Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet5/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Kimyoda sinfdan tashqari ishlar

Kimyo



KO’M



Pedagogika



Fizika

Qadimda ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘pi mexanik, issiqlik va qattiq modadalarni suvda erishiga asoslangan. Yegipt va Xitoy olimlari amaliy kimyoga eng ko‘p xissa qo‘shdilar. Yegiptda birinchi bo‘lib shisha, sopol mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Osiyo va Kavkazda kulolchilik taraqqiy etgan bo‘lib, mahsulotlar turli ranglarga bo‘yalgan, bundan tashqari mis va bronza taqinchoqlar yasalgan. Eramizdan oldingi II-asrda Xitoyda qog‘oz, VI-asr boshida yuqori sifatli chinni ishlab chiqarilgan. Inson mineral moddalarni qayta ishlashdan avval organik moddalarni, o‘simlik va xayvonot mahsulotlarini oziq-ovqat sifatida qo‘llaganlar. Bu mahsulotlardan dori-darmon, bo‘yoqlar, teri oshlovchi va matolarni pardozlovchi moddalarini ola bilganlar. Zamonaviy kimyoning asosiy moddalari azot va sulfat kislotalari V1-asrda birinchi marta


Arab alximiklari tomonidan kashf etiilgan.O‘rta asrlarda kimyoviy izlanishning laboratoriya usullari qo‘llanib, tajriba olib borish usullari va ko‘plab kimyoviy moddalar, birikmalar kashf etildi.Sinfdan tashqari mashg'ulotlar, sinfda o'tkaziladigan mashg'ulotlarning aksincha, butunlay ixtiyoriy asosda tashkil etiladi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning ehtiyojidan va ijodiy ishga bo'lgan tabiiy intilishidan kelib chiqadi, sinfda o'rganiladigan dastur materialining kamini to'ldirishga emas, balki uni yanada chuqurlatishga qaratilgan bo'ladi, bunda o'quvchilarning mustaqil ish metodlariga tayanish ham kerak. O'qituvchi esa asosan o'quvchilarning tashabbus va ijodiy faoliyatiga yordam berishi kerak. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning uch shakli: guruh bo'lib ishlash, yalpi ishlash va yakka-yakka bo'lib ishlash shakllaridan foydalanish. Guruh bo'lib ishlash shakli-kimyo to'garagi, umumiy o'rta maktabda o'tkaziladigan sinfdan tashqari mashg'ulotning asosiy shaklidir. Faqat bir sinf o'quvchilaridan iborat to'garak eng samarali ishlaydi. Yalpi mashg'ulot: tajriba ko'rsatish, kimyo kechasi, kimyoviy ekskursiyalar, ijodiy konferensiya, olimpiada va hokazo. Yakka-yakka ayrim o’quvchilar uchun olib boriladi.
Kimyo ta`limi standartining tuzilishi uzluksizlikni ta`minlash asosida, kimyo ta`limi sohasi mazmuninimg asosiy yo’nalishlari: «Kimyoviy tushunchalar», «Modda», «Moddaning tuzilishi va xossalari», moddalarning olinishi, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va qonunlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarishning texnologiyasi, respublikamizda kimyo sanoatining erishgan yutuqlari, organik moddalarning ayrim vakillari, polimerlar, tabiat va jamiyatga kimyoviy ishlab chiqarishning ekologik ta`siri haqidagi bilimlarni berishga va amaliy malakalar hosil qilishga qaratiladi. Bunda, o’quvchilarning bilishi, anglashi, amaliy ishlarni bajara oladigan ko’nikma va malakalariga ega bo’lishlarini ta`minlash va uning sifatini aniqlashga imkon beradi.
Kimyo ta`limi standarti quyidagi uchta bo’limdan iborat.

  1. Kimyo ta`limi mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar.

  2. Kimyo ta`limida o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan standartning minimal talablari.

  3. Kimyo ta`limida o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan standartning maksimal talablari.

«Kimyo ta`limi mazmuni negizining belgilovchi ko’rsatkichlar» bo’limi o’quvchilarga kimyodan beriladigan bilimlar, ekologik ta`lim-tarbiya va o’quvchilarda hosil qilinadigan amaliy ko’nikma va malakalarni o’zida mujassamlashtiradi.
Ikkinchi va uchinchi bo’limda esa o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan talablar yoritiladi.
O’quvchilarga maksimal ball yoki baho qo’yishda har ikkala, ya`ni minimal va maksimal tayyorgarlik darajasiga bo’lgan talablar hisobga olinishi zarur. Bu esa, kimyo ta`limi standarti o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish ko’rsatkichlarni ifodalashga kimyo ta`limi sifatini baholashda o’lchov mezoni bo’lib xizmat qilishiga imkon beradi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling