Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Download 1.16 Mb.
bet17/127
Sana25.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1722229
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

TURGOR VA PLAZMOLIZ. Tirik hujayraga moddalarning kirishida protoplazmaning plazmolemma qavati asosiy vazifani bajaradi. Bu qavat yarim o‘tkazuvchi bo‘lib, suvni yaxshi o‘tkazadi, suvda erigan moddalarning ba’zilarini oson yoki yomon o‘tkazsa, ayrimlarini umuman o‘tkazmaydi. Agar o‘simlik hujayrasini toza suv ichiga tushirsak, hujayra protoplazmasi suvni osonlik bilan o‘tkazganligi sababli hujayra suvni tortib ola boshlaydi. Hujayra shirasining osmotik bosimi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yuqori kuch bilan suv vakuolaga tortiladi. Suv hujayra po‘sti, plazmolemma, mezoplazma va tonoplast orqali diffuziyalanib, hujayra shirasiga qo‘shila boshlaydi. Bu jarayon hujayrada po‘stning qarshiligi bilan shiraning osmotik bosimi tenglashguncha davom etadi, ya’ni suvning ichkariga kirishi tugaydi. CHunki hujayraning turgor holati sodir bo‘ladi. Tirik hujayra po‘sti to‘la suv bilan ta’minlanishi natijasida tarang turishiga turgor deyiladi. Hujayra po‘stining taranglanishi natijasida hosil bo‘lgan va ichkariga itaradigan kuch turgor bosimi deyiladi. Hujayralarning turgor holatidan yuzaga kelgan umumiy taranglik butun o‘simlik organizmining tarang holda turishini, barglar, novdalarning tik turishi xolatini, umuman o‘simlikning me’yoriy fizik holatini ta’minlaydi. Agar hujayra konsentratsiyasi hujayra shirasining konsentratsiyasidan yuqori bo‘lgan eritmaga (osh tuzi yoki shakar eritmasiga) solinsa, turgorning aksini kuzatish mumkin. Tashqi eritmaning konsentratsiyasi yuqori bo‘lganligi sababli, hujayra shirasidan suv tashqi eritmaga chiqa boshlaydi. Buning natijasida vakuolaning hajmi kichrayib, hujayra shirasining konsentratsiyasi ortib boradi. Vakuola qisqargan sari uni o‘rab turgan sitoplazma ham qisqarib, oxiri u hujayra po‘stidan ajrala boshlaydi. Tashqi eritma esa po‘st bilan protoplazma o‘rtasida hosil bo‘lgan bo‘shliqni egallaydi. Protoplazma qisqarib, hujayra po‘stidan ajralishiga plazmoliz deyiladi. Plazmolizlangan hujayra yana toza suvga solinsa, u yana suvni shimib olib turgor holatiga qaytishi mumkin. Bu jarayonga deplazmoliz deyiladi.
Hujayralarda sodir bo‘ladigan plazmoliz ikki xil shaklda uchrashi mumkin. Dastlab progoplazma hujayra burchaklarsdan ajrala boshlaydi, so‘ngra hamma devorlaridan ajraladi. Lekin ancha vaqggacha hujayraning ayrim joylarida protoplasg po‘st bilan birikkan xholda qoladi va botiq chegarali shaklga kiradi. Bunga botiq formali plazmoliz deyiladi. Agar protoplast hujayra po‘stidan to‘la ajralib to‘planib qolsa, dumaloq shaklga kiradi. Plazmolizning bunday formasi qavariq plazmoliz deyiladi. Umuman o‘simliklar hujayra shirasining osmotik bosimi ular yashayotgan muxit yeritmasining osmotik bosimidan yuqoriroq bo‘lishi shart. SHundagina o‘simlik hujayralarining turgor holati saqdanadi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling