Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
Download 1.16 Mb.
|
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylanma nutatsiya harakatlari.
- Chirmashuvchi osimliklar.
- Seysmonastik harakat
Tigmonastiyalar. Ushbu holat yuqoriga o'rmalovchi o'simliklarga xos harakatdir. Tigmonastiya xos o'simliklarning uchki gajaklari (muylovlari) faqat biron bir narsaga tegsagina harakatlanadi. Masalan u yomg'ir tomchilariga yoki shisha tayoqchalarga nisbatan umuman reakfsiya ko'rsatmaydi. Ammo jun ip yoki ishqalanish hosil qiluvchi narsalarga nisbatan hatto ta’sir juda kichik bo'lsa ham tezda javob reaktsiyasini beradi. Masalan no'xot gajaklari 0,25 mg massali quzg'atuvchiga nisbatan ham javob reaktsiyasini berishi mumkin. Ushbu og'irlikdagi quzg'atuvchini sut emizuvchilar terisi sezmaydi ham.
Aylanma nutatsiya harakatlari. Nutatsiya (lotincha nutatio-tebranish, silkinish) o'simlik organlarining aylanma yoki tebranma harakati bo'lib ayrim hollarda muxtor xarakterga ega. Masalan daraxt uchlari novdalari silkinib tebranib turadi va buning natijasida ular daraxtning tanasiga nisbatan tebranadi. Xuddi shu holat ildizlarning o'sishida ham kuzatilishi mumkin. Harakatlanishning ushbu tipi aylanma nutatsiya deyiladi. O'simliklar poyasi va ildizlari o'sishining aylanma nutatsiyalari asosida avtotropizm va gravitatsion maydondagi getropik korrektirovka yotadi. Chirmashuvchi o'simliklar. Ushbu hol o'simliklarning boshqa bir o'simlik tanasiga o'ralib, yoki chirmashib o'sishga qarab harakatlanishdir. Bularga zarpechak, liana kabi o'simliklar kiradi. Nutatsiya harakatlari ular poyasining tashqi va ichki tomonlari bir meyorda o'smaganligi natijasida sodir bo'ladi. Ularni bir marta aylanish davri 2-12 soat bo'lishi mumkin. Lianalarning poyasi soat strelkasiga qarama-karshi o'sish nuqtasiga ega, boshqa o'simliklarniki esa aksincha, soat strelkasi bo'yicha o'ralib o'sadi. Nutatsion harakatlar o'simliklarga yorug'lik energiyasidan samarali foydalanish imkonini beradi. Ayrim hollarda o'simliklarning nutatsion harakatlari daraxt uchlarigacha yetishi mumkin. Seysmonastik harakat Bu o'simlikning har xil tebranishlarga nisbatan javob qaytarishidir. Masalan, uyatchan mimozaning bargiga salgina ta’sir etilsa, u darhol shalpayib osilib qoladi, yani bo'g'inlarning ustki va pastki yarmida turgor holat o'zgaradi. Shuningdek kliver, kislitsa chivin ovlovchi venerina o'simliklarida ham seysmonastik harakatlar mavjud. Bularning barchasi tashqi ta’sir tufayli hujayralardagi turgor holatining o'zgarishidir. Vaqt o'tgandan keyin yana turgor holat tiklanadi. Bu o'simlikning o'ziga xos himoya vazifasini bajaruvchi harakatlanishidir. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling