Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet14/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

CuO + H2 = Cu + H2O
Bu reaksiyada ikki jarayonda mis qaytariladi, vodorod esa oksidlanadi, ikki yoqlama tabiat: mis qaytarilib, ayni vaqtda vodorodni oksidlaydi, vodorod esa oksidlanish bilan birga, o'zi misni qaytaradi. Bu reaksiya jarayonida "qarama -qarshiliklar kurashi" sodir bo'ladi.
Birinchi gurux o’quvchilarni moddalarning o‘zgarishi, qiziqarli kimyo tajribalari, moddalarni tozalash va moddalar ajratib olish, kristallar xosil qilish va kristallarni o‘stirish, oddiy moddalardan va kimyoviy birikmalardan to‘plamlar tuzish, shuningdek, buyuk kimyogarlarning xayoti va faoliyatiga oid eng yorqin dalillar ko‘proq qiziqtiradi.
Ikkinchi gurux o’quvchilarni moddalarning ancha murakkab o‘zgarishlari, moddalarning sanoatda olinish usullari, kimyo sanoati masalalari, gazlar bilan qilinadigan tajribalar kimyoviy usullarin jumladan, eng muxim hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarish usullarini ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan asboblar va ishlaydigan materiallar yasash, kundalik xayot kimyosi, agrokimyo va kimyoviy masalalarni, ayniqsa eksperimental masalalarni mustaqil suratda yechish qiziqtiradi.
Sinfdan tashqari ishlarning ommaviy shakllaridan hisoblangan kimyo kechalari maktab hayotida katta bir voqea bo‘ladi. Maktab kimyo kechalari to‘g‘ri tashkil etilsa, kimyo kursining bir qator ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini hal qilishiga yordam beradi, kimyo kechalari: a) o‘quvchilarni ajoyib va ilmiy jixatdan juda muxim dalillar bilan boyitadi; b) o‘quvchilarda kimyoga havas uyg‘otadi va bu havasni o‘stiradi; v) o‘quvchilarga buyuk kimyogarlarning hayoti va ijodiyotini, hozirgi zamon kimyosining muvaffaqiyatlarini va boshqalarni ancha qiziqarli hamda ancha keng qilib ko‘rsatishga imkon beradi; g) kimyo xavaskorlarining o‘z ijodiy ishlarida qo‘lga kiritgan yutuqlarini ko‘rsatishning nihoyatda qulay formasi bo‘ladi.
Maktablarda eng ko‘p o‘tkaziladigan kechalar: a) qiziqarli kimyo kechalari; b) yubiley kechalari; v) o‘quvchilarning ijodiy ishlarini ko‘rsatish kechalari; g) hozirgi zamon kimyosining va kimyo sanoatining muvaffaqiyatlarini ko‘rsatish kechalaridir.
Afsuski, qiziqarli kimyo kechalari tashkil etishda katta kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi. Ko‘pincha, qiziqarli kimyo kechalari o‘tkazish, «fokuslar» ko‘rsatishdan iborat bo‘lib qoladi, kecha qatnashchilari «odatdagidan tashqari» hodisalar ko‘rsatib, hosil bo‘lganlarni «hayratda qoldiradilar»: rangsiz moddani qizil, oq, sariq va boshqa tusdagi moddalarga aylantiradilar, suvdan «oltin», «sut», «qon» hosil qiladilar, yog‘ochni olov yoqmasdan ko‘mirga aylantiradilar, moddalarni gugurt chaqmay o‘t oldiradilar, fotoapparatsiz «suratga oladilar», olov bilan «rasm soladilar» va hokazo; hozir bo‘lganlar hayratda qoladilar;
O‘quvchilar, masalan: a) kimyoviy viktorina b) qiziqarli, ayniqsa, eksperimental kimyoviy masalalar, krossvordlar, v) «hikoya-topishmoqlar» va boshqalardan muvaffaqiyatli suratda foydalanadilar. Bu kechalarda o‘quvchilar asosiy e’tiborni kimyoning mohiyatiga qaratadilar; bu erda kechaga kelganlarga beriladigan savollar, masalalar va boshqalarning qiziqarli bo‘lishi katta ro’l o’ynaydi. Bunday kechalarning qiymati shundaki, ularni tashkil qilishda 2-3 ma’ruzachi emas, balki ko‘pgina o‘quvchi qatnashadi.
Yubiley kechalari, ko‘pincha, kimyogarlarning: M.V.Lomonosov, D.I.Mendeleyev, A.M.Butlerov, N.D.Zelinskiy, A.Lavuaze, I.Kyuri-Skladovskaya, F.Jolio-Kyuri va boshqalarning hayoti hamda ijodiyotiga baishlanadi. Ba’zan, «Ulug‘ rus kimyogarlari», «O‘zbek kimyogarlari» degan va boshqa mavzularda umumlashtirish kechalari o‘tkaziladi. Kimyo tarixining muxim masalalariga, chunonchi, «D.I.Mendeleyevning davriy qonuni va davriy sistemasi», «M.V.Lomonosovning Rossiyada dastlabki ilmiy kimyoviy laboratoriyani tashkil etganligi», «A.M.Butlerovning organik birikmalar tuzilish nazariyasi» kabi masalalarga bag’ishlanadigan yubiley kechalari ham bo‘ladi.
Yubiley kechalari ta’lim-tarbiya jihatidan g‘oyat katta ahamiyatga ega. Bu kechalar: a) o‘quvchilarni buyuk kimyogarlar hayoti va faoliyatining sharoiti bilan sinfdagidan ko‘ra batafsilroq tanishtiradi; b) o‘quvchilarni ochiq-oydin va ajoyib misollar bilan qiziqtirib yuboradi -ularda kimyoga chuqur havas uyg‘otadi; v) o‘quvchilarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalaydi.
Bo’lajak kimyo fani o’qituvchisi bilishi kerak:
1. Kimyo o’qitish jarayonida o’qituvchilarning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadini.
2. Maktab dasturlari, darsliklari, o’quv metodik adabiyotlari, normativ hujjatlari mazmuni.
3. Kimyo o’qitishning nazariy va metodik asoslarini.
Kimyo o’qitish kursi asosida qo’yidagi metodologik holatlarga e’tibor beriladi.
Umumiy metodik bilish jarayoninig rivojlanib takomillashib borishi.
Kimyo o’qitishda sistemalilik va birin-ketinlik, aniq reja.
Barcha metodologik kategoriyalarni ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi omilga qarab chiqish.
Didaktik yo’nalish - kimyo o’qitishning nazariy asoslarini belgilab berdi.
O`qitishda (diqqatni tortish, ichki tuyg’u, istak, zaruriyatlar shakllanishi) o`quv jarayonida o`quvchi va o`qituvchi uchun asosiy harakatlantiruvchi kuch bu ichki motivasiyadir.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling