Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
Download 1.16 Mb.
|
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi
Katsiofillar-"ohaksevarlar", ya`ni ohakli tuproqlarda yaxshi o`suvchi o`simliklar.
Kalsiofoblar-ohakdan qochuvchi o`simliklar (sfagnum moxi). Befarq turlar-kalsiyga befarq o`simliklar. Kalsiyning miqdori dukkakli o`simliklarda va karam, kartoshka kabi o`simliklarda nisbatan ko`p bo`lib, g`allasimonlarda esa kamroq. Umuman ikki urug`pallali o`simliklar tarkibidagi kalsiyning miqdoi bir urug`pallalilarnikiga nisbatan ko`proq bo`ladi. Kalsiy ko`proq qari to`qima va organlarda to`planadi. Bu hol uning ksilema to`qimalarida tashiluvi hamda reutilizatsiyalanish jarayonining qiyinligi bilan izohlanadi. Qarish yoki fiziologik faoliyatining pasayishi jarayonida kalsiy sitoplazmadan vakuolaga o`tadi va shavel, limon va boshqa kislotalar bilan birikib billursimon suvda erimaydigan tuzlar hosil qiladi. Kalsiy bu holatda deyarli harakatlana olmaydi va shuning uchun uning ikkilamchi foydalanilishi qiyin. Kalsiy o`simlikningyer ustki, vegetativ organlarida ko`p bo`ladi, Ildizlarda uning miqdori kamroq. Urug`larda kalsiy fitinning kalsiyli tuzi holatida uchraydi. Kalsiy o`simlik hujayralari devoir, pektin moddalari tarkibida, xususan uning o`rta qatlamida ko`p bo`ladi va hujayraning asosiy kalsiy manbasini tashkil qiladi hamda uning mustahkamligida qatnashadi. Shuningdek u avtonom organoidlarda-xloroplastlar va mitoxondriyalarda hamda hujayra yadrosida biopolimerlar bilan kompleks holida, neorganik fosfat va ion holatida ko`plab uchraydi. Uning sitozoldagi miqdori juda kam 10 - 10 mol/1 atrofida. U sitoplazmani kolloid xususiyatiga ta`sir qiladi va suv bilan kam taminlanishiga olib keladi. Shuningdek kaisiy bir qator fermentlarning (GDG, MDG, GFDG, lipaza va boshq.) faolligini oshiradi. Masalan, kalsiy tutuvchi kalmodulin oqsil reseptori aniqlangan. Kalmodulin (Mr = 16,7 kDa) 148 aminokislota koldig`idan iborat bo`lib har bir molekulasiga to`rtta kaltsiy ioni bog`langan. U ko`pchilik fermentlarning masalan, fosfodiesteraza, proteinkinaza va tashuvchi Ca-ATFaza fermentlari faollashtiruvchisi hisoblanadi. Ushbu reseptorning hujayralarda yetishmasligi, membrana barqarorligini buzilishiga, uning o`tkazuvchanligining oshishiga, membrana orqali boradigan tashiluv jarayonlarining buzilishiga olib keladi. Kalsiyning eng muhim xossalaridan biri, bu uninng hujayra tuzilishida, xususan, mikronaychalar hosil bo`lishida qatnashishidir. Shuningdek u hujayra membranasi turg`unligida ham qatnashadi. Shuni alohida takidlab o`tish kerakki, ildiz yuza qismini to`lg`azib turuvchi kation asosan Ca2+ ionlari qisman esa N+ ionlaridir. Bu hoi o`z navbatida Ca2+ kationlarining ildizga birlamchi ionlar yutilishida faol qatnashishidan dalolat beradi. U o`simliklarning sho`rga bo`lgan chidamliligini oshiradi. Kalsiyning yetishmasligi birinchi navbatda yosh meristema to`qimalarining shakllanishiga va ildiz faoliyatiga ta`sir qiladi. Ildizlar va yon ildizlarning hosil bo`lishi to`xtaydi. Shuningdek u mitoz sistemasida ishtirok etishi tufayli vereten ipchalarining hosil bo`lishi ham buziladi. Kalsiyning yetishmasligi hujayra devorining pektin moddalarining shishishiga olib keladi. Bu esa o`z navbatida hujayra devorining shilimshiqlanishiga va hujayraning buzilishiga olib keladi. Buning natijasida ildiz va barglarning ayrim qismlari chiriydi va o`ladi. Bunda barglarning uchi qirralari avval oqaradi, keyin qorayadi va barg plastinkasi buralib qiyshayib qoladi. O`simlik mevalarida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Ko`pchilik tip tuproqlar shu jumladan Markaziy Osiyo tuproqlarida kaltsiyning miqdoriyetarli bo`lib, o`simliklarga Ca2+ ionlariningyetishmasligi kam kuzatiladi. Ammo, bizning sharoitimizda sho`rlangan tuproqlarda kaltsiyningyetishmasligi kuzatiladi. U Ca2+ holida hujayraga o`tadi. Shuning uchun sho`rlangan tuproqlarga kalsiy berish tavsiya qilinadi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling