tishi va oqsillarning biosintezi kabi jarayonlar nuklein kislotalarniig faoliyati bilan bog‘liq. Ikkita guruhga bo‘linadi, DNK (dezoksiribonuklein kislotasi) va RNK (ribonuklein kislotasi). Nuklein kislotalar, ayniqsa, o‘simliklarning yosh va metabolitik faol organlarida ko‘p bo‘ladi. Jumladan, o‘simliklarning reproduktiv hujayralari tarkibida eng ko‘p uchraydigan ko‘knor urug‘pallasida 4,6-6,2 foiz, kedr yong‘og‘ining mag‘zida — 6,8 foiz va ko‘pchilik o‘simliklarning bargi va poyasida 0,1-1 foizgacha. Dezoksiribonuklein kislotasi barcha tirik organizmlardagi hujayra yadrosida joylashgan. Xloroplast va mitoxondriyalarda ham mavjudligi aniqlangan. DNKning molekulyar og‘irligi juda katta — bir necha o‘n milliondan yuz milliontagacha etadi. Uning molekulasida azot asoslaridan adenin, guanin, sitozin, timin, uglevod komponentlaridan dezoksiriboza va fosfat kislota bor.Ribonuklein kislotalar hujayraning hamma qismida uchraydi. Ularning asosiy qismi ribosomalarda to‘plangan. Hujayralarda, asosan uch xil RNK mavjud:
1) ribosoma RNK (r-RNK) ribosomalarda to‘plangan bo‘ladi. Molekulyar og‘irligi 1,5-2 mln.ga teng. Hujayrada oqsillar bilan birikkan holda uchraydi. Umumiy RNK ning 800 ga yaqinini tashkil etadi;
2) transport RNK (t-RNK), ya’ni har bir aminokislotani oqsil sintez qilinuvchi joyga tashish vazifasini bajaradi. Molekulyar ogirligi 25-35 mingga teng. Umumiy RNKning 15 foizini tashkil etadi; 3) Ma’lumotli RNK (m-RN K) yadroda sintez kilinadi. Bularning asosiy vazifasi yadrodagi DNK molekulasidagi ma’lumotni ribosomalarga, ya’ni oqsil sintez qilinadigan joyga olib borishdir. Umumiy RNK ning 5 foizini tashkil etadi. Molekulyar og‘irligi 1 millionga teng. Ribonuklein kislotalarning kimyoviy tuzilishi ham DNKnikiga o‘xshab ketadi. Faqat RNK tarkibida timin o‘rnida uratsil, dezoksiriboza o‘rnida riboza joylashgan

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling