Tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi
Download 166,07 Kb.
|
interfaol qollanma
O ‘SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI EKOLOGIYASI CHIRCHIQ OLIY TANK QO‘MONDON-MUHANDISLIK BILIM YURTI TABIIY-ILMIY FANLAR KAFEDRASI CHIRCHIQ -2019 x
MUNDARIJA
x Kirish O‘simlik va hayvonlar yerning hayot qobig‘i – biosferaning asosiy komponentlaridan bo‘lib, tabiiy resurslar orasida alohida o‘rinni egallaydi. Oqilona foydalanilganda o‘simlik va hayvonlar tiklanadigan va cheksiz mahsulot beradigan manbaga aylanishi mumkin. Bitiruv ishi mavzusining dolzarbligiva uning asoslanishi: Ekosistemalarda organizmlar qanchalik xilma – xil bo‘lsa, uning tashqi ta’sirga chidamliligi ham Shunchalik kuchli bo‘ladi. Shuning uchun biosferadagi mavjud xilma-xillikni saqlab qolish tabiatni muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Biosferadagi muvozanatni saqlab qolishda o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun turli tadbirlar o‘tkaziladi. XIX asrdan boshlab qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar, buyurtmaxonalar tashkil kilish faoliyati jadallashgan. Noyob va yo‘qolib borayotgan turlarning muhofazasiga e’tiborni kuchaytirish uchun 1966 yili Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tomonidan xalqaro «Qizil kitob» tashkil qilingan. Alohida davlatlar o‘z «Qizil kitobi»ga ega.«Qizil kitob» faqatgina xatar darakchisi bo‘lmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi hamdir. O‘simlik va hayvonlarni muxofaza qilish faqatgina turli davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik yo‘li bilangina muvaffaqiyatli olib borilishi mumkin. Ko‘chib yuruvchi hayvonlar, Dunyo okeani hayvonot va o‘simlik dunyosi, chegaralararo daryolarda yashovchi o‘simlik va hayvonlar davlatlararo kelishuv yo‘li bilan muhofaza qilinadi. 1992 yili Rio-de-Janeyroda «Biologik xilma-xillikni saqlash» xalqaro Konvensiyasining imzolanishi boshlangan va hozirda bu konvensiyaga dunyodagi 170 dan ortiq davlatlar, shu jumladan O‘zbekiston ham qo‘shilgan. O‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish alohida maxsus xalqaro va milliy darajadagi qonunlar orqali nazorat qilinadi. x x I BOB.O‘SIMLIK VA HAYVONLARNI MUHOFAZALASH 1.1. Biologik resurslar Insonlarning to'laqonli hayotini ta’minlovchi barcha turdagitirik organizmlar: o'simliklar, hayvonlar, zamburug'lar vabakteriyalar inson uchun biologik resurslar (bioresurs)hisoblanadi. Ular ahamiyatiga ko 'ra birinchi darajaliresurslardir, chunki ular inson hayotining biologik asosini(ozuqa)tashkil etadilar. Bioresurslarning ekologik jihatdan ahamiyatiularning cheksiz qayta tiklana olish xususiyatidir.Shu tufayliinson hayotining uzluksiz davom etishiga tabiiy imkoniyatyaratilgandir. Bioresurslardan oqilona, to'g'ri foydalanilsaulardan cheksiz va unumli foyda olish mumkin. Masalan,Alyaskadagi oltin konlaridan 75 yil (1875-1950-yil) foydalanishdavomida 1 mlrd.dollarlik foyda olingan va ularning zaxirasihozirga kelib tugagan bo'lsa, Kamchatka losos balig'ini ovlashhisobiga 7,5 mlrd. dollarlik foyda ko'rilgan va baliqlarningzaxirasi tugab qolgani yo'q. Shuni ham unutmaslik zarur-ki, agarbioresurslardan nooqilona foydalanilsa tugab qolishi va umumanqayta tiklanmasliklari mumkin. Ya’ni ular tugaydigan, qaytatiklanadigan resurslar guruhiga mansubdirlar. Insoniyathayotining moddiy va ma ’naviy jihatdan t a ’minlovchibioresurslarni 3 toifaga bo'lish mumkin: 1. Biosfera hayotini ta’minlovchi resurslar. 2. Insonning ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etilgan bioresurslar. 3. Insoniyatning ma’naviy taraqqiyoti uchun zarur bo'ladigan bioresurslar.
x
Insonning ma’naviy taraqqiyoti uchun zarur bo‘ladiganbioresurslar - kishilaming m a’naviy kamol topishi, jismoniy varuhiy jiha tdan dam olishinita’minlaydigan o'simliklar,hayvonotlar va boshqa biologik obyektlami o ‘z ichiga oladi.Tirik tabiat inson salomatligi, ijodi, tarbiya va ta’limining moddiymanbasi hisoblanadi. Bioxilma-xillik haqida umumiy ma’lumot.«Biologik xilma-xillik» yoki «bioxilma-xillik» termini nisbatan yangi va uncha ko‘p tanilmagan. U Yer sharida uchratish mumkin bo‘lgan barcha jonli narsalarning - hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar va boshqalarning xilma-xilligini bildiradi. «Bioxilma-xillik» terminida biologik dunyoning barcha qismlarini bog‘liqligi aks etgan. Ko‘pincha bioxilma-xillikni uch darajada ko‘rib chiqiladi:turlar xilma-xilligi,genetik xilma-xillik,ekosistemalar xilma-xilligi. XXI asrga kirish bioxilma-xillikniyu kamayish tezligini keskin pasaytirish va hozirda qolganini barqaror rivojlanishning asosi sifatida saqlashni boshlanishi bo‘lishi zarur. Bu esa, hech shubhasiz, butun insoniyat uchun eng muhim muammo bo‘lib qolmoqda. Bizning ona sayyoramiz nisbatan yosh samoviy jism hisoblanadi.Uning yoshi taxminan 4.6 million yilga teng. x Ishlab-chiqarish chiqindilari jiddiy ekologik muammoga aylandi. Hozirgi vaqtda atrof-muhitni ifloslantiruvchi sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari chiqindilari miqdorini kamaytirishga harakat qilinmoqda. Bu maqsadda murakkab filtrlar ishlab chiqilmoqda va o‘rnatilmoqda, qimmatbaho tozalash qurilmalari tindirgichlar barpo etilmoqda. Ammo tajribalar ko‘rsatadiki, ular garchand ifloslanish xavfini pasaytirsa-da, lekin muammoni butunlay hal etishga yordam bera olmaydi. Ma’lumki, eng mukammal tozalash ishlaridan keyin ham, tozalangan oqova suvlarda 10% ga yaqin ifloslantiruvchi moddalar va erigan mineral moddalar qoladi. Aftidan, muammoni chiqitsiz texnologiya ishlab chiqish va uni amalga joriy etish yo‘li bilangina hal etish mumkin. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda agrotexnika qoidalariga va o‘g‘it solish me’yorlariga qat’iy amal qilish muhimdir.Chunki, zararkunandalar va yovvoyi o‘tlar bilan kimyoviy vositalar yordamida kurashish ekologik muvozanatning buzilishiga olib keladi. Bu krizisni bartaraf etish yo‘llarini axtarish bir necha yo‘nalishlarda olib borilmoqda. Qishloq xo‘jaligi zararkunandalari va kasalliklarga chidamli o‘simlik navlarini o‘stirish borasida ishlar qilinmoqda. Zararli hasharotlarning tabiiy dushmanlari ko‘paytirilib, biologik ko‘payish usullari borasida katta izlanishlar olib borilmoqda. Faqat, hasharotlarning ma’lum turlarining biokimyoviy sistemasiga ta’sir ko‘rsatib boshqa organizmlarga zarar keltirmaydigan yuqori, texnologiyali pereparatlar ishlab chiqilmoqda. x
O‘simliklar deb oddiy, bir hujayrali, juda mayda suvo'tlaridan to ulkan daraxtlargacha bo‘lgan, mustaqil ravishdaorganik moddala rni sintez qila oladigan avtotrof tirikorganizmlar guruhiga aytiladi. Bular qatoriga organik moddalarni atrof-muhitdan tayyor holda oluvchi geterotroforganizmlar - zamburug‘lar ham kiritiladi. Ularning biosferadagiva inson hayotidagi ahamiyati turli-tuman va keng ma’noga ega.Ekologik nuqtai nazardan quyidagilami ta’kidlash maqsadgamuvofiq: Tabiatning muhim tarkibiy qismi sifatida o'simliklar yerningasosiy biomassasini tashkil etadilar va biosferadagi moddaaylanishini ta ’minlaydilar. Yerdagi biomassaning 99%io'simliklar hissasiga to'g'ri keladi. O'simliklardagi fotosintezjarayoni natijasida barcha suvlar 5,8 mln. yilda, atmosferadagikislorod 5800 yilda, karbonat angidridi 7 yilda bir martayangilanib turadi. Ularda kechadigan fotosintez jarayoni tufayliYerda dastlabki organik modda sintez bo‘ladi. Bu bilan ular Yerbiosferasining bir me’yordagi faoliyatini t a’minlaydilar. O'simliklar inson va boshqa tirik organizmlar uchun ozuqa vamuhit hosil qiluvchi manba hisoblanadilar. Barcha tirikmavjudotlar ozuqasining dastlabki asosini o'simlik mahsulotlaritashkil etadi. Inson va boshqa tirik organizmlar o'zlari uchunzarur bo‘lgan oqsil, uglevod, yog‘, vitaminlar, turli mineralmoddalar va boshqa birikmalarm o‘simliklardan oladilar.O'simliklar boshqa tirik mavjudotlar uchun muhit hosil qiluvchivosita vazifasini ham bajaradilar. Masalan, faqatgina bittaturdagi o‘simlikni yo‘qolib ketishi o‘rta hisobda 10-30 ta turdagihasharotlarning yo'qolishiga sabab bo'lishi mumkin.
x
O‘simliklar iqlimni mo‘tadiIlashtirishda ham katta rol o‘ynaydilar. Fotosintez, transpiratsiya jarayonlarida ular ko'pmiqdordagi energiyani yutish va suvning bug'latish hisobigaatrof-muhitda salqin mo'tadil mikroiqlimni vujudga keltiradilar.Issiq va sovuq shamollar tezligini pasaytirib beradilar. Ortiqchaquyosh radiatsiyasidan tirik organizmlarni himoya qiladilar.Ularning bu xususiyatiari aholi zich, issiq iqlimli hududlarda,shaharlarda katta ahamiyatga ega.
x O‘simlikIar dunyosining sanitar-gigiyenik, sog'lomlashtirish vashifobaxshlik ahamiyatlari ham beqiyosdir. Olimlarningta’kidlashlaricha, biosferaning o'z-o'zini tozalash xususiyatiningqariyb 99%i o'simliklar hissasiga to'g'ri kelar ekan. Ko'plabo'simliklar nafas olish jarayonida atrof-muhitga maxsuskimyoviy faol moddalar ajratib chiqaradilar. Olimlar tomonidano'rmon havosida 300 turdagi xushbo'y, efir moyli va boshqabirikmalar mavjudligi qayd etilgan. Bir qator daraxt va butalaro'zlaridan fitonsidlar deb ataluvchi birikmalar ajratishxususiyatiga ega. Bir gektar keng bargli daraxtzor sutkasiga 2kg, nina barglisi esa 4-5 kg fitonsid ajrata oladi. Bubirikmalarning ko'pchiligi havo, tuproq va suvdagi pathogen mikroorganizmlarni yo'qotish hossasiga egadir. Masalan, tuya(Kanada mojevelnigi) daraxti atrofi o'ralgan xonada mikroblarsonini uchdan ikki qismgacha kamaytira oladi. Dub va pixtaning bargi masofadan turib ichburug' va qorin tifi mikroblarini o'ldiraoladi. Terak, olma va evkaliptlar gripp virusini, karam vasarimsoq esa sil mikroblari tarqalishiga to'sqinlik qiladilar. Inson salomatligini tiklash maqsadlarida o ‘simliklardanfoydalanish yaxshi samara beradi.O'simlik dunyosi, ayniqsa,o'rmonlar, yashil xiyobon, so'lim bog'-rogiar, rang-barang gullar kishilar ruhiyatiga, nerv-gumoral sistemasi faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi, jismoniy charchoqni yozadi va turli psixologikzo'riqishlardan tezroq va osonroq forig' qiladi. Ko'ngillarga estetik zavq-shavq, huzur bag'ishlab, insonda ruhiy ko'tarinkilik,ijod.go'zallik va nafosatga chorlovchi kayfiyatni yuzagakeltiradi. x
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, sayyoramizdagi hayot,biosferadagi tabiiy muvozanat, tirik mavjudotlaming normalyashashi, xalq xo‘jaligining ko‘p sohalaridagi ishlab chiqarishunumdorligi, insonlarning jismoniy va ma’naviy barkamolligio‘simliklar dunyosining holati bilan uzviy bog‘liq ekan. Aynanmana shu holatlar o'simliklarning ekologik ahamiyatini va o‘zo‘zidan ularni muhofazalash zaruratini belgilab beradi.
x 1.3. O ‘simlik dunyosiga antropogen ta’sir hamda uning ekologik oqibatlari Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra sayyoramizda o‘simliklarning 500mingdan ziyodroq turi o‘sadi. Shulardan hozir inson faoliyatida6 ming turi foydalaniladi. Jumlad an , respublikamizda4200(4148)ta o'simlik turi mavjud bo'lib, ulardan 577 tasidorivor, 103 tasi bo‘yoqdor, 560 tasi efirmoyli o'simliklarhisoblanadi. Sayyoramizda o'simliklar ko'p uchraydiganmaydonlarni shartli ravishda quyidagi 4 ta guruhga bo'lishmumkin: o'rmonlar, yaylov o‘tloqlari, madaniy ekinzorlar, suvo ‘simliklari tarqalgan suvliklar. O‘simliklar turi va massasiningasosiy qismi o‘rmon va o‘tloqlarda joylashgan. Quruqlikningdaraxtsimon va butasimon o'simliklar bilan zich qoplanganmaydonlari o ‘rmonlar, o'tsimon o'simliklar bilan qoplanganmaydonlari esa yaylov-o‘tloqlar deb ataladi. Yer yuzidagio'rmonlarning yalpi maydoni 4.06 mlrd.gektarni tashkil etadi.Bu maydonlar hududiy jihatdan notekis taqsimlangan. Yiriko'rmonlarning asosiy qismi Amerika, Osiyo va Afrikaqit’alarining mo'tadil va tropik iqlimli mintaqalarida joylashgan.Respublikamizning o'rmon fondi (zaxirasi) 5,3 mln. gektar bo'lsa-da, o'simliklar bilan yoppasiga qoplangano'rmonzorlar atigi 4,5-5% ni tashkil etadi, xolos. Respublikamizning cho‘l o'rmonlarida asosan qora saksovul,qandim, juzg'un, qum akatsiyasi va ba’zi butasimonlar hamdaefemer o'tlar, yantoq, shuvoq kabi o'simliklar o'sadi. Bulargarchi juda zich o'simlik qoplamini vujudga keltirmasalar-da,cho'l-sahroekotizimlarining barqarorligini ta’minlashda, uchmaqumliklarni mustahkamlashda va cho'l chorvachiligining asosisifatida beqiyos ahamiyatga egadirlar. O'rmon zaxiralariningkatta qismi shu guruhga xos o'rmonlar bo'lib, ularning maydoni3,6 mln. gektarni, jumladan, yoppasiga qoplangani esa 1,86 mln.gektarni tashkil qiladi. x O‘zbekistondagi tog‘ o‘rmonlariningumumiy maydoni 1,4 mln. gektarni tashkil etsa-da shundan boryo‘g‘i 0,28 mln. gektari yoki 1/5 qismigina yoppasiga o'simliklarbilan qoplangan, xolos. Bu o'rmonlarda asosan archa, doiana,olcha, yong‘oq, olma, pista, bodom, na’matak, zirk hamda turlio‘tsimon O‘simliklar o‘sadi.Tog‘o‘rmonlari hududning suvrejimini maromida saqlashda, yonbag‘irliklami eroziyadan, selva ko‘chkilardan himoyalashda, vitaminlarga boy mevalar vadorivor xomashyolar tayyorlashda, chorvachiliknirivojlantirishda o ‘ziga xos rol o‘ynaydilar. Respublikamizdagio‘rmonlarning yana bir turi bu vodiy o‘rmonlaridir.Bundayo ‘rmonlar vodiy va vohalarimizning asosan sernam, soy vadaryo bo‘ylarida saqlanib qolgan. Ularning umumiy maydoni0,21 mln. gektar. Jumladan, yoppasiga qoplangani 0,13 mln.gektarni tashkil etadi. Bu o‘rmonlarda asosan jiyda, turangi,toi, akatsiya, terak, zarang, qayrag‘och va boshqa to‘qayo ‘simliklari o‘sadi.Bunday o ‘rmonlarning asosiy ekologikahamiyati shundaki, ular suv havzalarining namlik rejiminiushlab turishda, tuproqlarni eroziyalanish va shamol ta’siridanhimoyalashda, hudud iqlimini mo‘tadillashda, vodiylarga xosekotizimlaming bir me’yordagi funksiyasini ta’minlashda muhimrol o‘ynaydilar. Quruqlikda tabiiy holda o‘simliklar ko‘po‘suvchi maydonlardan yana bir turi yaylov va o‘tloqlarhisoblanadi. Bunday maydonlarda o‘simliklarning asosiy qisminio’tsimon va qisman buta holda o‘suvchi daraxtsimonlar tashkiletadi. Yaylov va o‘tloqlar sayyoramizning tundra, dasht, choi,savanna va tog‘li mintaqalarida katta-katta maydonlarni ishg‘oletadilar. Yer yuzasidagi o‘tloq va yaylovlarning yalpi maydoni2,6 mlrd. gektarni tashkil etadi. Respublikamizning ham kattaqismi, ya’ni salkam 24 mln.gektari shunday maydonlardaniborat. x Respublikamizning o‘rmon, yaylov-oiloqlari, bog‘-rog‘lariva madaniy ekinzorlarida yetmak, erman, gazanda, suvqalampir,qoqi o‘t, zubturum, na’matak, itburun, chuchukmiya. isiriq.kovrak, yantoq, otquloq, sedana, yovvoyi piyoz, zira, ilonquyruq,kakra kabi juda ko‘plab noyob dorivor o ‘simliklar o‘sadi.Bulardan xalq tabobatida va zamonaviy tibbiyotda eng zarurdorivor xomashyo sifatida foydalaniladi. Yer yuzida aholi sonining tez ortib borishi, ilmiy-texniktaraqqiyotning jadallashuvi, insoniyatning biologik resurslargabo‘lgan ehtiyojlarining keskin ortib ketishi va boshqa bir qatorijtimoiy-iqtisodiy omillar tabiat tizimining eng katta boyliklaridan biri bo‘lgan o‘simliklar dunyosiga salbiyantropogen ta’sirlarning haddan ziyod kuchayishiga sababbo‘lmoqda. Natijada o‘simliklarning turi, miqdori va ularo‘sadigan maydonlar kamayib ketmoqda.Bu o‘z navbatidao‘simliklar dunyosidagi o‘zgarish bilan bog‘liq turli ekologik,ijtimoiy-iqtisodiy muammolami vujudga keltirmoqda. Hozirga kelib 30 mingdan ortiq turdagi o‘simliklar butunlayyo‘qolib ketgan, yana 25 ming turi esa yo‘qolish arafasida.Respublikamizda esa mavjud o‘simlik turlarining 10—12%ihimoyaga muhtoj. Bu xavfli jarayonning oldini olish eng dolzarbekologik muammolardan biri bo‘lib turibdi. Yer yuzasining o ‘simliklarga boy maydonlari, ya’nio‘rmonlar, yaylov-o‘tloqlar so‘nggi davrlarda xalq xo‘jaliginingturli ehtiyojlarini qondirish maqsadida nooqilona, ba’zan esashafqatsizlarcha foydalanildi. Natijada bepoyon maydonlardagituproq, suv va hayvonotlar o‘zining tabiiy qalqoni, himoyachisi,yashash makoni va vositasidan mahrum bo‘ldilar, tabiatningekologik muvozanati izidan chiqdi. x Insoniyat o ‘zi uchunqimmatli xomashyo boyligining bir qismini yo‘qotdi va haletilishi mushkul bo‘lgan ekologik tangliklarga duchor bo‘ldi.Ilmiy ma’lumotlarga qaraganda, sayyoramizdagi o ‘rmonlarbundan 1,5 ming yil avval quruqlikning 47%ni qoplagan bo‘lsa,hozirga kelib bu ko‘rsatkich 27% ga tushib qoldi. Ko'pchilikmamlakatlarda xomashyo, qurilish materiallari olish, sanoat vafuqaro inshootlari qurish maqsadida yirik o‘rmonzorlar kesibyuborilmoqda, yaylov-o‘tloqlar toptalmoqda. Buning ustigasanoat korxonalaridan, transport vositalaridan chiqarilayotganturli chiqindilar bilan atrof-tabiiy muhitning ifloslanishi judako‘plab qimmatli va noyob o'simliklarning kamayib, mahsuldoriigining pasayib ketishiga sabab bo‘lmoqda.Ma’lumotlarga ko‘ra, yevropaliklar istilosiga qadar ShimoliyAmerikadagi o'rmonlar sharqdan g'arbgacha, ya’ni Atlantikasohillaridan Tinch okeani sohiligacha yoppasiga o'rmonlar bilanqoplangan bo'lib, olmaxonlar daraxtdan daraxtga o'tib yergatushmay sharqdan g'arbgacha yetishi mumkin ekan. So'nggi 300yil ichida o'rmonlarning 540 ming gektari, birgina AQSH ningo'zida esa 141 mln. gektari yoki teng yarmi kesib yuborildi vamillionlab gektar tabiiy o 'tloqlar betartib yo'qotildi.O'rmonlarning qisqarishi, ayniqsa, sayyoramizning aholisi zichjoylashgan hududlarida keskin tus oldi.Oqibatda bundayhududlardagi o'rmonlarning 2/3 qismi yo'qotilib, 500 mln.gektardan ziyod maydon unumsiz dasht-u biyobonlarga aylanibqoldi. Qadimda Ispaniya hududi yoppasiga o'rmonlar bilanqoplangan bo'lsa, hozirga kelib bu yerda ularning maydoni 1/8ni tashkil etmoqda. Birgina Jazoir mamlakatida bor-yo'g'i 70yil mobaynida 1 mln.gektar o'rmonzor kesib tugatildi. x Amazoniyadagi va boshqa hududlardagi tropik o'rmonzorlarmaydoni garchi kichikroq bo'lsa ham o'simlik turining ko'pligi,biomassasining tez o'sishi tufayli sayyoramizning o'ziga xos«o'pkasi» rolini bajaradi. Ular yer iqlimini maromida ushlabturishda katta rol o'ynaydilar.Hozirga kelib ana shundaymahsuldor tropik o'rmonlarning 40%i butunlay yo'qotilgan,qolganlari minutiga 20 gektar tezlik bilan qirib yuborilmoqda.Afrikaning tropik mintaqalaridagi yuqori mahsuldor tropiko'rmonlarning 1/3 qismigina saqlanib qolgan, xolos. So'nggi 5asr davomida Madagaskar orolidagi o'rmonlarning deyarlihammasi yo'qotib yuborilishi natijasida hozir bu hududning 78%yerlari kuchli eroziyaga chalinib, tabiatidagi muvozanat izidanchiqqan. x 1.4. O ‘simliklarni antropogen ta’sirlardan muhofazalash Tabiatning muhim komponentlaridan biri bo'lgan o'simliklar(flora)ni muhofazalash va ulardan oqilona foydalanish hamekologik, ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega.Yuqoridagi bo'limlardan ma’lum bo'ldiki, hozirgacha insoniyato'zining turli ehtiyojlarini qondirish maqsadida o'simlikdanhaddan ziyod ko'p va nooqilona foydalanishi, ularnimuhofazalash va qayta tiklashga yetarli e’tibor bermaganligioqibatida sayyoramizning o'simlik dunyosida jiddiy salbiyo'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Ko'plab o'simlik turiari yo'qolib,kamayib, noyob turlarga aylanib, o'zlarining tabiiy va iqtisodiyahamiyatini yo'qotmoqda. Shu tufayli hozirga kelib o'simliklarniturli salbiy antropogen ta’sirlardan muhofazalash, ulardanto'g'ri, oqilona foydalanish, ularning qayta tiklanishinita’minlash olamshumul ekologik masalalardan biriga aylanibqoldi. O'simliklarni muhofazalash atrof-muhitnimuhofazalashga oid chora-tadbirlar majmuasidagi markaziymasalalardan biri bo'lib, uni quyidagi bir-biri bilan bog'liqyo'nalishlarda amalga oshirish zarur: 1.Texnologik yo‘nalishdagi chora-tadbirlar. Bu guruhgaO‘simlik vaO‘simlik xomashyolarini qayta ishlash sohalaridagiishlab chiqarish texnologiyalarini ekologik jihatdantakomillashtirish va ularga qat’iy amal qilinishini ta’minlashgadoir chora-tadbirlar kiradi. Bu tadbirlar asosida O‘simlikxomashyosidan to‘liq va kompleks foydalanish, o‘simlikmahsulotlari o‘rniga boshqa turdagi xomashyo vamahsulotlardan foydalanish, ishlab chiqarishning boshqako‘plab sohalaridagi texnologik jarayonlaming o‘simliklargabo‘lgan salbiy ta ’sirini minimumga tushirish kabi masalalaryotadi. x
x
x
Bu guruhdagi tadbirlar suv rejimini tartibga solishda, tuproqlarnieroziyadan, qumliklarni deflyatsiyadan, daryo va kanallarni,ishlab chiqarish va yashash binolarini turli salbiy ta’sirlardanhimoyalashda va mikroiqlim yaratishda muhim ahamiyatga egabo'lgan ihota daraxtzorlari, yashil xiyobon va to'siqlar kabio'simlik maydonlarini maxsus tartibda muhofazalashgaqaratilgan chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi.
(pestitsid, gerbitsid, insektitsid, fungitsid, repellent, attraktant,rodensid va b.); biologik (kasallik va zararkunandalarni o'z tabiiykushandalaridan foydalanib yo'qotish); tashkiliy (kasallik vazararkunandalarning tarqalishini karantin yo'li bilan oldini olish)kabi chora-tadbirlar kiradi. 6. O'simliklarni yong'inlardan himoyalash.O'simliklardunyosining yong'indan zararlanishi k o 'proq o 'rmonlihududlarda kuzatiladi. Shuning uchun bu guruhdagi tadbirlargaquyidagilami kiritish mumkin: • o'rmon yong'inlari chiqishi xavfi ustidan doimiy nazoratniamalga oshirish; • yong‘inlardan himoya qiluvchi tashkiliy tuzilmalarnitashkil etish; • yong'in xavfi yuqori bo'lgan maydonlarni aniqlash; • o‘rmonzorlarning yong‘inga chidamliligini oshirish; x
8.O'simliklarni muhofazalashga doir qonunlar va boshqame’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriyetish bilan bog'liq tadbirlar. O'z vaqtida, asosli ravishda qabulqilingan qonunlar yoki ularga tenglashtirilgan turli me’yoriyhujjatlarni hayotga izchillik bilan joriy etish o'simliklarnimuhofazalashda muhim ahamiyatga ega tadbirlardanhisoblanadi.Shuning uchun dunyoning qariyb barchamamlakatlarida o'simliklarni himoyalashga qaratilgan maxsusqonunlar mavjud.Jumladan, respublikamizda 1983-yilda«Noyob va yo'qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi o'simlikturlarini ijozatsiz yig'uvchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlikhaqida» farmon, 1999-yilda esa «O'rmon to'g'risida»gi qonunqabul qilingan. Ularda o'rmonzorlarni va o'simliklarni turlisalbiy antropogen ta’sirlardan muhofazalashning huquqiyasoslari o ‘z aksini topgan. x
O'simliklarni muhofazalash tadbir-choralari haqida fikryuritilar ekan shunga alohida e ’tibor zarurki, yuqoridagitadbirlami bir-biriga bog'liq bo'lmagan, xususiy tadbirlaryig'indisi deb emas, balki bir-birini to'ldiruvchi yaxlit tadbirlartizimi deb tushunish lozim.Ularni sharoitdan kelib chiqibkompleks tarzda qo'llanilgandagina ko'zlangan maqsadga to'liqerishish mumkin x
2.1. Hayvonot dunyosining biosfera va inson hayotida tutgan o‘rni. Hayvonot (fauna) biomassasi bo‘yicha yerdagi tirikorganizmlarning bor-yo‘g‘i 2% ini tashkil etishiga qaramayularning biosfera va inson hayotida tutgan o‘rni beqiyosdir. Buularda modda va energiya almashinish jarayoni o‘ta tez kechishi,ularning yuqori harakatchanligi va turlarining favqulodda ko‘pligibilan izohlanadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, sayyoramizdaularning 1,5-2 mln. turi mavjud. Qariyb barcha ekotizimlardahayvonlar turiari soni bo‘yicha o‘simliklardan ustunlik qiladilar. Hayvonlar biosferadagi biologik(kichik) modda aylanishidaishtirok etuvchi muhim komponentlardan biri hisoblanadilar.Har bir hayvon turi O‘simliklar tomonidan fotosintez jarayonidasintez qilingan organik moddalarning bir qismini yoki muayyanbir xilini parchalashga moslashgan bo‘ladi. Organikmoddalarning qolgan qismini parchalashda navbatdagi boshqaturlar bosqichma-bosqich ishtirok etadilar.Shu tariqa tirikorganizmlarning o‘zaro «oziqlanish zanjiri» vujudga keladi.Mana shu barqaror funksiya va evolutsion rivojlanishnita’minlashda hayvonlar asosiy o‘rinlardan birini egallaydilar. Tabiatdagi mavjud har bir hayvon turi o‘ziga xos va mosbiror-bir funksiyani bajaradi. U tabiat uchun ortiqcha emas.Bundan shunday ekologik xulosa kelib chiqadiki, birorta hayvonturining yo‘qotilishi yoki me’yoridan ortiqcha kamaytiribyuborilishi biosferadagi jarayonlaming maromini buzadi vatabiiy muvozanatni izidan chiqaradi. Ekotizimda organizmlarturi qanchalik rang-barang bo‘lsa, uning tashqi ta’sirlargabardoshliligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Shuning uchunekologiyaning asosiy vazifalaridan biri biologik rang-barangliknisaqlab qolishdir.
x
Ilmiy manbalarga ko‘ra, hayvonlaming sutemizuvchilar,qushlar, sudralib yuruvchilar, amfibiyalar, baliqlar, molyuskalar,hasharotlar kabi guruhlari mavjud. Bu guruhlaming har biri birqancha turlardan tashkil topadi. Sut emuzuvchilar.Bularning ko‘p turlari ma’lum tabiiysharoitlar majmuasiga moslashgan bo‘ladi. Shuning uchun harbiri o‘ziga xos ma’lum areol (hududlarda) tarqalish xususiyatigaega. Bularning xonakilashtirilganlari, yarim yovvoyi va yovvoyituriari mavjud. Yer yuzidagi ko'plab yirik hayvonlar shu guruhgamansubdir.Bu guruh hayvonlaming ko'pchilik turlaridan oziqovqatmahsulotlari, sanoat xomashyosi, dori-darmonlar olishmaqsadlarida foydalaniladi. Qushlar.Bu jonivorlarning ko'pchiligi yuqori harakatchanligiva energiya almashinuvining tezligi bilan biosferada muhim o'rintutadilar. Ba’zi kemiruvchi hayvonlar hamda qushlar o'simlikpopulyatsiyasini tabiiy boshqarishda faol ishtirok etadilar.Mittigina muxolovka-pestruxa 15 kun mobaynida uyasiga 1 kg.ga yaqin hasharotlarni tashib keltiradi. Bitta boyo'g'li bir yilda1000 tagacha kemiruvchini yeb, 500 kg.donni saqlab qoladi.Ko 'p la b turiari inson tomonidan turli maqsadlardafoydalaniladi. Ular o'simliklarning tarqalishida vachanglanishida ham sezilami rol o ‘ynaydilar. Qushlarningko'plab turlaridan go'sht, tuxum, pat olishda va dekorativmaqsadlarda foydalaniladi. x
Baliqlar.Suv ekotizimining muhim tarkibiy qismi sifatidamodda almashinish jarayonlarida faol ishtirok etadilar.Insoniyatning oziq-ovqatga bo'lgan ehtiyojini qondirishda kattaahamiyatga egadirlar. Dunyo bo'yicha oziq-ovqat va boshqamaqsadlarda yiliga 80-100 mln.tonna baliq ovlanadi. Amfibiyalar (quruqlik va suvda yashovchilar). Bular hamko'plab hasharotlar va molyuskalar populyatsiyasini tabiiyboshqarilishida ishtirok etadilar. Bir qator hayvonlar (qushlar.sudralib yuruvchilar va sut emizuvchilar) uchun ozuqa manbaihisoblanadilar. Bitta qurbaqa yoz davomida 1000 dan ortiqhasharot va shilliqqurtlarni yeyishi mumkin. Ulaming ba ’zituriari, masalan, qurbaqalar ko'plab xalqlar tomonidan tansiqtaom sifatida iste’mol qilinadi. Mollyuskalar (qorin oyoqlilar).Bu guruh jonzotlariningko'pchiligi suvliklarda, qisman quruqlikda yashashga moslanganbo'lib, ko'pincha boshqa guruhdagi hayvonlar uchun ozuqamanbai hisoblanadilar. Ba’zi turlaridan inson chorva vaparrandalar uchun ozuqa sifatida, shuningdek, bezak buyumlari(chig‘anoq -sadaf) tayyorlashda foydalanadi. Bularningko'pchiligi suvlarni tabiiy tozalanishida (molyuska-filtratorlar)faol ishtirok etadilar. x
Hayvonlaming inson uchun ahamiyati haqida gapirilganda,avvalo ularning foydali va zararli turiari xususida fikr yuritmoqkerak. Insoniyat ko'pincha o'zining tor xususiy ehtiyojlariniko'zlab hayvonlarni foydali va zararli guruhlarga ajratadi.Yuqorida eslatib o'tilganidek, tabiatda birorta ham ortiqchajonzot yo'q, ularning foydali va zararli turlarga ajratilishi o'tasubyektiv holat bo'lib, uni absolyutlashtirish ko'pincha foydao'rniga ziyon ham keltirishi mumkin. Ekologik nuqtayi nazardanko'plab zararli deb hisoblangan hayvon turlarini yoppasiga qiribyuborish o'rniga ularning populyatsiyasini ilmiy asosdaboshqarish maqsadga muvofiqdir. x Insoniyat uchun hayvonlaming eng asosiy ekologik ahamiyatibiosferadagi maromli jarayonlarni saqlab turish funksiyasihisoblanadi. Hayvonotlar biologik resurslaming asosiy tarkibiy qismibo'lib, insonning quyidagi bir qator muhim hayotiy ehtiyojlariniqondiradi: • har yili dunyo bo'yicha insoniyat tomonidan 180 mln.tonna oqsillarga boy go‘sht, yog‘, tuxum, baliq, asal kabi oziqovqatmahsulotlari hayvon va hasharotlardan olinadi; • teri, mo‘yna, ipak, mum, bo‘yoq, o‘g‘it, chorva ozuqasiva boshqa xomashyolar tayyorlanadi; • yuqori mahsuldor xonaki hayvonlar zotlarini yaratadi vayaxshilangan genofond sifatida foydalanadi; • farmatsevtika, parfyumeriya(ilon va ari zahari, chumolispirti, lok-bo‘yoq va boshqalar) xomashyolari ajratib olinadi; • turli ilmiy tadqiqot ishlari, tajribalar o‘tkazishda, turlifermentlar ajratib olish maqsadida foydalaniladi; • rekreatsiya (dam olish, sog‘lomlashtirish va estetikhuzurlanish) maqsadida foydalaniladi. O ‘zbekiston faunasi rang-barang bo‘lib, unda 650 dan ziyodumurtqali va salkam 32,5 ming turdagi umurtqasiz hayvonlaruchraydi. Jumladan, umutrqalilardan 99 turi sut emizuvchilar,410 turi qushlar, 79 turi baliqlar, 57 turi sudraluvchilar va 3 turiamfibiyalardir. x
Hayvonlarni muhofazalash va ulardan oqilona foydalanishatrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarningmuhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bunday choratadbirlarningasosiy maqsadi, hayvonotlarning turli salbiyantropogen va tabiiy ta’sirlar ostida qirilib ketishining oldini olishva ular sonini o‘z-o‘zini tiklash darajasida ushlab turishdaniboratdir. Bunga quyidagilar orqali erishiladi: • ovchilik va baliq ovlashni tartibga solish; • hayvonlar keng tarqalgan hududlar ning ekologiksharoitlarini yaxshilash; • hayvonlaming foydali va zararli turlarini ilmiy asosdato‘g‘ri aniqlash, ular sonini va ekotizimdagi mutanosibliginita’minlash; • hayvonlarni tabiiy va antropogen(texnogen) ofatlardanhimoyaiash; • hayvonlarni akklimatizatsiya va reakklimatizatsiyalashniilmiy asosda tashkil etish; • hayvonlar, qushlar va baliqlarning ko‘payishi, dam olishi,qishlash joylarini maxsus muhofazaga olish; • hayvonlaming ko‘payishi va yashashi uchun maxsussun’iy o ‘rmonzorlar, o‘tloqlar, daraxtzorlar tashkil etish; • hayvonlaming pestitsidlar va boshqa zaharli moddalardanzaharlanishining oldini olish; • xalq xo‘jaligining turli sohalaridagi qurilish va ishlabchiqarish jarayonlarida hayvonlarni muhofazalash talablarigaqat’iy amal qilish; • ko‘chmanchi hayvonlar, qushlar va baliqlarni samaralimuhofazalash maqsadida xalqaro hamkorlikni keng yo‘lgaqo'yish; x Respublikamizda hayvonot dunyosini muhofazalashninghuquqiy jihatlari «Tabiatni muhofazalash to'g'risida»gi (1992-y.), «Alohida muhofazalanadigan tabiiy hududlar to'g'risida»gi(1993-y), «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undanfoydalanish to'g'risida»gi (1997-y.) qonunlarda va Respublikajinoyat kodeksining 4-qismida asoslab berilgan. Bundan tashqari,O‘zbekiston hududida ov qilish va baliq ovlash tartiblariRespublika Oliy kengashining №600 (1993-y.) sonli qarorlarihamda Davlat Tabiatni muhofaza qilish qo'mitasining bir qatorbuyruq va ko'rsatmalari asosida boshqariladi. Hayvonotlarnimuhofazalashda «Qizil kitob»ning tashkil etilishi kattaahamiyatga ega. Bu borada xalqaro tashkilotlar va ko'plabmamlakatlarda xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Yo'qolish arafasida turgan hayvonot turlarini o'rganish vamuhofazalashda TMXI ning o'rni juda kattadir. U 1948-yildanboshlab bu sohada katta ishlarni amalga oshirdi.Natijada,xalqaro «Qizil kitob» 1963-yildan boshlab nashr etila boshlandi.Ushbu tashkilotning tavsiyasi bo'yicha «Qizil kitob»ga kiritilgannoyob hayvonlaming 5 ta toifasi farqlanadi. 1. Yo'qolib borayotgan turlar - yo'qolish xavfi yuqoribo'lgan turlar, maxsus chora-tadbirlar ko'rilmasa yo'qolibketishi aniq bo'lgan turlardir. Bularning ro'yxati xavfdan ogohetish timsoli sifatida qizil sahifada bitiladi. 2. Qisqarib borayotgan turlar - yashab qolish imkoniyatibor, ammo soni tez va doimiy kamayib borayotgan turlar. Bularhaqidagi ma’lumotlar sariq sahifalarga bitiladi. 3. Kamyob va noyob turlar - qirilib ketish xavfi ostida emas.ammo oz miqdorda va kichik hududlarda uchraydigan, yo'qolibketishi mumkin bo'lgan turlar. Bular haqida ma’lumotlar oqqog'ozga yoziladi. x 4. Noma’lum turlar - bular haqida ma ’lumotlar yetarliemasligi sababli ularning yo'qolish xavfi bormi yo yo'qligixususida aniq fikr bildirish imkoniyati yo'q. Bular haqidagima’lumotlar kitob so'ngida ilova tarzida beriladi. 5. Qayta tiklangan turlar - bular avval yuqoridagi 3 tatoifalardan biriga kiritilgan, ammo muhofaza tadbirlari orqaliyana qaytadan tiklangan turlar hisoblanadi. Bular haqidama'lumotlar yashil rangli qog'ozlarga bitiladi x
«O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida», «O‘rmonlar to‘g‘risida», «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida», «Alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlari to‘g‘risida»gi Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Oliy Majlis qarorlari jamiyat va tabiatning o‘zaro munosabatlarining huquqiy asoslarini va bioxilma-xillika etkazilgan zarar uchun ma’suliyat darajasini belgilaydi. O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan qonun 28 moddadan iborat va o‘simlik dunyosini qo‘riqlash va undan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi: - floraning tur bo‘yicha tarkibini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda saqlab qolish; - tabiiy o‘simliklar jamoalarining va yovvoyi o‘simliklar o‘sadigan muhitning bir butunligini saqlab qolish; - o‘simlik dunyosidan oqilona foydalanish va uning takror etilishini ta’minlash;
O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2-modda. O‘rmon to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 43 moddadan iborat Qonun 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan. «O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish, takroriy ko‘paytirishni ta’minlash hamda o‘rmonlar mahsuldorligini oshirish maqsadida o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solishdan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini muhofaza qilishdan iborat». «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: O‘rmon to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2-modda.Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. Qonun 41 moddadan iborat va«...quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda tabiiy erkinlik holatida yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yoki vaqtincha turadigan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek ilmiy yoki tabiatni muhofaza qilish maqsadlarida yarim erkin sharoitda yoki sun’iy yaratilgan yashash muhitida boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi». Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 1-modda. «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida», gi qonun. 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan x «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifasi hayvonot dunyosining yashash sharoitlarini ta’minlash, ularning xilma-xil turlarini hamda galalari butligini va yashash muhitini saqlash maqsadida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, uni tiklash va takror etishtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat».Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2-modda. Alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. Qonun 9 bo‘lim va 39 moddadan iborat. Qonun alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlarini tashkil qilish va ular rejimini belgilaydi. Alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlariga quyidagilar kiradi: davlat qo‘riqxonalari davlat milliy tabiat bog‘lari davlat zakazniklari boshqa, alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlari (suvni muhofaza qilish polosalari, kurortlar va rekratsion zonalar, botanika bog‘lari, dendrologiya bog‘lari, bufer zonalar, o‘rmon polosalari, hayvonot bog‘lari, baliqchilik xo‘jaligi ob’ektlari). Alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 3-modda. Alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlari rejimi ular hududlarida bunday hududlarni muhofaza qilish maqsadlariga zid yoki tabiiy ob’ektlar holatiga xavf soluvchi har qanday xo‘jalik, rekratsion yoki boshqa faoliyatni taqiqlanganligi yoki qat’iy cheklanganligi bilan xarakterlanadi x Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin atrof muhitni muhofaza qilish, undagi biologik hilma-hillikni saqlab qolish yuzasidan amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning isboti sifatida «O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida», «O‘rmon to‘g‘risida», «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida», «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida» bir qator muhim qonunlar qabul qilindi. Biologik xilma-xillikni saqlash to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyaga qo‘shilgan O‘zbekiston Konvensiyada qabul qilingan ustivor vazifalarni bajara borib, «O‘rmonlarni asrash va ularni ko‘paytirish bo‘yicha milliy strategiya va harakat rejasi»ni ishlab chiqdi va u respublikamiz hukumati tomonidan tasdiqlandi. Bundan maqsad, mamlakatdagi o‘rmonlarni ko‘paytirish bo‘yicha yagona yo‘nalishni barpo qilishdir. O‘rmon fondi yerlarida daraxt va butalarni kesish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan ruhsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘rmon fondiga sanitariya maqsadlarida hamda binolar, inshootlar va kommunikatsiyalar qurilishi bilan bog‘liq, holdagina mahalliy davlat xokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofoza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan qaroriga binoan yo‘l qo‘yiladi. x O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanish, jismoniy shaxslar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda va tartibda amalga oshiriladi. O‘simlik dunyosi ob’ektlari mahsus foydalanishga, ishlab chiqarish faoliyatini va boshqa faoliyatini amalga oshirish uchun haq evaziga yuridik va jismoniy shaxslarga ruhsatnomalar asosida berib qo‘yiladi. O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish uchun ob’ektlarning, turini, hajmini va muayan hudud doirasida foydalanish muddatini belgilaydigan ruhsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vakolatli davlat organlari tomonidan beriladi. O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega: - o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishlari; - foydalanishga berib qo‘yilgan o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan oqilona foydalanishlari; Mamlakatimizda birinchi marta «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida» qonun qabul qilingan, uning asosiy maqsadi, mohiyati va vazifalari quyidagilardan iborat. Bu qonun respublikamizda 1993 yil 7 mayda qabul qilindi. 9 tabo‘lim, 39 moddadan iborat bo‘lib hozirgi va kelajak avlod manfatlarini ko‘zlab noyob hamda ekologik, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, sanitariya-sog‘lomlashtirish, estetik nuqtai nazardan milliy boylik va umumxalq mulki bo‘lmish qimmatli tabiiy majmualarni muhofaza etishning umumiy, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. x
1. Tabiat - bitmas-tuganmas xazina. Hayvonot va o‘simlik dunyosi atrof-muhitning ajaralmas muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining tabiiy barqarorligi va xilma-xilligini saqlashda katta ahamiyatga egadir. Butun dunyoda bioresurslardan foydalanish, ya’ni ularni xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatilishi tufayli o‘rmonlarni saqlab qolish hozirgi zamonning eng murakkab, global ekologik muammolaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Yer yuzidagi o‘rmon formatsiyalari hamda hayvonot dunyosi tabiatda ekotizim me’yoriy holatda saqlanishida katta rol o‘ynaydi.Shunday ekan biz, ekologiya, xususan o‘simlik va hayvonot dunyosi ekologiyasi, bugungi kunning keng ma’nodagi keskin ijtimoiy, iqtisodiy va albatta global muammolaridan biri ekanligini va insoniyat taraqqiyotining bugungi kuni va kelajagi keng ma’noda ushbu muammoni bartaraf etilishi bilan bog`liqligini anglab yetmoqligimiz lozim. 2. Birlashgan millatlar tashkilotining, Atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalariga ko‘ra, sayyoramizdagi global ekologik vaziyatni yaxshilash uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerakligi to‘g‘risida takliflar kiritildi:
Haqiqatdan ham ushbu yo‘nalishda ishlar to‘g‘ri bajarilsa hamda insonlarda atrof- muhit muammolariga nisbatan ongli yondashuv shakllantirilsa va kuchaytirilgan javobgarlik tizimi yo‘lga qo‘yilsa, har qanday muammoni bartaraf etish mumkin. x
1. ФишерД.,СаймонН., ВинсентД. Краснаякнига: дикаяприродавопасности = TheRedBook: Wildlifeindanger. London,1969. 2. Богословский B.H., Подобедов Н.О. Природные ресурсы Земли и охрана окружающей среды. М., «Просвещение», 1985г. 3 .Чернова Н.М., Белова А.М. Экология. М.,«Просвещение», 1988 г. 4.Воронцов и др. Охраны природных ресурсов. М., «Агропромиздат», 1989г. 5.Лопырев М.И., Рябов Е.И. Защиты земель от эрозии и охрана природы, М., «Агропромиздат», 1989 г. 6 .Лось В.А. Взаимоотношения общества и природы, М.,«Знание», 1989 г. 7. Baratov R. Tabiatni muhofaza qilish, Т.,«O ‘qituvchi», 1991-y. 8. Белов С.В. и др. Охрана окружающей среды. М., Высшаяшкола. 1991 г. 9. Jabborov N. Ximiya va atrof-muhit. Т., «O ‘qituvchi»,1992-y. 10. Сайдаминов С.С. и др. Инженерно-технические мероприятия по охране окружающей среды. Т., «O ‘qituvchi»,1994 г. 11. ShodimetovY. Ijtimoiyekologiyagakirish.I, IIqism, Т.,«O'qituvchi», 1994y. 13 .Otaboyev Sh., Nabiyev М. Inson va biosfera, Т.,«O ‘qituvchi», 1995-y. 14. Бекназов Р.У.,Новиков Ю.В. Охрана природы, Т., «O ‘qituvchi», 1995 г. 15. F.Ramade. Elements d‘ecologie.ecologie appliquee. 5е-edition EDISCIENCE.Inter-national.1995 . x Download 166,07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling