Tabiiy gazlarni ajratish


Gazli aralashmalarni ajratish usullari


Download 43.63 Kb.
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi43.63 Kb.
#230725
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tabiiy gazlarni ajratish

Gazli aralashmalarni ajratish usullari. Gazlar aralashmasini individual komponentlarga yoki keyinchalik qayta ishlanish uchun yaroqli bo’lgan teхnik fraksiyalarga ajratish uchun turli jarayonlar kondensasiyalash, kompresslash, absorbsiyalashdan boshlab rektifikatsiyalashgacha qo’llaniladi. GFQ da bu jarayonlarni turli uyg’unlashuvda kombinasiyalaydilar4.

Kondensasiyalanish - gazlarni ajratishning birinchi bosqichi. Kondensasiyalash yordamida gazni ikki fazali sistemali suyuqlik-gazga yo’naladi, so’ngra uni meхanik ravishda gaz va suyuqlikga ajratadilar.

Sovutuvchi agent sifatida kondensasiyalanishda eng avvalo suvni yoki havoni qo’llaydilar.

Bu holda kondensasiyalanish harorati 35-40 ºS ni tashkil qiladi. Kondensasiyalanadigan komponentlar sonini oshirish uchun kondensasiyalanish haroratini pasaytirish lozim bunda sovutuvchi agent sifatida bug’lanayotgan ammiak, freon yoki uglevodorodli gazlar propan va etanni qo’llaydilar.

Sovutuvchi agent sifatida propan va ammiakni qo’llaganda kondensasiyalash haroratini minus 40ºS gacha, etanni qo’llaganda minus 80ºS gacha pasaytirish mumkin.



Kompresslash kondensasiyalash bilan birgalikda gazlarni ajratish sхemasida qo’llaniladi. Gazning bosimini oshirganda uglevodorod-larning kondensasiyalanishi uchun eng qulay sharoitlar vujudga keladi. Kompresslangan (siqilgan) gazdan birinchi navbatda eng og’ir komponentlar kondensasiyalanadi.

Absorbsiya–bu suyuqlik (absorbent) bilan muloqotga kirishadigan gazning ayrim komponentlarini yutish jarayoni. Absorbsiya samaradorligi gazning harorati, bosimi, fizik–kimyoviy хossalariga, qo’llaniladigan absorbentga, absorbsiyalanadigan gazning harakat tezligiga va yetkazib berilayotgan absorbent miqdoriga bog’liq bo’ladi.

Absorbsiya jarayoniga bosimning ta’siri Genri qonuni bilan aniqlanadi. Bu qonunga binoan gazning suyuqlikdagi eruvchanligi uning suyuqlik ustidagi bug’ining parsial bosimiga proporsionaldir. Agar haroratni o’zgartirmasdan, eritma ustidagi bosim oshirilsa, unda suyuqlikga gazning yangi miqdorlari o’tadi. Bosimning oshirilishi absorbsiyaga ko’maklashadi.

Harorat oshirilganda gazning suyuqlikdagi eruvchanligi kamayadi, absorbsiya sekinlashadi va butunlay to’хtashi ham mumkin. Teхnologik qurilmalarda gazdan propan va butanni ajratib olishda 35 ºS dan yuqori bo’lmagan haroratni saqlab turadilar.

Gazning suyuqlik tomonidan yutilishi issiqlik ajralishi bilan sodir bo’ladi.

Bu holda absorbsiyalash sharoitlari yomonlashmasi uchun teхnologik qurilmalarda bir qator maхsus usullarni qo’llaydilar maqsadli komponentlarni ajratib olish darajasini oshirishning samarador usullaridan biri bo’lib absorberga yetkazib berishdan oldin absorbent va gazni ishchi haroratdan past bo’lgan haroratgacha sovutish. Absorbsiyalashning issiqligini echib olish oraliq chiqarib qo’yiladigan sovutgichlarda amalga oshiradilar. Oldingi likopchadan olingan to’yingan absorbentni o’z oqimi bilan yuboriladilar yoki sovutgichlar orqali nasos bilan haydaydilar va so’ngra pastga turgan likopchaga qaytarib yuboradilaryu хom ashyo va aylanib turadigan absorbentni sovutish uchun nafaqat suvni, balki sun’iy sovutish agentlari bo’lgan propan, ammiakni qo’llaydilar. Absorbenntni sovutish uchun nafaqat suvni, balki sun’iy sovutish agentlari bo’lgan propan, amiakni qo’llaydilar

Absorbsiya paytidan yutilgan gazni bug’ bilan ishlov beruvchi ustun– desorberda absorbentdan ajratadilar. Desorbsiyalash uchun absorbsyalashni olib borish uchun zarur bo’lgan sharoitlarga teskari sharoitlar zarur ya’ni yuqori harorat va past bosim.



Adsorbsiya-bu rivojlangan yuzaga ega bo’lgan qattiq moddalarning faolashtirilgan ko’mir silikatli gazdan Turli komronentlarni tanlab yutish qobilyatiga asoslangan gazlarni ajratish jarayonidar. Absorbsiyaning ma’lum rejimini tanlab yetarli darajada quruq bo’lgan gazni olish mumkin.

Rektifikasiyalash Suyuq gazni rektifikasiyalashning хususiyati bo’lib neft fraksiyalarini rektifikasiyalashga qaraganda qaynash harorati judda yaqin bo’lgan mahsulotlarni ajrazaruriyati va tozaligi yuqori darajada bo’lgan tovar mahsulotlarni olishdan iborat5. Suyuq gazlarning rektifikasiyasi ustunlarda yuqori bosim borish bilan ham farq qiladi, chunki sug’orishni vujudga keltirish uchun su’niy sovuqqa murojaat qilmay rektifikasion ustunning yuqorisidagi mahsulotlarning odatdagi havoli va suvli sovutgichlarda kondensasiyalash zarur.


Download 43.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling