Tabiiy fanlar fakulteti


Download 51.89 Kb.
bet1/15
Sana03.09.2023
Hajmi51.89 Kb.
#1672281
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
A\'zamjonova Kamolaxon




Tabiiy fanlar fakulteti

Kimyo yonalishi

02/21guruh talabasi

A'zamjonova Kamolaxon













DIDAKTIKA-TA`LIM NAZARIYASI SIFATIDA

Kirish

Asosiy qism


    1. Ta`lim jarayoni mohiyati

    2. Ta`limning umumiy va xususiy qonuniyatlari.

    3. Ta`limning mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillari.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar





Kirish
Didaktika-pedagogikaning mustaqil tarmog’i. Ta’lim-tarbiya nazariyasi, ya’ni maqsadlari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillarini ishlab chiqish bilan Shug’ullanadi.
Didaktika pedagogikada ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi qismdir.
Didaktika grekcha so’z bo’lib, “didasko”-o’qitish, “didaskol”- o’rgatuvchi degan so’zlardan kelib chiqqan.
“Didaktika”ning so’zma-so’z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi.
Bu atamani nemis pedagogi V. Ratke (1571-1635) fanga kiritgan. Didaktika nomi ostida nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fan tushuniladi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya. A. Komenskiy (1592 - 1670) tomonidan ishlab chiqilgan. U 1657 yilda cheh tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktika nomi ostida Ya. A. Komenskiy “Hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati”, deb tushundi. Didaktikaning mohiyatini ishlab chiqishda G. Pestalotstsi, I. Gerbart, K.D. Ushinskiy, V. Ostrogorskiy,
P. Kapterev kabi mashhur olimlar katta hissa qo’shishdi. Bu yo’nalishda didaktlar Yu.K. Babanskiy, N.Gruzdev, M. Danilov, B. Esipov, L. Zankov, M. Skatkin kabilar ham ancha ishlarni amalga oshirishdi.
Didaktika pedagogikaning “Nima uchun o’qitish kerak”, “Nimani o’qitish kerak”, “Qanday o’qitish kerak”, “Qanday hajmda o’qitish kerak”, “Kimlarni o’qitish kerak”, “Qayerda o’qitish kerak”, “Nimadan foydalanib o’qitish kerak” kabi savollariga javob izlaydi.

Download 51.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling