Tabiiy fanlarning zamonaviy kon sepsiyasi
Ekologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi
Download 333.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-rasm. Ekologiya.
- Autekologiya va sinekologiya. Ekologiya autekologiya va sinekologiyaga bolinadi. Autekologiya
8.3. Ekologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi
XX asrning 20-yillariga kelib genetika va darvinizmning uyg^unlashuvi bilan bir qatorda boshqa yo‘nalishlar ham rivojlana boshladi. Shulardan biri ekologiya bo‘lib. u alohida organizmlar va tirik tabiatning majmuasi va uyg'unligidan iboratdir. Uning lug'aviy m a’nosi grekcha “oikos”— manzil, yashash joyi m a’nosini anglatadi. Ekologiya - tirik organizmlarning yashash joyi va ulami o'rab turgan 93 makon bilan o'zaro aloqasini o'rganadigan fandir. Ekologiya - or gan izmning tashqari muhit sharoitiga munosabati va uning yashash sharoitiga moslashishi shakllarini o ‘rganadi (14-rasm). 14-rasm. Ekologiya. Ekologiya darvinizm tufayli paydo bo‘ldi, so‘ngra u darvinizmni rivojlanishiga hissa qo'shdi hamda yashash uchun kurash jarayonini o'zida aks ettirdi. Yangi fanga 1879-yil E.Gekkel ekologiya deb nom berdi. Ekologiya biosferaning evolyutsion tizimini va rivojlanish qo- nunlarini butunligicha ochib beradi hamda o ‘zaro aloqalar zanjirini o ‘rganadi: organizm - k o ‘payish - tur - biotsenoz - biogeotsenoz - biosfera. Ushbu tizimda organizm yangi paydo bo'lish laboratoriyasi ro- lini bajaradi. K o‘payish tabiiy tanlanish harakatining boshlang‘ich k o ‘rinishini namoyon etgan holda elementar evolyutsion birlikni bio- tik aylanishning asosiy kombinatsiyalarini biotsenozda jamlaydi. Autekologiya va sinekologiya. Ekologiya autekologiya va sinekologiyaga bo'linadi. Autekologiya turlar va muhit orasidagi o ‘zaro munosabatlarini o ‘rganadi. Sinekologiya esa turlarning o ‘zaro munosabatini biotsenoz birikmasida o ‘rganadi. Autekologiya tabiat ga moslashish ko'rinishlarini tabiiy tanlanish natijasi sifatida ochib bersa, sinekologiya yashash uchun kurashning alohida ko'rinishlarini 94 ajratib beradi. Albatta, ekologiyaning ikkala tarm og‘i ham o ‘zaro bog‘liq va ularning bo‘linishi nisbiydir. Ekologiyada ko‘payish, alo hida mazmunga ega hamda o ‘ziga xos o ‘rin egallaydi, b a ’zan ekologi- yani biologik fan - “u yoki bu tumi aniq yashash muhitida ko'payish va yashash qonuniyatini o ‘rganuvchi fan deb qaraydilar”. Bir hududda yashab va o'zaro aloqada bo‘ladigan har xil turlar- ning yig'indisi biotsenoz deb ataladi. Ular orasida yirtqich va o ‘lja, betaraflik, o ‘zaro hamkorlik, o ‘zaro yordam, parazitlik munosabatlari bo‘lishi mumkin. V.N.Sukachyov va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan biot- senozlar haqidagi ta ’limotda turli organizmlarning o ‘zaro munosa- batlarini ko‘p qirrali ekanligi va bu munosabatlar biotsenozni tashkil etuvchi (o‘simliklar, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) tuproq va muhitning barcha abiotik olimlarining o'zaro aloqadorligi natijasi ekanligi ko‘rsatildi. Biogeografik izlanishlar bir qator ekologik. geografik o ‘zgarishlar qonuniyatlarini aniqlab berdi (masalan, tanadagi turtib chiquvchi qismlar — quloq, dum va boshqalar. Sovuqroq joylarda qisqaroq va issiqroq joylarda uzunroq bo‘ladi). Download 333.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling