Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Mineral elementlarning o`simliklardagi miqdori


Download 1.16 Mb.
bet73/127
Sana25.10.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1722229
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

2.Mineral elementlarning o`simliklardagi miqdori.
O`simliklar atrof muhitdan u yoki bu miqdorda deyarli barcha davriy sistemada uchraydigan elementlarni o`zlashtiradi. Ammo, boshqa kimyoviy elementlar bilan almashtirib bo`lmaydigan, o`simliklarning o`sishi va rivojlanishi uchun o`ta zarur bo`lgan 19 ta element alohida ahamiyatga ega. Ular C, H, O, N, P, S, K, Ca, Mg, Fe, Mn, Cu, Zn, Mo, B, CI, Na, Si, Co kabi elementlardir. Bulardan faqatgina 16 tasi mineral elementlardir. Chunki, C, H va O o`simliklarga asosan CO2, O2 va H2O holida o`zlashtiriladi. Ushbu elementlarning keyingi uchtasining o`simliklar rivojlanishi uchun zarurligi hozircha o`z tasdig`ini to`la topgani yo`q. Masalan natriy elementining ayrim o`simliklar masalan, lavlagi va sho`rlanishga moslashgan o`simliklar tomonidan o`zlashtirilishi kuzatilgan xolos. Kremniy esa sholi uchun o`ta zarur bo`lib boshoqdoshlar somoni tarkibida ham ko`p uchraydi.
Birinchi to`rtta (C, H, O, N) element organogenlar deyiladi. Chunki ular o`simlik quruq og`irligining asosiy-95% qismini tashkil qiladi. Bunda uglerodning ulushi 45%, kislorodniki 42%, vodorodniki 6,5%, azotniki 1,5% miqdorni tashkil qiladi. O`simlik quruq og`irligining qolgan 5% qismi kul elementlariga, xususan P, S, K, Ca, Mg, Fe, AI, Na, Si va boshqalarga to`g`ri keladi. O`simliklarning mineral tarkibi to`g`risida ularning kulida uchraydigan elementlarning miqdoriga qarab xulosa qilinadi va yuqorida keltirilgan elementlar birgalikda makroelementlar deyiladi.
O`simlik to`qimalarida juda kam miqdorni (0,001%) tashkil qiluvchi ammo o`simliklarning muqobil o`sishi va rivojlanishi uchun zarur bo`lgan Mn, Cu, Zn, Mo, B, Co kabi elementlar mikroelementlar deyiladi.
Mineral elementlar ko`proq o`simliklarning barglarida (2-15%) kamroq (0,41%) esa ulaming poyalarida to`planadi.
Ayrim qishloq xo`jalik o`simliklari kulining tarkibidagi elementlarning miqdori, % (Maksimov, 1958, V.V.Kuznetsov, G.A.Dmitriyeva bo`yicha, 2005).


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling