Tabiiy fanlarning o’qitilish ahvoli, labotatoriyalarning o’tkazilishi bo’yicha


Download 19.93 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi19.93 Kb.
#1490034
Bog'liq
Tabiiy fanlar. DILSO\'Z


Tabiiy fanlarning o’qitilish ahvoli, labotatoriyalarning o’tkazilishi bo’yicha.
Maktabimizda fizika, kimyo, biologiya fanlaridan 6 nafar o’qituvchi faoliyat olib bormoqdalar Ulardan 1 nafar oily toifali 4 nafari I –toifali 2 nafari II- toifali o’qituvchilardir. Fizika fani o’qituvchisi M.Karimovaga “Direktor jamg’armasi” dan 10%li ustama haq belgilangan. Fan o’qituvchilari o’zaro darslarga kirishi yaxshi tahlil daftarlari bor yuritilib kelinmoqda.O’qituvchilar tomonidan dars samaradorligini yanada oshirish uchun mavzularga oid DIDAKTIK materiallar tayyorlangan.Mavzularni kengroq va to’la yoritish uchun har bir mavzu uchun audio va video materiallar to’plangan. Dars davomida o’quvchilar bilim samaradorligini oshirish uchun foydalanib kelmoqdalar.
Tabiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarning nazorat bilimlarini yanada mustahkamlash uchun amaliy ishlar va labaratoriya ishlarining ahamiyati katta. Fizika fanidan: 11-sinflarda 3 ta labaratoriya ishi berilgan va otkazilgan.
10-sinflarda labaratoriya ishi jami 4 ta, o’tkazilgan jami 2 ta, o’tildi 1
9-sinflarda 6 tasi o’tkazildi, 2 tasi 4-chorakda o’tiladi
8-sinflarda labaratoriya ishi 5 ta 4 tasi o’tkazilgan, amaliy mashg’ulot jami 2 ta, 2tasi ham o’tkazilgan
7- sinflarda 7 ta labaratoriya ishi bo’lib 3 tasi o’tkazilgan, 4 tasi 4-chorakda o’tkaziladi.
Kimyo fanidan 7-sinf jami 13 ta 9 tasi bajarilgan 4 tasi 4-chorakda bajariladi
8- sinflarda jami 5 ta, 2 tasi bajarilgan
9- sinflarda jami 3 ta, 2 tasi bajarilgan
10- sinflarda jami 11 ta, 5 tasi bajarilgan
11- sinflarda amaliy mashg’ulotlarning barchasi masala yechish
Biologiya fanidan 7-sinfda 7 ta labaratoriya mashg’uloti bo’lib barchasi o’tkazilgan
Amaliy mashg’ulot jami 13 shundan 8 tasi o‘tilgan,qolgan 5 tasi 4-chorakda o’tiladi.
8-sinfda 7 ta labaratoriya mashg’uloti bo’lib, 6 tasi o’tkazilgan
9-sinfda 8 ta labaratoriya mashg’uloti bo’lib, 7 tasi o’tkazilgan
Amaliy mashg’ulot jami 3 shundan 1 tasi o‘tilgan
10-sinf jami 20, 15 tasi o’tkazildi
11-sinf jami 5, 3 tasi o’tkazildi
6-sinf tabiiy fan darsligi bo’yicha 22 tasi bo’lib, 14 tasi o’tilgan
6-sinf amaliy mashg’ulotlari uyda oddiy qilib berilgan, uyda topiladigan plastik idishlar, yelim, faner, qattiq kardonlardan foydalanib o’tkazish mumkin. bundan tashqari 5 ta loyiha ishi berilgan bo’lib, o’quvchilar bemalol sinfxonasida bajarishlari mumkin.
7-sinflar darsligi ham yangi yangi kelgan, mavzular umuman o’zgarib ketgan. o’quvchiga ko’p narsalar bog’liq bo’lib qolmoqda.Har mavzuni o’qib-o’rganib bormasa bir-biri bilan bog’lanmay qolib ketadi.
10-sinf mavzularini mustahkamlashga doir mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar berilgan. Berilgan topshiriqlar taqqoslab, qiyoslab o’rganishga qaratilgan. Bu yangi kelgan darslik mavzulari bo’yicha berilgan topshiriqlarga o’quvchilar fikrlarini bildirishlari kerak, lekin hozir darsliklarda bog’liqlik bo’lmagani uchun o’quvchilar sayoz fikrlamoqdalar.Har bir mashg’ulotlar rejada belgilangan sanada barcha sinflarda o’tkazilgan. Mashg’ulotlar uchun alohida daftarlar tutilgan va amaliy ishlar o’qituvchilar tomonidan baholangan.
Fizika fani o’qituvchisi M.Karimovaning 3-mart sanasida 9-‘A’ sinfida “Havoning nisbiy namligini aniqlash” nomli mashg’ulotini kuzatdim.
Asosiy maqsadi havoning namligini tajribada aniqlash, o’rganish.
8 “B” sinfda 7.03 sanada biologiya fanidan laboratoriya mashg`uloti: “Tizza refleksining hosil bo`lishini kuzatish” o`qituvchi Q. Yaxshimurotov. Bu mashg`ulotni o`qituvchi tushuntirib berdi: Nerv kasalliklarida tizza refleksining hosil bo`lishi buziladi, shifokorlar tizza refleksini tekshirish orqali orqa miya funksiyasini bilib olishadilar. 71 rasm asosida qayta o`rgandilar. Refleks hosil bo`lishi, qanday uzatilishini, ikki o`quvchi bo`lib refleks hosil qildilar. Bolg`a bilan tizza qopqog`I payi pastki qismiga asta urish orqali refleks hosil qildilar va tushuntirib berdilar. Rezina bolg`acha bilan urilganda paydagi sezuvchi nervda paydo bo`lgan qo`zg`alish orqa miyaga undan harakatlantiruvchi nerv orqali oldingi son muskullariga uzatiladi. Muskullar qisqarib, oyoqni tizzadan ko`taradi, ya`ni tizza refleksi sodir bo`ladi. har bir o`quvchi refleks qanday uzatilishi va hosil bo`lishini bajarib tushuntirib berdilar. Mashg`ulot vaqtida o`quvchilar erkin harakat qildilar. Daftarlariga yozib oldilar. Xulosa qilinib o`quvchilar baholandilar.
4.03 Kimyo fani o`qituvchisi S. Kamolova
Amaliy mashg`ulot “Kislotalar olish va xossalarini o`rganish” mavzusidagi darsini kuzatdim. Mavzu amaliy mashg`ulot daftarlariga yozildi. O`tilgan mavzu “Kislotalar” mustahkamlandi. O`quvchilar 3 guruhga ajratilgan. 1. Qoidalar 2. Kislotalarni yozish 3. Reaksiyaga kirishishi (doskada bajardilar) shartlar bajarilgandan keyin guruhlar baholanib borildi. Har bir o`quvchi guruhini himoya qildi. O`tilgan mavzu to`liq mustahkamlandi. Yangi mavzuni tushuntirdi va guruhlarda ishladi.

  1. Guruhlar tajribalarni daftarlariga yozib oldilar

  2. Tushuntirib berdi

  3. Tajribani bajardilar

  4. Reaksiyasini yozdilar

Kislotalarni yozdilar O‘quvchilar faol ishtirok qildilar.o`qituvchining ishtirok qilmasligini tajriba o`tkazayotganda aytib o`tdilar. Mustaqil bajardilar. Reaksiya uchun kislota yozganlarida qisqa xatolarga yo`l qo`ydilar. Har bir shart ballari e`lon qilindi. o`quvchilar baholandilar. Harakat qilmagan o`quvchi qolmadi. Hamma bajardi va yozdi. Mashg`ulot tajribasi uchun kislotalar, jihozlar yetarli. O`quvchilar oq xalat kiysa amaliy mashg`ulot bundan ham yaxshi bo`lar edi. Kimyo fanidan berilgan tajribalarni bajarish uchun anorganik moddalar yetarli, amalda ko`rsatib xossalarini aniqlab tahlil qiladilar. Amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish uchun organic moddalar (efirlar, tuzlar, kislotar ham oz miqdorda) yetarli emas. Tajriba uchun zarur spirtlar, quruq yoqilg`ilarni dorixonalardan olib kelib, iloji boricha tajribalarni ko`rsatib kelmoqda. Bu mashg`ulotlarni o`tkazishda o`qituvchi laborant hamkorligi yaxshi, o`zaro hamkorlikda faoliyat yo`lga qo`yilgan. Moddalarning kirim-chiqim dalolatnomalari yozilgan va imzolangan.
6”D”-tabiiy fan 23-fevral.
Mavzu: O’zbekiston dunyo xaritasida
Maqsad: O’quvchilarga dunyo siyosiy xaritasida maydoni , aholisi ,turli xil tabiiy boyliklari orasida nechanchi o’rinda turishini kengroq tushuntirish.
O’zbekiston maydoni jihatdan dunyo xaritasida 55-o’rin Osiyo qit’asida 44-o’rinda turishi, O’zbekiston Yevrosiya materigida ,Osiyo qit’asining markazida joylashgan. Darsda foydali qazilmalar belgilari yasalgan kartochkalar o’quvchilarga tarqatildi,ular belgilarni to’g’ri aytdilar. Guruhlarga bo’linib savollarga javob yozdilar. 2-guruh a’zolari savollarga 1- bo’lib savollarga to’liq javob yozdilar. Dars oxiriga kelib o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash uchun geografik diktant olindi. Oldingi kelgan 10 o’quvchi baholandi. Faol o’quvchilar darsda rag’batlantirildi.
Darslarida ko’proq O’zbekiston hududlarining ma’muriy bo’linganligini ketma-ketligi so’raldi.Bu metodda o’quvchilar qaysi viloyatning markazi o’zgaradi qarsisiniki o’zgarmaydi. Qaysi viloyat g’arbda, sharqda,shimolda va janubda joylashganligini bilib oldilar. Chegaradash davlatlarni ko’proq ayttirdi. Chegaradoshlikda Qozog’iston chegara uzunligi eng katta hisoblanadi. Darsda ko’proq tarqatmalardan foydalanildi.
Maktabda o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, iqtidorli o’quvchilar va ulgurmovchi o’quvchilar bilan ishlash maqsadida to’garaklar tashkil qilingan.
O’quvchilarning to’garak hujjatlari to’g’ri yuritilgan. Kamchiliklari to’g’irlandi.
Oxirgi so’z:Tabiiy fanlarni o’qitishda tajribalar o’tkazish o’quvchilar tomonidan amaliy ishlar bajarilishiga ahamiyat qaratish kerak.
Kuzatilgan darslar tahlil natijasida kengash qaror qiladi.
1. Maktabda tabiiy fanlarning o’qitilishi va o’quvchilarning bilim samaradorligini yanada oshirish borasida olib borilayotgan ishlar to’g’risida O’ZBDO’ D.Normetovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Tabiiy fan o’qituvchilarning darsga tayyorgarliklari o’quvchilarning darslarda faolligini yanada oshirish borasida faoliyatini, iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash, fan to’garaklarini olib borishdagi faoliyatida ijobiy ishlar mavjudligi ko’rsatib o’tilsin.
3. Tabiiy fan o’qituvchilariga maktabda mavjud laboratoritya jihozlaridan yanada samarali foydalanish qo’shimcha o’quv laboratoriya uskunalarini o’quv qurollarini , ko’rgazmalarni yaratish va darslarda unumli foydalanishga ahamiyat berish, shuningdek o’quvchilarning texnik ijodkorlik ko’nikmalarini shakllantirish chora tadbirlarini ko’rish vazifalari topshirilsin.
4. MMZBDO’ A.Salayevga tabiiy fanlar yo’nalishida o’quvchilar o’rtsida turli tanlovlar , kechalar ,m ko’rgazmalar tashkil qilib, ularni yuqori saviyada o’tishini nazorat qilish va o’quv yili yakuni bo’yicha kengashga axborot berish topshirilsin.
Download 19.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling