Tabiiy landshaft hududlarining o‘ziga xos antropogen xususiyatlari


Download 426.94 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.03.2023
Hajmi426.94 Kb.
#1266195
Bog'liq
tabiiy-landshaft-hududlarining-o-ziga-xos-antropogen-xususiyatlari



Tabiiy - landshaft hududlarining o‘ziga xos antropogen 
xususiyatlari 
 
U.Abdatov 
Q.Q.Tursunov 
qobiljontursunovarchitek89@gmail.com 
Farg‘ona Politexnika instituti 
 
Annotatsiya: Tabiiy - landshaft hududlarining o’ziga xos antropogen 
xususiyatlari. 
Tayanch so’z va iboralar:
 
landshaft, kompleks, ob’ekt, agrolandshaft, 
plantatsiya
 
 
Natural - specific anthropogenic features of landscape areas 
 
U.Abdatov 
Q.Q.Tursunov 
abiljontursunovarchitek89@gmail.com 
Fergana Polytechnic Institute 
 
Abstract: Natural and anthropogenic characteristics of landscape areas. 
Keywords:
landscape, complex, object, agricultural landscape, plantation 
Ma’lumki, makon va zamonda antropogen omillarning ta’sir doirasi kengayib va 
kuchayib borishi munosabati bilan tabiatda qayta tiklanadigan tabiiy resurslarning 
takror tiklanish qobiliyati va landshaft komplekslarining o‘z - o‘zini tozalash 
xususiyatlari yildan - yilga pasayib bormoqda. Yirik sanoat korxonalari, kimyo 
zavodlari mavjud bo‘lgan joylarda, insonni o‘rab turgan atrof - muhit va geografik 
ob’ektlar turli xil zahrli moddalar bilan zaharlanmoqda. Bu hol biologik 
komponentlarga, 
atmosfera 
havosiga, 
ichki 
suvlarga, 
qishloq 
xo‘jaligida 
yetishtirilayotgan mahsulotlarga, barcha tirik organizmlarga va hatto insonning 
salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, turli xil kasalliklarning kelib chiqishiga va keng 
tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
41


2.4. Rasm. Atomelektrstansiyasi 
O‘zbekiston hududida, jumladan o‘rta Zarafshon havzasida qadimdan mavjud 
bo‘lgan antropogen landshaftlar tarkibining asosiy qismini agrolandshaftlar sistemasi 
tashkil etadi. Agrolandshaftlarning ma’lum qismi mineral va organik o‘g‘itlarni ko‘p 
talab qiladigan paxta va sholi plantatsiyalaridan tarkib topgan. Qishloq xo‘jaligi 
mutaxassislari agrolandshaftlarning, xususan paxta, sholi va poliz ekinlarining 
xosildorligini oshirishda, madaniy o‘simliklarning zararkunandalarga qarshi 
kurashishda sotsial - iqtisodiy samaradorlikni yuqori darajaga ko‘tarishda kimyoviy 
metodlardan keng foydalanishni eng qulay chora-tadbirlar deb xisoblaydilar. 
2.5. Rasm. To‘liq bino va inshootlar bilan egallangan orol shaxarchining yuqoridan 
ko‘rnishi 
Geoekologik muvozanatning makon va zamonda salbiy tomonga o‘zgarib 
borishi va atrof - muhitda nosog‘lom vaziyatni vujudga keltirish sababining tub 
mohiyati shundan iboratki, inson o‘zining xo‘jalik faoliyati davomida tabiat bilan 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
42


uzviy aloqada bo‘lib, undan maksimal darajada foydalanishni bosh maqsad qilib 
qo‘yadi va turli xil choratadbirlarni qo‘llaydi. Lekin tabiatning barqaror rivojlanish 
qonuniyatlariga xos bo‘lgan juda ham murakkab mexanizmlar mavjudligi to‘g‘risida 
hozirga qadar ham to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmagan inson kelajakda u qanday aks - 
sado berishini tasavvur eta olmaydi. Tabiatga bo‘lgan bunday munosabatning 
oqibatini sug‘oriladigan agrolandshaftlarning unumdor tuproqlarini qayta sho‘rlanishi 
va botqoqlanishi, seliteb landshaftlarning atmosfera havosini zaharli is gazlari bilan 
ifloslanishi, tog‘ o‘rmonlarining kesilib ketishi tufayli buloq va soy suvlarining qurib 
qolishi, tuproq eroziyasining kuchayishi bilan tuproqlarning hosildorligini kamayishi, 
qishloq xo‘jaligida me’yoridan ortiqcha ishlatilgan mineral o‘g‘itlarning inson 
salomatligiga ko‘rsatayotgan ta’siri kabi misollarda ko‘rish mumkin. Natijada aholi 
yashab turgan joylardagi tabiiy va antropogen landshaftlarda, ularning morfologik 
strukturasida geoekologik muvozanatning keskin buzilishi va tibbiy geoekologik 
vaziyatlarning sodir bo‘lish holatlari kuzatilmoqda, ularning areallari esa kengayib 
bormoqda. 
2.4 Rasm. Yerning insonyat tomonidan o‘zlashtirilishi. 
Bizni o‘rab turgan tabiiy geografik muhitda turli xil jarayonlarni vujudga 
keltiruvchi sabab va oqibat hodisalariga inson o‘zining xo‘jalik faoliyatida izchillik 
bilan e’tibor bermog‘i lozim. Sababi shundaki fan - texnika taraqqiyotining 
jadallashuvi tufayli geoekologik muvozanat kun sayin murakkablashib borib, yangi - 
yangi global, zonal, regional va mahalliy tibbiy geografik hamda tibbiy geoekologik 
muammolarni vujudga keltirmoqda. Tabiiyki bunday holat atrof-muhitda sodir 
bo‘layotgan geoekologik xolatini har tomonlama va batafsil tadqiq etishni taqozo 
qiladi. Farg‘ona viloyatining hozirgi geosistemalari tarkibida antropogen landshaftlar 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
43


ko‘pchilikni tashkil etadi. Antropogen landshaftlarda, xususan tumanlarda, 
komponentlar tub o‘zgarishlarga duch kelganligi sababli ular madaniylashtirilgan 
geokomplekslarni tartibga solish va sog‘lomlashtirish jarayonlariga yetarli darajada 
ijobiy ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ayniqsa yassi prolyuvial - allyuvial tekisliklarda, 
konussimon yoyilmalar oralig‘idagi xududlarda, keng maydon va hatto qayirlarda 
barpo etilgan agrolandshaftlarda, jumladan paxta va sholi ekiladigan O‘zbekiston 
Geografiya jamiyati axboroti 46 jild, 2015 yil maydonlarda modda va energiya 
almashinish jarayoni faol bo‘lmaganligi munosabati bilan ularda o‘z - o‘zini tozalash, 
tartibga solish va sog‘lomlashtirish qobiliyati nihoyat darajada sustdir. Shuning 
uchun ham agrolandshaftlar tarkibida, ayniqsa ularning tuproq qoplamida katta 
miqdorda zaharli kimyoviy moddalar va tuzlarning to‘planish jarayonlari, turli xil 
chiqindilar bilan ifloslanish holatlari hukmronlik qiladi. Natijada agrolandshaftlar, 
seliteb landshaftlar, insonni o‘rab turgan atrof - muhit va ularning atmosfera havosi 
kuchli ifloslanib, ichki suvlar esa turli xil kimyoviy elementlar bilan zaharlanib, 
keskin tibbiy geoekologik vaziyatlar vujudga kelmoqda, aholi o‘rtasida kasallar soni 
ortib bormoqda. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. L.A.Adilova “Landshaft arxitekturasining nazariyasi” o‘quv qo‘llanmasi; 
2. “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”, T, 2004; 
References 
1. LA Adilova textbook "Theory of Landscape Architecture"; 
2. “National Encyclopedia of Uzbekistan”, T, 2004; 
"Science and Education" Scientific Journal
May 2021 / Volume 2 Issue 5
www.openscience.uz
44

Download 426.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling