Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Hujayraning so'rish kuchi. Suvning shimilishi va harakati


Download 1.16 Mb.
bet21/127
Sana25.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1722229
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

3.Hujayraning so'rish kuchi. Suvning shimilishi va harakati
Tashqi muhitdan hujayraga suvning kirishi hujayraning kolloid va osmotik xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, quruq urug' tuproqdan suvni shimib bo'rtadi, hajmi kattalashadi. Urug' mag'zida zahira moddalar ya'ni oqsillar, kraxmal hamda yog'larning mavjudligi urug'ning suvni katta kuch bilan tortishiga (~100 MPa) olib keladi, natijada esa urug' qobig'i yoriladi. Ildizcha va boshqa embrional qismlarning shakllanishi natijasida vakuolali hujayralar paydo bo'la boshlaydi. Shu paytdan boshlab suvning so'rilishida osmotik bosim asosiy kuch bo'lib hisoblanadi. Hujayraga suvni kirish kuchiga hujayraning so'rish kuchi deyiladi. So'rish kuchi hujayraning osmotik bosimiga to'g'ri proportsionaldir, ya'ni:

S = π - R


bu yerda; hujayraning so'rish kuchi; P- osmotik bosim; R- turgor bosim.
Binobarin, to'la plazmoliz holatidagi hujayra, osmotik bosimga teng kuch bilan suvni so'radi. Chunki bunday holatda R=O ga bo'ladi. Avval aytib o'tganimizdek ayrim xollarda S>P bo'lishi mumkin. Bu hol ko'pchilik yosh o'simliklar hujayralariga xos bo'lib o'simlikga suv etishmaganda plazmoliz kuzatilmaydi. Bunda vakuolaning suvsizlanishi natijasida protoplastning hajmi kichrayadi, biroq qobiqdan ajralmasdan uni o'zi bilan torta boshlaydi.
Tashqaridan kuzatilganda bu hujayra sirtida to'lqinsimon egilish hosil bo'ladi. Ushbu hodisani sitorriz deyiladi.
O'simlik tanasida suv doimiy ravishda uzluksiz almashinib turadi va bu jarayonni suv rejimi deyiladi. U uch bosqichdan iborat:

  1. Ildizlarning suv shimishi;

  2. Shimilgan suvning o'simlik tanasi bo'ylab harakati va organlarga taqsimlanishi;

  3. Suvning barglar orqali bug'lanishi, ya'ni transpirasiyasi.

Yuqoridagi uchta holat faqatgina yuksak o'simliklargagina xosdir. Tuban o'simliklar, masalan, bakteriyalar, tuban zamburug'lar, ko'pgina suv o'tlari va lishayniklar suvni atmosfera havosidan olishi mumkin. Bunda ularning bo'rtish ko'rsatkichlari ortadi. Masalan, iste'mol qilsa bo'ladigan zamburug'lar va moxlar o'zlarining quruq muhitdagi og'irliklariga nisbatan 10 baravar ko'p suv saqlashlari mumkin.
Barg poyali o'simliklar esa suv bug'lantirishdan kutikulalari yordamida himoyalanadilar. Kutikulalar barglar va poyalar yuzasidan suv yo'qotishga qanchalik qarshilik qilsalar, namgarchilik sharoitida shunchalik darajada suv yutilishiga ham qarshilik qiladilar.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling