Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


O‘simliklarni yuqori haroratga chidamliligini oshirish


Download 1.16 Mb.
bet119/127
Sana25.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1722229
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

3.O‘simliklarni yuqori haroratga chidamliligini oshirish
Qishloq xo'jaligida o'simliklarning issiqqa chidamliligini oshirish uchun ularni barglari va tanasi rux tuzining 0,05%li eritmasi bilan ishlanadi.
Barcha o‘simliklar harorat darajalariga bo‘lgan munosabatlari bo‘yicha ham bir-biridan farq qiladi. Ba’zi suvo‘tlari 60-800C issiqlikka ega bo‘lgan buloqlarda tarqalgan. Ko‘pchilik yuksak o‘simliklar uchun maksimal harorat 40-500C ga teng. Qishloq ho‘jalik ekinlari uchun esa maksimal harorat 39.400 C ga teng bo‘lib, haroratning bundan orta borishi ularni shikastladi. O‘simliklar yuqori harorat ta’siridan shikastlanganda, ularning o‘lishdan oldin hujayralari ichida bo‘ladigan biokimyoviy jarayonlar o‘rtasidagi muvofiqlik buzilib, protoplazmani zaharlaydigan keraksiz moddalar vujudga keladi. V.F.Altergot va boshqa olimlarning fikricha, yuqori darajadagi harorat ta’sirida oqsillar parchalanishi tezlashadi, hujayralarni zaharlaydigan ammiak hosil bo‘ladi va to‘planadi. Sitoplazmaning mikrostrukturasiga salbiy ta’sir qilib, undagi oqsil-lipoid birikmalar va plastidalar parchalanadi. Nafas olishda hosiil bo‘lgan kimyoviy energiya samaradorligi keskin pasayadi va uniig asosiy qismi tashqi muhitga issiqlik shaklida tarqaladi. Issiqlikka chidamli o‘simliklar protoplazmasining qovushqoqligi va elastikligi yuqori bo‘ladi. Bog‘langan suv miqdori ko‘p oqsillari issiqlikka chidamli bo‘lib, tezlikda koagulyasiyaga uchramaydi. Issiqlikka chidamli o‘simliklarning nafas olish jarayonida ko‘proq organik kislotalar hosil bo‘ladi va ular ammiak bilan reaksiyaga kirishib, asparagin glutamin kabi aminokislotalar hosil qiladi. Natijada erkin ammiak neytrallanib, o‘simliklarga zarar etkazmaydi. RNK miqdori ko‘p bo‘lgan o‘simliklar ham issiqlikka chidamli bo‘ladi. Ko‘pchilik suv bilan yaxshi ta’minlangan mezofit o‘simliklar transpiratsiya jadalligini oshirish orqali kuchli issiqlik ta’siridan saqlanadi. Bu o‘simliklarning barg harorati havo haroratiga nisbatan 4-60S gacha past bo‘ladi.
YU.G. Molotkovskiy va I. M.Jestkovalarning ko‘rsatishicha, barg to‘qimalariga shakar eritmalarining (glyukoza, galaktoza, saxaroza, laktoza, maltoza, rafinaza) infiltratsiya qilinishi ularning issiqlikka chidamliligini oshiradi. P.A.Genkelning takliflariga asosan urug‘larga ekishdan oldin kalsiy xlor tuzining 0,25 foizli eritmasi bilan 20 soat davomida ishlov berish ham o‘simliklarning issiqlikka chidamliligini oshiradi.
O‘simliklarning issiqlikka chidamliligini oshirish maqsadida ularni mikroelementlarning tuzlari bilan ishlash ham tavsiya etiladi. Samarkand davlat universiteti o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi a’zolarining (professor J.X.Xo‘jaev va boshqalar) olgan ma’lumotlari asosida, g‘o‘zaning gullash fazasida H3BO3 kislotaning 0,01 foiz va ZnSO4 tuzining 0,05 foizli eritmalarini purkash (purkash kechki vaqtlarda o‘tkaziladi) ularning issiqlikka va qurg‘oqchilikka chidamliligini oshiradi. Natijada gullarnint changlanishi ko‘payadi va hosildorlik 10-12 foizgacha ortadi. Tola va chigit sifati yaxshilanadi.



Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling