Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Download 1.16 Mb.
bet38/127
Sana25.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1722229
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

SUKKULENTLAR. Ularning tanasi qalin etli, sersuv, poyasida yoki bargida suv saqlay oladigan ko‘p yillik o‘simliklar.Ularning ayrimlari suvni poyasida saqlaydi (kaktuslar) Suvni poyasida saqlovchilarning barglari tikanlarga yoki tangachalarga aylangan, bargning vazifasini yashil, etdor poyalar bajaradi. Bargida suv saqlovchi sukkulentlarda esa aksincha poyalar kuchsiz rivojlangan, barglari etli, sersuv (agava, aloe, semizak) bo‘ladi.
Sukkulentlar semiz o'tlar deb ham ataladi. Ular ikki xil bo'ladi ya'ni poyador va bargdor sukkulentlar. Poyador sukkulentlarga kaktus, Afrika sutlamasi o'simliklarini misol qilish mumkin. Bargdor sukkulentlarga agava, aloe, semizak va boshqalar misol bo'la oladi. Ularning yer ustki organlari seret va semiz bo'lib o'zlarida ko'p miqdorda suv saqlaydigan o'simliklardir. Ildiz tizimi ko'pchilik hollarda tuproqning yuzasida joylashgan. Sersuvligi hamda suv bug'latuvchi sirtining kamligi tufayli bunday o'simliklar quruq, qumloq tuproqlarda, cho'llarda va qoyalarda o'sa oladi.
Sukkulent bo'lmagan kserofitlar o'zlarida boradigan transpirasiya jarayoni tufayli 4 guruhga bo'linadi. Bular: haqiqiy kserofitlar, yarim kserofitlar, cho’l kserofitlari va poykilokserofitlardir.
Haqiqiy kserofitlarga shuvoq, itgunafsha kabi o'simliklar kiradi. Bu o'simliklar hujayralarida osmotik bosim yuqori bo'lib transpirasiya miqdori kam bo'ladi.
Yarim kserofitlarga g'ozoyoq, marmarak kabi o'simliklar kiradi. Ular hujayralarining sitoplazmasi yopishqoqligi kam, ildizlari juda ham chuqur ketib sizot suvlarigacha etib boradi. Barglarida boradigan transpirasiya jarayoni kuchli bo'ladi.
Cho'l kserofitlariga chalov kabi boshoqdoshlar oilasining cho'lda o'sadigan ayrim turlari kiradi. Ular yoz yomg'iri suvlaridan yaxshi foydalanishadi, ammo faqatgina qisqa suv yetishmasligiga chidashi mumkin.
Poykilokserofit o'simliklarga lishayniklar kabi suv etishmagan sharoitda anabioz holatiga o'tuvchi o'simliklar kiradi.
EFEMERLAR. Bular bir yillik cho'l, chala cho'l va qisman dasht o'simliklaridir. Ularning o'sish, rivojlanish va urug' tugish davri juda qisqa, asosan bahor va kuz paytlarida o'sadi. Qurg'oqchilik boshlanishi bilan ular o'sishdan tuxtaydi. Efimer o'simliklarga lolaqizg'aldoq, taroqbosh, chitir, qarg'atirnoq kabi o'simliklar kiradi.

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling