Tabiiy fanlar fakulteti


Download 30.75 Kb.
Sana21.04.2020
Hajmi30.75 Kb.
#100591
Bog'liq
Birinchi mavzu bo


A.Qodiriy nomidagi J.D.P.I.

“Tabiiy fanlar fakulteti”

Kimyo o’qitish metodikasi

211-18 (206)-guruh talabasi

Abduvoxabov Shaxzodning

Umumiy pedagogika fanidan

I topshiriq uchun bajargan ishi
Jizzax shaxri 2020-yil

1. Xalqimizning madaniy-ma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida rivojlanib, takomillashgan va bu jarayonlar xalq pedagogikasida o‘z aksini topa borgan. Bu haqda yurtboshimiz “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida bizning ulug’ ajdodlarimiz o’z davrida komil

inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilde aytganda sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash joizligini ta’kidlaganlar. Demak, xalq pedagogikasi xalq ommasining turli davrlar mobaynida turmush faoliyati jarayonida to’plagan boy

tajribalari, axloqiy, ma’rifiy, ma’naviy yetuklik borasidagi qarashlari va xulosalarini ifodalaydi, etnologiya, etnografiya, etnopsixologiya va etnopedagogika, qadrshunoslik, qadimshunoslik (arxeologiya), udunishunoslik va xalq og’zaki ijodining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi, ulardagi axloqiy-ma’rifiy g’oyalami o’rganadi. Xalq pedagogikasi asrlar davomida minglab avlodlami tarbiyalash jarayonida yuzaga kelgan ilg’or axloqiy g’oyalar va tajribani o’zida umumlashtirgani uchun faqat tarixiy-madaniy qadriyat sifatidagina emas, balki zamonaviy ta’limtarbiya

tizimini takomillashtirishda ham muhim ahamiyatga egadir.


2. Xalq tomonidan yaratilib, og'izdan-og‘izga, avloddan-avlodga o‘tib kelgan badiiy asarlar xalq og'zaki ijodi yoki folklor (ingl. “folk” - xalq, “lore”- donolik. ya’ni xalq donoligi, donishmandligi) deb yuritiladi. Xalq og’zaki ijodiga quyidagi janrlar kiradi: qo’shiqlar, maqol, matal, afsona, rivoyat, asotir, ertak, latifa, lof, lapar, termalar, askiya, doston, tez aytish, masal, alia, yor-yorlar, kelin salomlar, topishmoq, naqllar, hikmatlar, pandnomalar, aforizmlar va boshqalar. Xalq og’zaki ijodining yuqorida

sanab o‘tilgan barcha janrlarida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash yo’llari, tarbiya usullari, mehr, muhabbat, saxiylik, olijanoblik, qadr, vafo, sadoqat, yaxshilik, oqibatlilik, mehnatsevarlik, kasbhunarga muhabbat, halollik, adolat, insof, andishalilik, insonparvarlik, kabi xislatlar ulug’lanadi, yomonlik, bevafolik, baxillik, xasislik, qo'rqoqlik, nomussizlik, manmanlik, kaltabinlik, xushomadgo’ylik, andishasizlik, ochko’zlik, mas’uliyatsizlik, farosatsizlik kabi illatlar qoralanadi. Shu o’rinda og’zaki ijod namunalari odob-axloq, ta’limtarbiya borasida o’ta hayotiy, xalqchil va ibratliligini, shu bois uning umumbashariy ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlashimiz joiz. Xalq og’zaki ijodining eng qadimiy va keng tarqalgan janrlaridan biri ertakdir.



Ertaklar - hayolot va fantastikaga keng o’rin berilgan, hayot haqiqatiga asoslangan, ibrat-o’git beruvchi og’zaki hikoyalardir.
3. Xalq pedagogikasi barkamol avlod tarbiyasi, uning kamolotiga oid barcha masalalarni o’zida mujassam etgan. Shunga ko‘ra barkamol shaxs vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ahillik, ilm va kasb-hunarga mehr-muhabbat, adolatlilik, ziyraklik, tashabbuskorlik, e’tiqod va sadoqatlilik, oqibatlilik, odoblilik kabi fazilatlarga ega bo’lishi, shu bilan birga chuqur ilm egallashi, vaqtning qadriga yetishi, xalq udumlari va milliy urf-odatlarini yaxshi bilishi va qadrlashi, diniy ta’limotlarni to’g’ri tushunishi, muomala odobi va kiyinish madaniyatiga rioya qilishi lozimligi uqtirilgan. Bu fazilatlaming aksi bo‘lgan nodonlik, badxulqlilik, manmanlik, qo‘rqoqlik, yolg‘onchilik, odobsizlik, insofsizlik, sabrsizlik, baxillik, kibru havo, hasadgo‘ylik, farosatsizlik kabi illatlardan xoli bo‘ lishi talab etilgan. Ana shu ijobiy fazilatlami yoshlar tarbiyasiga singdirish va illatlardan yiroq tutish yoki xoli qilish bo‘yicha xalq pedagogikasida qator tarbiya metodlari, usul va vositalari mavjud. O’git-nasihat qilish, ibrat-o‘rnak ko‘rsatish, rag‘batlantirish va qoralash kabi metodlarni xalqimiz asrlar davomida qo‘llab kelgan bo‘lib, uning quyidagi ijobiy shakllari:

-tushuntirish;

-o’rgatish, mashq qildirish;

-odatlantirish;

-kun tartibini rejalashtirish;

-yaxshi xislat va ishlarga undash;

-iltimos qilish;

-istak bildirish;

-maqtash;

-rahmat aytish, minnatdorchilik bildirish;

-ma’qullash;

-olqish aytish;

-duo qilish;

-alqash;


-tasalli berish;

-mukofotlash, taqdirlash;

- ishonch bildirish;

-oqlash;


- vasiyat qilish;

Shuningdek, xalq pedagogikasida o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda quyidagi holatlar qoralanadi:

-ta’qiqlash, ma’n etish;

-buyurish;

-ta’na, o’pka-gina qilish;

-talab qilish;

-uyaltirish;

-yolvorish va ko‘ndirish;

-tanbeh berish;

-majbur qilish;

-nafrat bildirish;

-masxara qilish;

-duoyibad qilish;

-koyish va qarg‘ash;

-ayblash va uyaltirish;

-oq qilish;

-ont-qasam ichirish;

-aybiga iqror qildirish;

-ishonchsizlik bildirish;

-zarda qilish;

-ko’r-ko‘rona ishonish;

-yomonlash va vaysash;

-urishish;

-qo’rqitish;

-gapirmasdan qo‘yish;

-jismoniy jazo berish va h.k

Hayotning mazmunini to‘g‘ri tushuntirish, farzandlarga odobaxloqni o’rgatish, ezgu ishlarga odatlantirishda xalq pedagogikasining yuqorida ta’kidlangan tarbiya metodlaridan foydalaniladi. O’git va nasihat metodi xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida o ‘z aksini topgan.
4.O’rxun-Enasoy yozma bitigi VII-VIII asrlarga tegishli qadimiy yozma bitig hisoblanadi. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqrtiya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya, Zarafshon vohalari, Parkana kabi o‘lkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Bular hozirgi o‘zbek xalqining «ildizi» hisoblangan sak-massagetlar, so‘g‘diyonlar, xorazmiylar, baxtarlar, chochliklar va parkanaliklar kabi qabila va elatlar edi. Keyinchalik ular o‘zaro va boshqa ko‘plab qabila va urug‘lar bilan birlashib ketgan va hozirgi Markaziy Osiyo hududtdagi xalqlarning ajdodlaridir. Ajdodlarimizning qadimiy madaniyatiga, ta’lim-tarbiyaga oid yozma yodgorliklar sarasiga O’rxun-Enasoy yodgorliklari kiradi. Turk hoqonligi tarkibiga kirgan turkiy Urug‘lar va ularning madaniyati O’rxun-Enasoy yodgorliklari orqali aniqlangan. O’rxun-Enasoy yodgorliklarining ko‘pchiligi rus olimlari tomonidan topilgan. Bular asosan O’rxun daryosi bo‘ylaridan, Enasoy daryosining yuqori qismidan, Qirg‘izistondagi Talas vodiysidan, Shuningdek, Baykal ko‘li atroflari, Lena daryosi sohillaridan ham topilgan.

O’rxun-Enasoy yodgorliklari asosan toshlarga o‘yib bitilgan yozuvlardan, idish, tanga kabi buyumlarda va qog‘ozlarda yozilgan bitiklardan iborat bo‘lib, bir qancha vaqtlar olimlar uchun o‘qilishi jumboq bo‘lib qoladi. Shunga ko‘ra u qadimgi skandinav-germat tillariga oid run, runiy yozuvi nomibilan ham yuritiladi. Faqat XIX asrning 90-yillarida bu yozuvni dastlab daniyalik olim V.Tomsen va rus turkshunosi V.V.Radlov o‘qiyilar. Ular bu yodgorliklarni turkiy xalqlarga tegishli ekanligini aniqlab beradilar.

O’rxun-Enasoy yozuvi bilan bitilgan eng yirik obidalarga quyidagilar kiradi:

1. O‘ngin (ongin) bitiktoshi – eng qadimiy va yirik yodnoma bo‘lib, 689 yoki 692 yillarga tegishli.

2. Tunyuquq bitiktoshi – 712-716 yillarda toshga o‘yib bitilgan.

3. Qultegin bitiktoshi – 732 yilga tegishli bo‘lib, juda yaxshi saqlangan. O’rxun daryosining Ko‘kshin irmog‘idan topilgan.

4. Bilga hoqon bitiktoshi – Qultegin bitiktoshi bilan birga topilgan.

5. Quli chur bitiktoshi – VIII asrga tegishli.

6. Moyun chur bitiktoshi – VIII asrga (taxminan 759 yillar) tegishli.

7. Irq bitigi (folnoma).

Bu bitiktoshlar VII-VIII asrlarga tegishli bo‘lib, turk hoqonligi davrida runiy yozuvida bitilgan. Ular grafik jihatdan bir-biriga ancha yaqin turadi. So‘g‘diy yozuvi asosidapaydo bo‘lgan.
5.O’rxun-Enasoy tarixiy yozma bitigi qadimgi turkiy xalqlarning kelib chiqishi, madaniyati, yashashi kabi bir qator ma’lumotlar bilan boyitilgan bo’lib bitikda bundan tashqari insoniyat uchun botirlik, halollik, poklik, qo’rqmaslik, rostgo’ylik, hurmat, mehribonlik, e’zozlash, jasurlik va shu kabi bir qator kishi uchun g’oyatda muhim va qadrli bo’lgan fazilatlar qadrlangan.
6. «Avesto» (asli «Ovasto») so‘zi «Ogohnoma», «donishnoma» degan ma’nolarni ifodalaydi. «Avesto» zardushtiylik dinining muqaddas kitobi

hisoblanib, o‘z davrida o‘Sha paytlarda bu dinga e’tiqod qiluvchilar uchun muqaddas kitob sanalgan va unga bir necha ming yillar davomida ixlos bilan amal qilib kelganlar.1 Hozir esa bu kitob ajdodlarimiz madaniyati va ma’naviy qadriyatlaridan darak beruvchi, jahon tamadduniga (sivilizatsiyasiga) muhim hissa qo‘Shgan, olamshumul ahamiyatga ega bo‘lgan ona yurtimizning eng qadimgi, eng mo‘‘tabar, eng nodir, madaniy tarixiy, ma’rifiy yodgorligi sifatida o‘rganiladi.


7. «Avesto» miloddan avvalgi XII-VIII asrda yashab o’tgan Zardusht yakka bir tizimga soldi. Uning o’zi ham Gohlar qismini yozib kitob qilgan va “Zardushtiya” dinigga asos solgan. O’sha paytlarda ko’pxudolikka asoslangan dinni yakka xudolikka tomon targ’ib qilgan. Ko’pxudolikning yovuz marosimlaridan biri hisoblangan insonlarni so’yib qurbonlik keltirish odatiga qarshilik ko’rsatgan. U o’z bilimini Ahura Mazdadan kelgan vahiylar bilan boyitdi va ko’p xudolikning vahshiy illatlarini chilparchin qilib tashladi.

«Avesto»da olov, tuproq, suv va havo muqaddas hisoblangan. Unga ko‘ra er, suv, zamin, xona, badan, kiyim-kechak, oziq-ovqatlarni ozoda tutish va saqlashga alohida e’tibor berilgan. Erni iflos qilgan va uni asrlash qoidalarini buzgan shaxslar 400 qamchi urish bilan jazolangan. «Avesto»dagi muhit tozaligini saqlash va kasalliklarning oldini olish vositalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

1. Axlatlarni bekitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh, kul bilan ko‘mib tashlash. Shu yo‘l bilan mikroblar o‘ldirilgan yoki kamaygan.

2. Otash, issiqlik va sovuqlik yo‘li bilan yo‘qotish. «Avesto»da otash poklovchi va ofat ketkazuvchi vosita. U bilan hatto kiyim-kechaklarni zararsizlantirilgan.

3. Kimyoviy yo‘l: kul, sirka, Sharob, turli giyohlar tutatish yo‘li bilan.

«Avesto»da doimiy badantarbiya bilan Shug‘ullanish, kunda yuz-qo‘lni bir necha marta yuvish, sochni toza tutib, tirnoqlarni tez-tez olib turish tavsiya etiladi.


8. Madaniy – yaxshlik va yomonlik. Jismoniy – yaxshilik va yomonlikni keltirib chiqaruvchi harakatlar majmuyidir.
9. «Zardushtiylik» dini insonlarga asrlar bo‘yi ma’naviy madad, ruhiy oziq bo‘lib xizmat qildi. «Avesto» dagi alqov qo‘Shiqlari, sanolar bashariyat tomonidan uzoq-uzoq yillar mobaynida

qiroat bilan kuylab kelindi va insonlarda kelajakka umid, yaxshilik, ezgulik, mardlik, qahramonlik, pokizalik, rostgo‘ylik tuyg‘ularini tarbiyalaydi, yovuzlikka nisbatan esa nafrat hissini uyg‘otishga xizmat qildi va mamlakatlar bo‘ylab keng tarqaldi. Jumladan, qadimgi Parfiya, Baqrtiya, So‘g‘diyona, Parkana, Ozarbayjon, Eron, Xuroson, Iroq, Mug‘ilistondan tortib to Suriya, Xitoy, shimoliy Hindiston, Rum, habashiston va boshqa mamlakatlarga tarqalgan.



«Avesto»dan namunalar.

Har bir inson o‘zi o‘sib-ulg‘aygan zaminini eng yaxshi va go‘zal mamlakat deb tushunmog‘i kerak.

Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganish bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin.

Bolalar yosh paytidanoq daraxt ko‘chati o‘tkazish, uy-ro‘zg‘or qurollari yasash, erga ishlov berish va chorva bilan Shug‘ullanishga o‘rgatilishi shart.

Yaxshilik va ezgulik yaratish uchun kishi mehnat qilishi, o‘z qo‘llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratishi lozim.

Inson butun umri davomida suv, toproq, olov, umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga haqlidir.

Er, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 kishi qamchi urish jazosiga mahkumdir.

Yaxshilik ta’limini va sadoqatini amalga oshirib yaxshi hokimlar hukm yuritaversinlar. Odamlarga va ularning avlodlariga baxt-saodat keltiradigan ta’limni amalga oshirsinlar.

Ezgu o‘y, ezgu so‘z va savob ishlarni alqayman. O‘zimni barcha ezgu o‘ylarga, ezgu so‘zlar aytishga, yaxshilik ishlar amaliga baxshida qilaman, barcha yomon yo‘lardan yomon so‘zu yomon ishlardan yuz o‘giraman.

Qadimgi Xorazm, So‘g‘d, uyg‘ur, turkiy-run yozuvlarining ta’lim-tarbiyani rivojlantirishdagi o‘rni



Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishgan.

2-TOPSHIRIQ
O‘git-nasihatIbrat-namuna Rag‘batlantirish

Mashq

Uyaltirish

Hikoya

Koyish

Nasixat

Uzur so’rash

O’git

Tlak bildirish

Odatlanish

Duo qilish


3-TOPSHIRIQ

Qultegin bitigi

Tangri toq. Tangridan bo‘lgan

Turk bilka qog‘on bu yerga o‘lturdim.

So‘zimni tugal eshitgil.

Og‘ayu inimlar, o‘g‘lonim.

Birlashgan ulusim, budunim

O‘ndagi shad apa beglar,

So‘ldagi tarqat buyruq beglar,

O‘tuz

To‘quz o‘g‘uz beklari, buduni

Bu so‘zimni yaxshilab eshit,

Qattiqla tingla.

To’nyuquq bitigi

Bilka To‘nyuquqmen o‘zim

Tabg‘ach elida o‘sdim.

Turk budun Tabg‘achga qarar edi,

Turk budun xoni bo‘lmayin

Tabg‘achdan ajraldi, xonlandi.

Bilga xoqon bitigi

Podisho doim odil va bilimli bo’lishi zarur.


4-TOPSHIRIQ

Pedagogik tarix Tarix

-Millat -Tarixiy yozma -Inson

-Tarixiy milliy qarashlar manbalar -Tarixiy manbalar

Tarixiy metodlar

-Ilmiy bilimlarni -Milliy urf odatlar -Tarixiy davrlar

davrlashtirish -Davlatliylik taxixi



Xalq pedagogikasining -Tarixiy an’analar -Jamiyat sivilizatsiyasi

tarixiy an’analari
Download 30.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling