Tabiiy fanlar fakulteti


Download 51.89 Kb.
bet3/15
Sana03.09.2023
Hajmi51.89 Kb.
#1672281
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
A\'zamjonova Kamolaxon

Falsafa va sotsiologiya jamiyat va atrof-muhit rivojining umumiy qonuniyatlari haqidagi fanlar sifatida odamlarning hayoti va faoliyatining ijtimoiy va boshqa o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishda didaktikaga yordam beradi.
SiyosatShunoslik ta’limdagi siyosiy hodisalar va jarayonlar bilan bog’liq didaktik masalalarni ochish uchun xizmat qiladi.

Etnologiya didaktikaga odamlarning milliy o’ziga xosliklarini to’g’ri hisobga olishda yordam beradi, qaysiki ta’limda milliy tajribalar o’ziga xos xususiyatga ega.
Pedagogik psixologiya ta’lim jarayonida bilim, ko’nikma va malakalarni egallash jarayonining psixologik qonuniyatlari va tamoyillarini hisobga olishga imkoniyat beradi.
Odam fiziologiyasi ta’lim jarayonida odam tana tuzilishi va nerv tizimining ishlash qonuniyatlarining o’ziga xos xususiyatlari, ularning roli, ahamiyati va o’ziga xos vazifalarni ko’rsatishga yordam beradi.
Xususiy metodika alohida predmetlarni o’qitishda ta’limning turli shakl va vositalarini qo’llanishining o’ziga xosliklarini aniq hisobga olishda didaktikaga yordam beradi.


  1. Didaktikaning ob`ekti, predmeti va funksiyalari.


Tayanch iboralar: tajribani o`rgatish muammolari, didaktikaning tadqiqot predmeti, o`qitish” va “o`qish.

Didaktika ijtimoiy tajribani yoshlarga o`rgatish muammolarini tadqiq qiluvchi pedagogik fandir. Ijtimoiy tajriba mazmunan boy tajriba bo`lib, u tabiat, jamiyat va inson tafakkuri haqidagi bilimlarni ham, hozirgi zamon ishlab chiqarishining umumiy asoslari to`g`risidagi qarashlarni ham, moddiy va ma`naviy olamga oid tasavvurlarni ham o`ziga qamrab oladi. Uni yoshlarga o`rgatish avlodlar o`rtasidagi vorisiylikni ta`minlaydi.


Xo`p, Shunday ekan, didaktikaning tadqiqot predmeti - munozara bahsi nima?
Manbalarda didaktikaning munozara bahsi turlicha talqin qilinadi. Sh.I.Ganelin, B.P.Yesipov “ta`lim” va “ma`lumot” tushunchalari o`rtasidagi munosabatga asoslanib, didaktikaning tadqiqot predmetini bayon qilishgan: ularning fikricha, ta`limning ma`lumotga munosabati vositaning maqsadga munosabati shaklida amal qiladi: har qanday yaxlit didaktik nazariya ta`lim va ma`lumot nazariyasidir. “Didaktikaning tadqiqot predmeti - deb qayd etishgan edi bu olimlar, har doim yosh avlodning ma`lumoti mazmuni va shu mazmunni egallash jarayonini tashkil etishdir”.
Haqiqatdan ham, didaktika yoshlarni ma`lumotli fuqarolar qilib yetishtirish, ularning bilim va malakalarni egallash jarayonini tashkil etish masalalari bilan shug`ullanadi. Ammo, bu ma`lumot va uni

egallash jarayoni didaktikaning tadqiqot predmetidir, degan xulosaga olib kelmasligi kerak.
Yuqoridagi ta`rifda didaktikaning tadqiqot predmeti ikki narsa- ma`lumot mazmuni va ta`lim sifatida belgilanadi. Har qanday fan, jumladan, didaktika ham, yagona tadqiqot predmetiga ega. Keltirilgan ta`rifda didaktika o`rganadigan soha-tadqiqot obekti bilan didaktikaning munozara bahsi tadqiqot predmetini chegaralamaslik natijasida chalkashlikka yo`l qo`yilgan.
“Didaktika” termini ma`nosidan kelib chiqib, didaktikaning tadqiqot predmetini aniqlash moyilligi ham bor. T.A.Il’ina “Didaktika”-grekcha “didaktikos” so`zidan olingan bo`lib, “o`qitish” ma`nosini anglatadi degan fikrni keltiradi-da, “didaktikaning predmeti
- ta`lim jarayoni va uning qonuniyatlaridir”, -deb yozadi.
To`g`ri, qadimgi greklar o`qitish faoliyatiga nisbatan “didasko”, o`qituvchi o`rnida “didaskal”, o`quvchiga nisbatan “didaskales” atamalarini ishlatishgan. Ammo, “Didaktika” termini o`zining dastlabki ma`nosidan ancha uzoqlashgan. Hozirgi bu tushunchaning hajmi va mazmuni ancha boyigan va kengaygan bo`lib, u faqat o`qituvchining faoliyatigina emas, Shu bilan birga o`quvchining faoliyatini ham o`ziga qamrab oladi. Bu tushunchaning mazmun va hajm jihatidan boyiganligini hisobga oladigan bo`lsak, u paytda didaktikaning munozara bahsi noaniq qayd etilganini aytib o`tishga to`g`ri keladi.
Taniqli Polyak didakti Ch.Kupisevich “O`qitish” va “o`qish” atamalarining daxldorligiga asoslanib didaktikaning tadqiqot predmetini belgilaydi. Uning yozishicha, didaktikaning tadqiqot predmeti o`qitish va o`qish jarayonlari bilan birga ularni (o`qitish va o`qish jarayonlarini) yuzaga keltirish faktorlari shart-sharoitlari va bu jarayon olib keladigan natijalardir. Ch.Kupisevich didaktikaning tadqiqot predmetini juda keng tasvirlagan. Didaktikaning tadqiqot predmeti sifatida ajratilgan didaktik hodisa genetik jihatdan birlamchi, yagona universal va umumiy xarakterda bo`lishini ham unutmaslik kerak.
Ayrim mutaxassislar didaktikaning tadqiqot predmetini “ta`lim” tushunchasiga asoslanib aniqlashadi. V.V.Kraevskiy ta`limning ma`lumotga yo`nalgan faoliyat ekanligi, ilmiy asoslangan loyihaga (masalan, o`quv dasturi asosida) ko`ra amalga oshirilishi, o`ziga xos mazmun va jarayoniy xususiyatlarga egaligi, kollektiv sub`ektlar

tomonidan bajarilishi kabi qator har akterli alomatlariga asoslanib, “didaktikaning tadqiqot predmeti o`qitish va o`qishning birligi, ularning o`zaro ta`siridagi aloqadorlikdir”, - deb qayd etadi.
Fikrimizcha, didaktikaning tadqiqot predmetini aniqlashga V.V.Kraevskiy to`g`ri yondashgan. Lekin bu erda bir qator savollar tug`iladi: didaktikaning tadqiqot predmetini o`qitish va o`qishning birligimi? O`qitish va o`qishning o`zaro ta`sirdagi aloqadorligimi? bu savolarga e`tibor beradigan bo`lsak, V.V.Kraevskiy bergan didaktik aniqlikda qaytariq–tavtologiya borligini ta`kidlashga to`g`ri keladi.



  1. Download 51.89 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling